25.09.2018 yildagi 764-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatida og‘ir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan va boquvchisini yo‘qotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatida og‘ir uy-joy maishiy sharoitlarida yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlar, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ayollar uchun qulay sharoit yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining ilovaga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bo‘sh turgan yotoqxonalarini (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) tegishlicha Andijon viloyatining tuman va shahar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish hamda mazkur yotoqxonalarni qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilgan holda turar joylarga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddatda obyektlarni o‘rnatilgan tartibda topshirsin, tegishlicha Andijon viloyatining tuman va shahar hokimliklari ularni qabul qilib olsin va maqsadli foydalanishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obyektlarni rekonstruksiya qilish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari tanlov asosida aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda obyektlarda ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va maktabgacha ta’lim muassasalarini joylashtirishni nazarda tutgan holda mazkur obyektlarni qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilgan holda turar joylarga aylantirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni qayta ixtisoslashtirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilgan holda turar joylarga aylantirilgan uy-joylar Andijon viloyati hokimligi tomonidan og‘ir uy-joy maishiy sharoitlarida yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlar, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ayollarga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy komissiyalar shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga rioya etish asosida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tayanib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlar asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirishning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki 10 foiz badal mablag‘lari — Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan 90 foiz mablag‘lari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori asosida uch yillik imtiyozli davr, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga tijorat banklarining ipoteka kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtirish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan tijorat banklariga tegishli moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligi ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi hamda ularni o‘z vaqtida to‘liq qaytarilishi uchun mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ushbu qarorga muvofiq rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni loyiha-smeta hujjatlari va olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chkorov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
764-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 764-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining tuman va shahar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bo‘sh turgan yotoqxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bo‘sh turgan yotoqxonalarning nomi

Bo‘sh turgan yotoqxonalar joylashgan joy

1.

Andijon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejiga karashli yotoqxona binosi

Andijon shahri

2.

Andijon mashinasozlik kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Andijon shahri

3.

Andijon viloyati, Xonobod shahar hokimligiga qarashli yotoqxona binosi

Xonobod shahri

4.

Asaka pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Asaka tumani

5.

Baliqchi sanoat va transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Baliqchi tumani

6.

Bo‘z Tibbiyot kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Bo‘z tumani

7.

Buloqboshi maishiy xizmat kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Buloqboshi tumani

8.

Jalaquduq sanoat-transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Jalaquduq tumani

9.

Izboskan ijtimoiy-iqtisodiyot kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Izboskan tumani

10.

Marhamat qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Marhamat tumani

11.

Oltinko‘l sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Oltinko‘l tumani

12.

Paxtaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Paxtaobod tumani

13.

Ulug‘nor qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Ulug‘nor tumani

14.

Xo‘jaobod sanoat transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Xo‘jaobod tumani

15.

Shahrixon sanoat va transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Shahrixon tumani

16.

Dardoq sanoat-transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Qo‘rg‘ontepa tumani

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/764/1964-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)