1-ILOVA
T\r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Narxi | Moliyalashtirish manbalari | Bajaruvchilar |
I. Nevrologiya sohasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
1. | Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) nizomi va tuzilmasini tasdiqlash. | Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | 2019-yil sentabr | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Qudbiyev) |
2. | Markaz faoliyatini tashkil etishda, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, nevrologiya xizmati muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy me’yoriy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish va qayta ko‘rib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari | 2019-yil yanvar | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
3. | Nevrologiya sohasida davolash-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy va ilmiy tasdiqlangan uslublari va texnologiyalarini hisobga olgan holda, nevrologik kasal bemorlarni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | 2019-yil dekabr | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), “O‘zstandart “(J. Shukurov) |
4. | Markazning nizomi, tuzilmasi va moddiy-texnik ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2018-yil dekabr | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Qudbiyev) |
II. Nevrologik kasalliklarni, shu jumladan insultantni barvaqt diagnostika qilish va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish | ||||||
5. | Shahar (tuman) tibbiyot birlashmalarida nevrologiya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda –Markaz bo‘linmalari) faoliyatini tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-2020 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Nevrologik kasalliklar va uning asoratlari bilan og‘rigan bemorlarning yagona elektron bazasini yaratish. | Ma’lumotlar bazasi | 2019-2020 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
7. | Markazning barcha bo‘linmalarida insultni boshdan kechirgan hamda epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning populyatsiya registrini joriy etish, keng tarqalgan nevrologik kasalliklar bo‘yicha skrining tadqiqotlarni takomillashtirish va bosqichma-bosqich joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2022-2023 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | Sanatoriya-kurort davolash-profilaktika muassasalari bazasida nevrologik kasalliklarni boshdan kechirgan bemorlarga reabilitatsiya yordamini ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi | 2019-2020 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov) |
9. | Nevrologiya kasalliklari bo‘yicha sanitariya-targ‘ibot ishlarini, shu jumladan aholi orasida nevrologik kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni, quyidagilar orqali amalga oshirish: ijtimoiy tele va radio ko‘rsatuvlarning qamrovi va sonini kengaytirish; bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida materiallarni e’lon qilish; nevrologik kasalliklar, shu jumladan insultantlar rivojlanishi omillari xatarlari to‘g‘risida mavzuga oid seminarlar o‘tkazish; xavf-xatarlar rivojlanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; olib borilgan axborot-targ‘ibot chora-tadbirlari natijalarini monitoring qilish va baholash. | Axborot-targ‘ibot chora-tadbirlari kompleksi | Doimo | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), MTRK (A. Xodjayev), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev) |
III. Nevrologiya sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||||
10. | Markaz va uning bo‘linmalari shifokorlari, nevrologlari va ilmiy xodimlarini zamonaviy klinika diagnostikasi va laboratoriya tahlillari natijalarini izohlash, shu jumladan yuqori texnologik asbob-uskunalarda nevrologik kasalliklarni davolash bo‘yicha zamonaviy metodlarga o‘qitish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
11. | Aholiga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, Markaz mutaxassislari tomonidan respublika hududlarida nevrolog shifokorlar uchun nevrologiya kasalliklari va insult bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning yangi metodlarini joriy etish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish. | Mahorat darslari dasturlari | Doimiy, dasturga muvofiq | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
12. | Yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalari bilan sheriklikni mustahkamlash orqali nevrologik kasalliklar va insult bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va davolashning milliy amaliyotiga ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy jahon tajribasini joriy etish. Xorijiy davlatlarning yetakchi klinikalari mutaxassislari ishtirokida nevrologiya va insult bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, trening va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish. | Memorandum va kelishuvlar | 2019 — 2021 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov) |
13. | Nevrologiya va neyroreabilitologiya mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinaturada har yili 15 nafar nevrolog va | Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | 2019-2020 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
14. | Xorijiy markazlar va klinikalar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida har yili kamida 10 ta Markaz mutaxassislari malakasini oshirish. | Hamkorlik shartnomasi | 2019-2020 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov) |
15. | Insultni boshdan kechirgan shaxslar va nevrologik bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha patronaj hamshiralar tayyorlashni o‘z ichiga olgan Avstriyaning “AUREUS” reabilitologlar jamiyati bilan birga keyinchalik joylarda mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutgan holda 5 yil davomida milliy neyroreabilitologlarni Avstriyaning nevrologiya klinikalarida o‘qitishni nazarda tutish masalalarini o‘rganish. | Hamkorlik shartnomasi | 2018 — 2022 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), TIV (A. Komilov) |
IV. Nevrologik kasalliklar va insultni oldini olish, diagnostika qilish va davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish | ||||||
16. | Nevrologik kasalliklar va insultlarda birinchi va reabilitatsion yordam ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy platformaga muvofiq, nevrologik kasallanishni prognozlash va davolashning zamonaviy qarashlarini ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqotlar natijalari | 2022-2023 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov) |
17. | Nevrologiya kasalliklarini davolashning klinik kechishi va davolash natijalarining neyroimmunologik, molekulyar-biologik, molekulyar-genetik, itogenetik va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish. | Ilmiy loyihalar | 2022-2023 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
18. | Markaz amaliyotiga quyidagi zamonaviy davolash metodlarini joriy qilish: tizimli trombolizis va tromboekstraksiya; epilepsiyaning VNS — terapiyasi; insultdan keyingi barvaqt reabilitatsiya usullari; parkinsonizm bilan kasallanganlarni ultratovushli ablyatsiya uslublari; ergoterapiya, kinezioterapiya va robotlashtirilgan texnika yordamida nevrologik bemorlarni reabilitatsiya qilish uslublari; umurtqa pog‘onasi va orqa miya hosilalarini jarrohlik davolash; magnit va elektr stimulyatsiyaning terapevtik usullari; botulinoterapiya; tana hujayralari yordamida insult va epilepsiyani davolash. | Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | 2022-2023 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
19. | Markaz bo‘linmalari amaliyotiga davolashning zamonaviy uslublarini joriy etish, shu jumladan: insultdan keyingi barvaqt reabilitatsiyasi; nevrologik bemorlarni kinezioterapiya va robotlashtirilgan texnika yordamida reabilitatsiya qilish, ergoterapiya; magnit va elektr stimulyatsiya terapiya bilan davolash. | Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | 2022-2023 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
V. Nevrologiya xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||||
20. | Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Akademik litsey binolarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | Loyiha-smeta hujjatlari | 2018-yil dekabr | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov) | |
21. | Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Akademik litsey binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash. | Davlat rivojlantirish dasturlari doirasida | 2019-2020 yy. | Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq | Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev) |
24. | Har bir hisob birligining texnik holatini xatlovdan o‘tkazgan holda, nevrologiya xizmati muassasalarining tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratish. | Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i | 2019 — 2021 yy. | - | - | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
2-ILOVA
|
1. |
A.A. Abduhakimov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Ishchi komissiyasi raisi |
|
2. |
B.K. Yusupaliyev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi komissiyasi raisi o‘rinbosari |
|
3. |
Lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi |
|
4. |
G.V. Urmanova |
— |
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari |
|
5. |
R.R. Azimov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu’ba mudiri |
|
6. |
F.R. Sharipov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i |
|
7. |
U.S. Ismailov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i |
|
8. |
A.A. Karimov |
— |
Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
|
9. |
B.G. Gafurov |
— |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedra mudiri |
|
10. |
G.S. Raximbayeva |
— |
Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri |