04.08.2017 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va Andijon viloyatida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Andijon viloyati hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Andijon viloyatida boʻsh turgan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastkalari xatlovdan oʻtkazilganligi va ulardan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Andijon viloyatidagi ishlamay turgan, foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan obyektlardan va yer uchastkalaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlansin, ushbu Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotishga tavsiya etilayotgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular negizida yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ kichik sanoat zonalari hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini elektroenergiya va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Andijon viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Andijon shahar hokimligi tasarrufidagi va Andijon shahar, Bobur shoh koʻchasi manzilida joylashgan sobiq “Bobur”OAJga qarashli “Suv tozalash” bino va inshootlarini sobiq “Bobur” AJ hududidagi tadbirkorlik subyektlariga suv tozalash inshootlari va tashkilotlarga xizmat koʻrsatish faoliyatini tiklash sharti bilan muzokaralar oʻtkazish hamda ijtimoiy shartlarni bajarish sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri oldi-sotdi shartnomalari tuzish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Andijon viloyat hokimligi bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari bilan muzokaralar olib borilishini va belgilangan tartibda sobiq “Bobur” OAJga qarashli “Suv tozalash” bino va inshootlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan shartlarda sotish toʻgʻrisida Andijon viloyati hududiy tanlov komissiyasining qarori qabul qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Andijon viloyati tuman (shahar)lari hokimlariga “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun respublika davlat boshqaruvi organi tasurrufida boʻlgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (maydonlarini), tegishli tuman (shahar) hokimining tegishli murojaatidan soʻng ikki oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish taʼminlanmagan taqdirda, istisno tariqasida, bir yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berilsin, bunda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda balansda saqlovchilarga ajratmalar tegishli tuman (shahar) budjetiga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov va Andijon viloyati hokimi Sh. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 811-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/741/1889-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)