O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmon)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-sentabr,
PQ-3936-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3936-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli qarori 3-ilovasining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2018-y., 07/18/3936/1863-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)