13.09.2018 yildagi 731-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don, un va nonni sotishga, shuningdek, mamlakatning donni qayta ishlash tarmog‘iga bozor mexanizmlarini joriy qilish, un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiyalar to‘lashning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 15-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir kilogramm 1-nav bug‘doy unini ulgurji sotish narxini 1 400 so‘m miqdorida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolipli nonni talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi bo‘yicha sotish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” AK korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar va chorvachilik (parrandachilik, baliqchilik) korxonalariga don, shuningdek, oliy navli bug‘doy unini birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda un narxi shakllanishi yuzasidan amaliy monitoring o‘rnatsin, 2018-yil 1-noyabrgacha 1-nav bug‘doy uni uchun ulgurji sotish narxini belgilash tartibini bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) nafaqalar to‘lanishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan hisoblanadi va 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2021-yil 1-iyulga qadar yoshga doir va nogironligi bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron bo‘lgan 18 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, shuningdek, belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchiga tayinlangan, biroq ularga to‘lanmay qolgan pul kompensatsiyasi qayd etilgan pensiya hamda nafaqa summasiga qo‘shilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi PF-6241-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zaruratga ko‘ra, bozorda don va un narxlari keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida iste’molchilarga sotish uchun davlat zaxirasidan don chiqarish ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tumanlar (shaharlar) hokimlariga kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash shartlariga muvofiq 2019-yil 1-yanvargacha hokimliklarning zaxira jamg‘armalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) budjetlari daromadlari prognoz parametrlarining oshirib bajarilishidan tushgan mablag‘lar hisobiga oilaning har bir a’zosi hisobga olingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida pul kompensatsiyasi ajratish huquqi berilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toifadagi oilalarga (shaxslarga) pul kompensatsiyasi tegishli o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qo‘shimcha pul kompensatsiyasi oladigan oilalar (shaxslar) soni ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida va 3-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya oluvchilar umumiy sonining 30 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali va manzilli chora-tadbirlar ko‘rilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha aholi punktlarida barcha toifalardagi iste’molchilarga un va non uzluksiz sotilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zdonmahsulot” AK bilan birgalikda un va donni sotishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” AK 2018-yil 15-sentabrdan boshlab joriy etiladigan narxlarni hisobga olgan holda qolgan unni qayta baholasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarga don, un va qolipli non xaridi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan mablag‘ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil uchun davlat budjeti parametrlarini tayyorlashda mazkur qarorning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va Bosh vazirning o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
731-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 12-dekabrdagi 350-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 84-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandining ikkinchi xatboshi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2018-y., 09/18/731/1876-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)