Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.03.2013 28.02.1996 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.03.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORAZM AVTOMOBIL IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI FAOLIYATINI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA UNING MAHSULOTLARINI SOTIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli “Bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishi tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada avtomobilsozlikni rivojlantirishni taʼminlash, koʻp yuk koʻtaradigan avtomobillar milliy parkini kengaytirish va respublikaning xalqaro yuk tashishlarga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzavtosanoat” uyushmasining respublikada ishlab chiqariladigan “Mersedes-Bens” avtopoyezdlari qiymatini Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasining ichki imkoniyatlari hamda unga soliqlar va ayrim toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish hisobiga pasaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorazm AIB ishlab chiqargan “Mersedes-Bens” markali yuk avtopoyezdlarini taqsimlash 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuk avtopoyezdlarini sotib oluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xorazm AIB bilan hisob-kitoblari grafigi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi ilgari Respublika valyuta fondidan Xorazm AIBga ajratilgan kreditlarni, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar toʻlashdan ozod qilgan holda, 1997-yil 1-martdan eʼtiboran 6 yil mobaynida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan 1996-yil 1-martdan boshlab “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining “Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasiga, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy vazirligining “Oʻrta Osiyo Trans” transport-ekspeditorlik kompaniyasiga qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKA Germaniya banklari konsorsiumi mablagʻlari hisobiga yarim pritseplar sotib olish uchun qarz mablagʻlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlar toʻliq hajmda Xorazm AIB zimmasida qoldirilsin. Xorazm AIB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishtirokida yuk avtopoyezdlari xaridorlari bilan ulardan Xorazm AIBning tegishli qarz mablagʻlari oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlaydigan toʻlovlarni milliy valyutada undirib olish yuzasidan shartnomalar tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm AIB foyda, qoʻshilgan qiymat, yer, mulk va transport soliqlaridan, bojxona tadbirlari va poshlinalari boʻyicha toʻlovlardan, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga “Mersedes-Bens” yuk avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq ajratmalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzavtosanoat” uyushmasining “Oʻzavtosanoattrans” ishlab chiqarish birlashmasi, Xorazm AIB va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy vazirligining “Oʻrta Osiyo Trans” transport-ekspeditorlik kompaniyasi 6 yil muddatga “Mersedes-Bens” avtopoyezdlarini ishlatishdan olingan foyda soligʻidan hamda sotib olinadigan avtomobillar qiymatidan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlardan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy vazirligi, “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida qurilayotgan “Oʻzmaishiyrobot” zavodining negizida keng koʻlamda ishlatiladigan, 10-12 tonna yuk koʻtaradigan avtomobillarni ishlab chiqarish boʻyicha “Mersedes-Bens” firmasi bilan qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsinlar va bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm AIB avtokomplekslar sotib olish yuzasidan “Mersedes- Bens” firmasi bilan kontrakt tuzsin va tajriba tariqasida koʻrsatib oʻtilgan avtomobillardan 200 tasini yigʻishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mersedes-Bens” firmasining 200 ta yigʻma avtokomplektini xarid qilish yuzasidan kontrakt qiymatiga teng summadagi Germaniya markalarini Respublika valyuta birjasidan sotib olish uchun Xorazm AIBga valyutada foizsiz kredit ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm AIB bilan birgalida uning oʻzi ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxlarini belgilash boʻyicha hisob-kitoblarni muntazam ravishda (yarim yilliklar boʻyicha) koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-iyundagi 213-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-son