O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi ayrim alohida toifadagi pensionerlarga maqbul sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
766-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
18-banddagi “10-kundan” so‘zi “3-kundan” so‘zi bilan almashtirilsin;
19-banddagi “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari) har oyda 27-kundan” so‘zlari “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining “Neftbaza” MChJlari har oyda 10-kundan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomda:
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Jamg‘arma bilan axborot almashinuvini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hamkorlikni amalga oshiradi va Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga:
Jamg‘armaga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha vazirliklar, idoralar va hududlar kesimidagi majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha (boqimanda) qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor hisobotni;
yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 25 kun mobaynida majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash to‘g‘risidagi hisobotni vazirliklar, idoralar va hududlar bo‘yicha taqdim etadi.”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son; 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)