Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1349-11]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-avgust,
120-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 2-avgustdagi 120-N-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ 61) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi “j1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j1) planer-uchuvchisi;”.
2. 2-banddagi “samolyot va vertolyot” degan soʻzlar “samolyot, vertolyot, aerostat va planer-uchuvchilari,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-band quyidagi mazmundagi “b1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“b1) 17 yosh — planer-uchuvchilariga;”.
4. 39-band “OʻYEUA uchuvchilariga” degan soʻzlardan keyin “ va planer-uchuvchilariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 41-bandning “l” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“l) “Havaskor-uchuvchi, aerostat uchuvchisi, OʻYEUA uchuvchisi va planer-uchuvchisi guvohnomasi — “TA” seriyali (ushbu Qoidalarning 11, 11a, 12 va 12a — ilovalari)”.
6. 46-band “OʻYEUA uchuvchilariga” degan soʻzlardan keyin “ hamda planer-uchuvchilariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 151-paragraf bilan toʻldirilsin:
“151-§. Planer-uchuvchisining guvohnomasini berish tartibi
841. Planer-uchuvchisi guvohnomasi Davavianazorat tomonidan tasdiqlangan dasturga koʻra parvoz boʻyicha taʼlim muassasalarida planer-uchuvchisi sifatida toʻliq kursni tamomlagan shaxslarga beriladi.
842. Nomzod 17 yoshdan kichik boʻlmasligi va amaldagi tibbiy xulosaga ega boʻlishi shart.
843. Planer-uchuvchisi guvohnomasi umumiy namunada beriladi va 1-betida “Planer-uchuvchisi” deb yoziladi. Guvohnomaning amal qilish muddati 24 oy.
844. Nomzod ushbu Qoidalarning XXI bobining 871-paragrafiga asosan Planer-uchuvchi guvohnomasi egasiga berilgan huquqlarga mos keladigan bilim va mahoratlar darajasini koʻrsatishi va Taqdimnomaning 1 — 8, 10, 13, 16-bandlarda belgilangan tartibda imtihon topshirishi kerak (ushbu Qoidalarning 17-ilovasi).
845. Uskunalar boʻyicha parvozlar va tungi uchishlar tajribasi guvohnoma egasiga UUQ boʻyicha uchish huquqini bermaydi.”.
8. 104-band quyidagi mazmundagi “z” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“z) planer-uchuvchilariga — 24 oy;”.
9. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“123. Aviaxodimlar guvohnomasining amal qilish muddati tegishli malaka komissiyasi (MMK, MK yoki OMK)da oxirgi topshirgan imtihon sanasidan, mazkur Qoidalarning 104 — 106-bandlarida koʻrsatilgan muddatlarga uzaytiriladi.”.
10. Quyidagi mazmundagi 241-paragraf bilan toʻldirilsin:
“241-§. Planer-uchuvchisi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tartibi
1621. Planer-uchuvchisi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) imtihonlarni topshirish uchun OMKga ariza;
b uchish ishiga ruxsat berilganligi haqidagi TUEKsining tibbiy xulosasi;
v) oxirgi yil davomida uchgan soatlarini tasdiqlovchi hujjat;
g) uchish texnikasini boshqarishni tekshirish sanasi koʻrsatilgan uchish kitobi;
d) imtihonlarni topshirish uchun Davavianazorat tomonidan OMKga berilgan 2-ta rasmiylashtirilgan taqdimnomasi.
1622. Mazkur Qoidalarning 17-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan fanlar boʻyicha imtihonlar topshiriladi. Barcha fanlar boʻyicha baholar 4 (toʻrt)dan past boʻlmasligi lozim.
1623. Uchish texnikasini tekshirilishi, Davavianazoratning OMK inspektorlari ruxsati bilan, uchuvchi-instruktorlari tomonidan amalga oshiriladi. Uchish texnikasi boʻyicha baholar 4 (toʻrt)dan past boʻlmasligi lozim.
1624. Agar oxirgi olti oy ichida oltita uchish va qoʻnishlar amalga oshirilmagan boʻlsa, planer-uchuvchisi oʻz huquqlaridan foydalanishi mumkin emas.
1625. Nazariy bilimlar va uchish texnikasini tekshirish natijalari uchish kitobi va uchish xodimlarining Taqdimnomasiga kiritiladi (mazkur Qoidalarning 17-ilovasi).”.
11. 218-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havaskor-uchuvchilar, aerostat uchuvchilari, OʻYEUA uchuvchilari va planer-uchuvchilariga malaka darajasi berilmaydi”.
12. Quyidagi mazmundagi 871-paragraf bilan toʻldirilsin:
“871-§. Planer-uchuvchisi bilim va qobiliyatiga talablar
5291. Havo huquqi:
a) planer-uchuvchisi guvohnomasining egasiga tegishli boʻlgan qoida va nizomlar;
b) parvozlar qoidalari;
v) tegishli amaliyot va havo harakatiga xizmat koʻrsatish qoidalari.
5292. Havo kemalari boʻyicha umumiy bilimlar:
a) planerning tizim va uskuna jihozlarining ishlash tamoyillari;
b) planerning ekspluatatsion cheklovlari;
v) uchish ekspluatatsiyasi qoʻllanmasidan yoki ushbu maʼlumotga ega boʻlgan boshqa hujjatdan olingan tegishli ekspluatatsion maʼlumotlar.
5293. Uchish tavsiflari, rejalashtirish va yuklash:
a) uchish tavsifiga yukning va ogʻirlikni joylashtirilishini taʼsiri;
b) ogʻirlik va sentrovkani hisobga olish;
v) startdagi, qoʻnishdagi va boshqa tavsiflarni amalda qoʻllash va foydalanish;
g) VPQ boʻyicha parvozlarni bajarishda yoʻnalish boʻyicha parvoz oldi rejalari va parvozlarni rejalashtirish; havo harakatiga xizmat koʻrsatishning tegishli qoidalari, balandlik oʻlchagichni oʻrnatish tartibi, jadal harakatlardagi tumanlarda parvozlarni bajarish.
5294. Nomzod planer-uchuvchisiga nisbatan shaxsning qobiliyatlarini, shu jumladan tahdid va xatoliklarini nazorat qilish imkoniyatlarini bilishi kerak.
5295. Meteorologiya:
a) aviatsion meteorologiya asoslarini qoʻllash;
b) meteorologik maʼlumotlarni olish va foydalanish qoidalari;
v) balandlikni oʻlchash.
5296. Navigatsiya:
a) aeronavigatsiyaning amaliy jihatlari va yoʻlni hisoblash usullari;
b) aeronavigatsion xaritalardan foydalanish.
5297. Ekspluatatsiya qoidalari:
a) AIP, NOTAM, aviatsiya kodlari va qisqartmalar kabi aeronavigatsion hujjatlarni ishlatish;
b) ishga tushirishning turli usullari va tegishli tadbirlar tartibi;
v) xavfli ob-havo sharoitidagi, izidagi harakat va parvozga taʼsir qiluvchi boshqa xavfli harakatlardan aylanib oʻtish maqsadida qoʻllaniladigan harakatlarni hisobga olgan holda, avariya vaziyatidagi tegishli ehtiyot choralari va harakatlar.
5298. Planer-uchuvchisi planerlarga taalluqli parvozlar asoslarini bilishi kerak.
5299. Radiotelefon:
a) VPQ boʻyicha parvozga tegishli radiotelefon aloqasi va frazeologiyasini olib borish qoidalari, aloqa uzilgandagi harakatlar;
b) radiotelefon aloqasida qoʻllaniladigan tilda gaplashish va uni tushunish layoqati.
52910. Planer-uchuvchisiga nomzod, planer-uchuvchisi sifatida 6 soatdan kam boʻlmagan parvozga ega boʻlishi kerak, shu jumladan 2 soat mustaqil parvozga ega boʻlib, ulardan 20 dan kam boʻlmagan uchish va qoʻnishlarni bajargan boʻlishi kerak.
Agar nomzod samolyot uchuvchisi sifatida parvoz vaqtiga ega boʻlsa, guvohnomalarni berish boʻyicha vakolatli organ bunday parvoz vaqtini hisobga olishni va ijobiy qaror qabul qilinsa, parvoz vaqtiga nisbatan yuqoridagi talablarini kamaytirish maqbulligini belgilaydi.
52911. Tegishli nazorat ostida planer uchuvchisiga nomzod quyidagi sohalarda planerni ekspluatatsiya qilish tajribasiga ega boʻlishi lozim:
a) planerni yigʻish va tekshirishni oʻz ichiga olgan parvoz oldi tayyorgarligi;
b) parvoz tezligiga tegishli cheklovlarni hisobga olgan holda, startda ishlatiladigan usulda qoʻllaniladigan texnik usullar va qoidalar, avariya holatlarida harakatlar tartibi va foydalaniladigan belgilar;
v) harakat chizmasi boʻyicha toʻqnashishning oldini olish uchun ishlatiladigan parvozlar, usul va choralar;
g) tashqi vizual belgilar yordamida planerni boshqarish;
d) parvoz rejimlarining ekspluatatsiyaviy oraliqdagi parvozlar;
e) boshlangʻich va jadallashayotgan qulashni aniqlash, undan va spiral boʻyicha tik pasayishdan chiqish.
j) odatdagi vaziyatlarda yon tarafdan shamol boʻlganda ishga tushirish, qoʻnishga kirishish va qoʻnish;
z) vizual belgilar va yoʻnalishni hisoblash usullari yordamida yoʻnalish boʻyicha parvozlar;
i) avariya vaziyatlarida harakat qilish tartibi.
52912. Qobiliyati:
Planer-uchuvchisiga nomzod, mazkur Qoidalarning 52911-bandida koʻrsatilgan planer-uchuvchi guvohnomasi egasiga taqdim etilayotgan malaka darajasida, planer komandiri sifatida parvoz va manevrlarni bajara olish qobiliyatini hamda quyidagilarni bilishini koʻrsatdi:
a) xavf va xato omillarini bilish va nazorat qilish;
b) uning cheklovlari doirasida planerni boshqarish;
v) barcha manevrlarni aniq va ravon bajarish;
g) toʻgʻri qarorlarni qabul qilish va parvozda kuzatishni malakaviy amalga oshirish;
d) aeronavigatsiya sohasida bilimlarini qoʻllash;
e) parvoz yoki manevr chizmasini muvaffaqiyatli bajarilishini taʼminlash uchun, doimiy ravishda planer boshqaruvini kerakli darajada amalga oshirish.”.
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 12a-ilova bilan toʻldirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“OʻzR FA guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga
12a-ILOVA
12a-ILOVA
FA uchuvchisi planer-uchuvchisi guvohnomasining muqovasining ichki tarafi va birinchi sahifasi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/1349-11/1837-son)