20.08.2018 yildagi PF-5517-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarni tashkil etishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish xamda shu asosda viloyatning, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish xamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Namangan viloyati Chust tumanida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda — “Namangan” EIZ deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kuyidagilar “Namangan” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashki bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks xamda samarali foydalanishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” EIZning soha kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, shu jumladan, ularning “Namangan” erkin iqtisodiy zonada joylashgan hududdagi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashida qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari “Namangan” EIZ ishtirokchilariga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK” DUK — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh pudratchi tashkiloti tanlov asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar “Namangan” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Namangan” EIZning chegaralariga aniqlik kiritish, ularni kelgusida kengaytirish bo‘yicha takliflarni Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Namangan” EIZning bosh rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Namangan” EIZ faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Namangan viloyati hokimligi hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchilar “Namangan” EIZ hududiga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari yetkazib berilishini tasdiqlangan dastur doirasida ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi Namangan viloyati mahalliy budjeti va “Namangan” EIZ qatnashchilari tomonidan moliyalashtiriladigan mablag‘lar hisobidan lokal suv ta’minoti inshootlari qurilishini va kanalizatsiya suvlari tozalanishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Namangan viloyatining mavjud mineral-xomashyo resurslarini inobatga olgan holda, import tarkibini har tomonlama tahlil qilish asosida “Namangan” EIZ hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha Dasturlar — “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda belgilangan tartibda ularga “Namangan” EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar kiritilishini nazarda tutsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Namangan viloyati Chust tumanida bojxona postini tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalar ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Namangan” EIZ hududini kengaytirish maqsadida Chortoq va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi yer uchastkalarini ularda foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarining mavjudligini, ularning sanoatga moslashtirilganligini, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanganligini joyiga chiqqan holda o‘rgansin va natijalar bo‘yicha asoslangan takliflarni, shuningdek aniq investitsion takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur Farmonning ijrosi va amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risida 2019-yil 10-yanvarga kadar axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5517-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5517-sonli Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasining transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

O‘lchov

birligi

Miqdori/
Quvvati

Xarajatlar

miqdori*

(mln.so‘m)

Bajarilish muddati

Moliyalashtirish manbalari

2018-yil

2019-yil

I. Avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish xamda ta’mirlash tadbirlari

1.

4H 445A avtomobil yo‘lining 2,5 — 4 km qismini joriy ta’mirlash

km

1,5

120,0

120,0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi

2.

“Namangan” EIZga kirish yo‘llarini ta’mirlash

km

3

300,0

300,0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi

3.

“Namangan” EIZga olib boruvchi ichki kirish yo‘llarini ta’mirlash

km

3

600,0

300,0

300,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti, Loyiha tashabbuskori

Jami:

1020,0

420,0

600,0

II. Suv ta’minoti, kanalizatsiya xamda irrigatsiya obyektlarini qurish tadbirlari

4.

Suv to‘sish inshootini qurish

dona

1

468,0

468,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

5.

Suv o‘tkazish minorasini qurish

dona

1

78,0

78.0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

6.

D-160 mm suv quvurlari tarmog‘ini qurish

km

1,2

702,0

702,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

7.

Tozalash inshootlarini qurish

kub.m

250 — 300

390,0

390,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

Jami:

1638,0

1638,0

III. Elektr ta’minoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari

8.

110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish va transfarmator o‘rnatish

km

kVA

1,5
10000

6 600,0

6 600,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

9.

10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish va transfarmator o‘rnatish

km

kVA

10,5

2800

1 254,0

1254,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

10.

10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish va transfarmator o‘rnatish

km

kVA

2,3

1250

350,0

350,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

Jami:

8204,0

8204,0

IV. Gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish tadbirlari

11.

Chust tumanining (“Sabzazor” mavzesi) gaz o‘tkazish tarmog‘ini qurish

km

0,33

565,0

565,0

“O‘ztransgaz” AJ

Jami:

565,0

565,0

V. Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari

12.

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish

km

5,5

143,2

143,2

“O‘zbektelekom” AK

Jami:

143,2

143,2

HAMMASI:

11 570,2

2 766,2

8 804,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2018-y., 06/18/5517/1859-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)