Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaning qarori, 27.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3071
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3071]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2024-yil 3-maydagi 1-sonli ““Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3071-3, 10.05.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais J. AKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻi, maʼnaviyati va axloqiga qasd qilinishini oldini olish maqsadida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tomonidan diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishidan avval rozilik xati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar), shuningdek diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy taʼlim muassasalari diniy tashkilotlar deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻmitaga diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi yoki diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari (markaziy boshqaruv organi boʻlmagan hollarda) rozilik xati olish uchun murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi)ning raisi va kotibi hamda diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organini tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan taʼsis yigʻilishi bayoni va diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi ustavining nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilot taʼsischilari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;

diniy tashkilot rahbarlarining diniy maʼlumoti haqidagi hujjatlari (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi) nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik xatining nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) diniy taʼlim muassasalari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi rahbari hamda diniy taʼlim muassasasi tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasasini tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organining vakolatli rahbar organi yigʻilishi bayoni va diniy taʼlim muassasasi ustavining nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasasi taʼsischisi — diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma va ustavining nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasasining rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasasi rahbarlarining diniy maʼlumoti haqidagi hujjatlari (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha hujjat ham taqdim qilinadi) nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasasining yuridik (pochta) manzili toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik xati nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa diniy tashkilotlar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari imzolagan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan taʼsis yigʻilishi bayoni va diniy tashkilot ustavining nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilot tashabbuskorlari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilot rahbarlarining diniy maʼlumoti haqidagi hujjatlari (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha hujjat ham taqdim qilinadi) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik xati nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilot atrofidagi yaqin diniy tashkilotlar bilan oraliq masofa haqida aniq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotning faoliyat olib borishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy manbalari haqida maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish toʻgʻrisidagi hujjatlar u berilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Qoʻmita tomonidan ariza beruvchilarga quyidagi mazmundagi javob xatlaridan biri yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi hollarda diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotning taʼsis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻi, maʼnaviyati va axloqiga qasd qilish maqsadiga ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilot ustavi qoidalari va boshqa hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga yoki boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish uchun hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻmitaning diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi javob xati yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish haqida muzokaralar olib borishga vakil qilingan shaxslarning F.I.O. manzili, telefoni
Diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtgan sanasi va raqami
Diniy tashkilot manzili
Diniy tashkilot rahbarning F.I.O.
Tashabbuskor diniy tashkilot rahbarining imzosi va diniy tashkilot muhri
Diniy tashkilotlarning
markaziy boshqaruv organi rahbari________________________________________________________________________________________________________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili,
oy, kun
Turar joyi
Ish joyi va lavozimi
Telefon raqami
Diniy tashkilotning rahbari_____________________________________________________________________________________________________________________________

Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy tashkilot tashabbuskorlari