19.09.2018 yildagi PQ-3945-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy toʻlov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish orqali naqd pullarning bankdan tashqarida muomalada boʻlishini qisqartirishga erishildi, toʻlovlarni amalga oshirish jarayoni sezilarli darajada osonlashtirildi, masofaviy bank xizmatlarini koʻrsatish tizimlarining funksionali kengaytirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib borilgan ishlar natijasida aholining bank kartalari va boshqa naqd pulsiz hisob-kitob usullariga xavfsiz va qulay toʻlov vositasi sifatida boʻlgan ishonchi oshdi. Shu bilan birga, erishilgan yutuqlarga qaramay, toʻlov tizimlarini rivojlantirish, ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash va raqobat muhitini rivojlantirish uchun zamonaviy texnologik yechimlarni joriy qilish borasida qator kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, chakana toʻlovlarni qayta ishlash boʻyicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy toʻlov tizimining xavfsizligi darajasini kamaytirmoqda, toʻlov infratuzilmasining yagona integrallashuviga erishish imkonini bermayapti hamda bir monopol tizimning mutlaq ustun boʻlishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, toʻlov tizimlari operatorlarining faoliyati qonunchilik darajasida tartibga solinmaganligi ularning rivojlanishini cheklamoqda va mazkur tizimlarning ishonchli ishlashiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovlarni amalga oshirish uzluksizligini taʼminlash, innovatsion mahsulotlarni joriy qilish, bank xizmatlarining ommabopligini taʼminlash hamda toʻlov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi” davlat unitar korxonasi Milliy banklararo protsessing markazini (keyingi oʻrinlarda Milliy banklararo protsessing markazi deb yuritiladi) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy banklararo protsessing markazini tashkil qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Milliy banklararo protsessing markazi, banklararo toʻlov tizimi va kliring markazining faoliyat yuritishi uchun maʼlumotlarni qayta ishlovchi toʻlaqonli markaz yaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvarga qadar mahalliy va xalqaro bank kartalari boʻyicha hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi banklar oʻrtasida axborot va texnologik aloqa oʻrnatishga koʻmaklashuvchi Milliy banklararo protsessing markazi ishga tushirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyulga qadar mamlakatdagi barcha protsessing markazlarining, shu jumladan, xalqaro toʻlov tizimlarining bevosita Milliy banklararo protsessing markazining yagona shlyuzi orqali ishlashini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank toʻlov infratuzilmasi doimiy ravishda yaxshilanishini, bankomatlar va oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi koʻp funksiyali terminallar tarmogʻining, shu jumladan, oʻz tasarrufidagi korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda kengaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda Milliy banklararo protsessing markazi loyihasini amalga oshirish davomida mavjud protsessing markazlarining Milliy banklararo protsessing markazi bilan integratsiyalashuvini va oʻzaro xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chakana toʻlov xizmatlarini koʻrsatish uchun bank tariflari banklar xarajatlari qoplanishini taʼminlash va raqobatga koʻmaklashish uchun maʼmuriy aralashuvlarsiz xalqaro tajribaga muvofiq oʻrnatilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaziy bank 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan muddatda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, shuningdek, umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va qoidalarni chuqur oʻrganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy toʻlov tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan toʻlov xizmatlari bozorini tartibga solishni nazorat qilish, shuningdek, milliy toʻlov tizimi subyektlarini litsenziyalash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov tizimlarida bank siri himoyasini taʼminlash xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar bilan operatsiyalarni amalga oshirish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, shu jumladan, elektron hamyonlar egalarini identifikatsiya qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida, Markaziy bank va “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi” DUKga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank hududida oʻrnatilgan shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilgan holda, qurilish va loyihalashtirishni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, jihozlar, butlovchi buyumlar, texnika va texnologiyalar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarni yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash asosida aniqlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3945-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3945-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy banklararo protsessing markazini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Milliy banklararo protsessing markazini tashkil etish va ish faoliyatini tashkillashtirish

1.

Milliy banklararo protsessing markazi toʻgʻrisidagi (MBPM) Nizom, uning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash.

2018-yil 1 noyabga qadar

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

2.

Maʼlumotlarniqayta ishlash boʻyicha asosiy va zaxira markazlarini loyihalashtirish.

2018-yil 1-dekabrga qadar

Markaziy bank
(B. Zoxidov)

3.

Protsessing markazlarining ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotining taniqli yetkazib beruvchilari bilan muzokaralar olib borish, eng yaxshi taklifni aniqlab olish va kontrakt tuzish.

2019 yil 1-fevralga qadar

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

4.

MBPM, banklararo toʻlov va kliring tizimi uchun server va ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarning nomdor ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar oʻtkazish, eng yaxshi taklifni aniqlab olish va kontraktni tuzish.

2019-yil 1-martga qadar

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

5.

Markaziy bank hududida maʼlumotlarni qayta ishlash markazi uchun bino qurilishini yakunlash.

2019-yil 1-aprelga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

6.

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini server va ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2019-yil 1-iyulga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

7.

MBPM tizimi bilan tijorat banklarining avtomatlashtirilgan bank tizimlarini toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlash.

2019-yil 1-oktabrga qadar

Tijorat banklari,

Markaziy bank

(B. Zoxidov),

ABT ishlab chiquvchilari

8.

MBPM tizimiga xizmatlar yetkazib beruvchilariningbilling tizimlariniulash.

2019-yil 1-dekabrga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

9.

Milliy banklararo protsessing markazini ishga tushurish.

2020-yil 1-yanvarga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

10.

Aloqasiz (dual) interfeysli bank kartalarini emissiya qilish.

2020-yil 1-yanvarga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov),

tijorat banklari

11.

Aloqasiz toʻlovlarni oʻtkazish imkoniyati boʻlgan banklarning POS terminallarini oʻrnatish (NFC).

2020-yil 1-martga qadar

Tijorat banklari,

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

12.

MBPMni xalqaro toʻlov tizimlariga (Union Pay, Mastercard, VISA) ulanishini tashkil qilish.

2020-yil 1-sentabrga qadar

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

II. Mavjud protsessing markazlari bilan integratsiyani taʼminlash

13.

MBPM tizimi bilan boshqa protsessing markazlarini host-to-host ulanishini amalga oshirish.

2019-yil 1-dekabrga qadar

Banklar assotsiatsiyasi,

protsessing markazlari,

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

14.

Mavjud protsessing markazlari oʻrtasida elektron toʻlovlarni oʻzaro oʻtkazishni taʼminlash (r2r oʻtkazmalari, onlayn toʻlov va boshqa amaliyotlar).

2020-yil 1-yanvardan

Banklar assotsiatsiyasi, protsessing markazlari,

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

15.

Milliy banklararo protsessing markazining yagona shlyuzi orqali protsessing markazlari tomonidan kartalarga oʻzaro xizmat koʻrsatish uchun qurilmalarning (terminallar, infokiosklar, bankomatlar) dasturiy taʼminotini yangilash.

2020-yil 1-aprelga qadar

Banklar assotsiatsiyasi, protsessing markazlari,

tijorat banklari,

Markaziy bank

(B. Zaxidov)

III. Banklar uchun innovatsion raqamli yechimlarni joriy etish

16.

QR-kodlar boʻyicha standartlashtirilgan va universal toʻlov tizimini ishlab chiqish.

2019-yil 1-avgustga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov),

toʻlov tizimlari,

tijorat banklari

17.

Uzoqdan turib mijozlarni identifikatsiya qilish tizimini yaratish.

2020-yil 1-yanvarga qadar

tijorat

banklari

18.

Banklar va toʻlov tizimlari mobil ilovalarining asosiy kartalariga bogʻlangan virtual kartalarini ochish servisini joriy etish.

2020-yil 1-fevraliga qadar

tijorat

banklari

19.

Mobil telefonlar va boshqa qurilmalar yordamida aloqasiz toʻlov tizimini (NFC toʻlov) joriy etish.

2020-yil 1-martga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

20.

Mijozning shaxsiy kabineti va mobil ilovalarini yaratish uchun banklarga platforma taqdim etish.

2020-yil 1-aprelga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 07/18/3945/1888-son)