Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.04.2001 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

JAHON BANKI GURUHI HUZURIDAGI XALQARO TARAQQIYOT UYuShMASI BILAN HAMKORLIKNING USTUVOR YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki guruhi bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va ijtimoiy sohani rivojlantirishni jadallashtirish, jalb etilayotgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash uchun imtiyozli uzoq muddatli qarzlarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot uyushmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini 2001-yildan boshlab jalb etish, ularni ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlovchi ustuvor loyihalarni amalga oshirishga jamlash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 40 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladigan 10 yilgacha imtiyozli davrga ega bo‘lgan imtiyozli foizsiz kreditlaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya-melioratsiya tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetikada energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni zamonaviylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilma (ta’lim, sog‘liqni saqlash)ni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhning tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoralararo ishchi guruhga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotning strategik muhim tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash, infratuzilmani zamonaviylashtirish va ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir birinchi navbatdagi vazifalarni hal etish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilayotgan mablag‘lardan eng ko‘p darajada samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo ishchi guruh Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda ushbu loyihalarning Jahon banki guruhiga kiruvchi boshqa xalqaro moliya institutlari (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi), shuningdek Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar bilan O‘zbekiston Respublikasining o‘zaro hamkorlik dasturlarining chambarchas muvofiqlashtirilishiga va o‘zaro bir-birini to‘ldirishiga alohida e’tiborni qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 24-aprel,

185-son