O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini va xizmatchilarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
758-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 758-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi*”.
2. Izohning ikkinchi xatboshidagi “8” raqamidan keyin “22” raqami qo‘shilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/758/1958-son)