18.09.2018 yildagi 741-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Andijon viloyatida kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida 6 ta kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) faoliyat koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Andijon viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha qoʻshimcha ravishda KSZlar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZlar hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddat bilan uzoq muddatli ijaraga, keyinchalik ularga, biznes-rejalarni bajarilgan, ish oʻrinlari tashkil etilgan va saqlab qolingan, barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda mulk huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZlar hududidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun u ijaraga berilgan davrda, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, oshib boradigan koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan ijara toʻlovining minimal stavkalari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun KSZlar qatnashchilariga yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Andijon viloyatidagi KSZlarni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalari, shu jumladan, mahalliy budjet va loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari hisobiga elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha, moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — 2018-2019-yillarda Andijon viloyati hududida faoliyat koʻrsatayotgan va yangidan tashkil etilayotgan KSZlarda umumiy qiymati 300 mlrd. soʻm boʻlgan, importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini chiqaradigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish yuzasidan aniq tadbirlar — “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, bunda Andijon viloyati iqtisodiyoti ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslari va infratuzilmalarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida oʻzlashtirishga tavsiya etilayotgan importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KSZlar hududlarida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida ishlab chiqarishlarni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrish chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilovada* koʻrsatilgan KSZlar chegaralarini aniqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi 588-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 811-modda) 2-ilovaning 3, 4-pozitsiyalari va ularga iqtiboslar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.A. Xoʻjayev va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
741-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/741/1889-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)