28.08.2018 yildagi 697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
697-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 697-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saf bo‘linmalarining xodimlari va Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda xodimlar va harbiy xizmatchilar deb ataladi) faoliyatini baholash shartlari va mezonlarini, shuningdek, ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati, qo‘riqlash xizmati va saf bo‘linmalari xodimlari, tuman ichki ishlar organlari bo‘ysunuvidagi patrul-post xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xodimlari hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilariga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har oylik ish yakuni bo‘yicha xodimlar va harbiy xizmatchilarga ular lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik pul mukofoti (keyingi o‘rinlarda mukofot deb ataladi) to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patrullik qilish ishlarining hududlar bo‘yicha natijalari mukofotlash to‘g‘risida qaror qabul qilishning asosiy shartlari hisoblanadi va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq har oyda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlash uchun taqdim etilgan sanada intizomiy jazosi bo‘lgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga nisbatan rag‘batlantirish tariqasida ilgari berilgan intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu mukofot amaldagi moddiy rag‘batlantirish tizimi va mukofotlash turlariga qo‘shimcha hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining ichki ishlar bo‘limlari tomonidan biriktirilgan hududlarda xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilardan iborat bo‘lgan patrul guruhlarining har kunlik faoliyati natijalarining hisoboti yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har kuni smena yakunlanganidan so‘ng patrul guruhlarining ish natijalari ham har bir guruh, ham guruhning har bir a’zosi bo‘yicha alohida tahlil qilinadi. Tahlil natijalari bo‘yicha guruhning ijobiy ish natijalari (bevosita oldi olingan, aniqlangan, fosh etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, ushlangan tergov yoki suddan yashirinib yurgan shaxslar soni va boshqa natijalar), faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (ushbu guruh xizmatni o‘tashi vaqtida patrullik hududidagi ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida ro‘yxatdan o‘tgan va fosh etilmagan jinoyatlar soni) haqida tegishli yozuvlar va qaydlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har oyda hisobot oyi tugashidan uch kun oldin ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan har bir guruhning ish faoliyati umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guruh faoliyatini baholash uning natijalarini mezon ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash, ballar qo‘yish, ularni qo‘shish va jarima ballarini olib tashlash, mukofot miqdorining lavozim maoshiga nisbatan foizini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Baholash yakunlariga ko‘ra, ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i mukofotga taqdim etilgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga ularning bevosita komandirlari bilan kelishilgan holda xulosalar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada mukofotga taqdim etilgan xodimlar yoki harbiy xizmatchilar tomonidan bajarilgan ishlarning bahosi va mukofotlash uchun asoslar (ball miqdori) aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosalar xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotlash haqidagi buyruqlar loyihalariga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kelishilgan xulosalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar uchun — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar uchun — mukofot berish masalasini harbiy qism qo‘mondonligi vakolati doirasida hal etish uchun Milliy gvardiyaning tegishli bo‘linmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mukofot miqdorlari asoslangan bo‘lishi lozim va baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mukofotni to‘lash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Faoliyati natijalari bo‘yicha xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotlash tegishlicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i va Milliy gvardiyaning tegishli harbiy qismlari qo‘mondonligining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mukofotga taqdim etish to‘g‘risidagi buyruq matnida har bir xodim yoki harbiy xizmatchini mukofotlashning asosi (ball miqdori) hamda mukofotning aniq miqdori ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq shaxsiy tarkibga e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Moliyalashtirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining moddiy rag‘batlantirish maxsus fondlarining mablag‘lari, ularning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mukofotni to‘lashni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ballarni asosli va xolisona belgilash uchun javobgarlik xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotga taqdim etish haqida xulosa kiritadigan ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining ichki ishlar bo‘limlari boshliqlariga, mukofot to‘lanishi uchun javobgarlik esa — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining boshlig‘i va Milliy gvardiyaning harbiy qismlari komandirlariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya saf bo‘linmalari xodimlari va Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilari faoliyatini baholashning asosiy mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Ballar

1.

Jinoyatni shaxsan fosh etish:

-

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan*

+

6

-

uncha og‘ir bo‘lmagan*

+

9

-

og‘ir*

+

12

-

o‘ta og‘ir*

+

15

2.

Jinoyat fosh etilishida bevosita ishtirok etish:

-

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan

+

2

-

uncha og‘ir bo‘lmagan

+

3

-

og‘ir

+

4

-

o‘ta og‘ir

+

5

3.

Shaxsan aniqlangan shaxslar:

-

bedarak yo‘qolgan

+

6

-

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni va/yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

9

-

og‘ir va/yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

12

4.

Shaxslarni aniqlash va ushlashda bevosita ishtirok etish:

-

bedarak yo‘qolgan

+

2

-

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni va/yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

3

-

og‘ir va/yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

5

5.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan, alkogolli ichimlikdan yoki giyohvandlik ta’sirida kuchli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga, tibbiy yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya punktlariga, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga olib kelish

+

1

6.

Tegishli bo‘linmalarga va/yoki organlarga taqdim etilib, jinoyatlarning oldini olish va/yoki fosh etish, tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan shaxslarni ushlashga yordam bergan tezkor axborotning tasdiqlanishi

+

3

7.

Ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlash va bartaraf etish

+

1

8.

Xizmatni o‘tash mobaynida xizmat vazifalarini benuqson bajarganligi uchun korxonalar, tashkilotlar va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, shuningdek, fuqarolardan minnatdorlik xatlari bilan taqdirlanganlar

+

2

9.

Hisobot davrida biriktirilgan patrullik hududida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat tartibini buzish holatlarining mavjud emasligi

+

40

10.

Odamlar hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf soluvchi yong‘inlar, tabiiy ofatlar, favqulodda va boshqa vaziyatlarda odamlarni qutqarish

+

50

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasiga muvofiq jinoyatlarning tasniflanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ballar har bir holat bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlarni qutqarishda jasorat ko‘rsatish ko‘rinishidagi alohida xizmatlar rag‘batlantirish bilan birga davlat mukofotlariga taqdim etish uchun asos bo‘lishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ballarni olish uchun asoslar

1.

Patrullik hududidagi ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida sodir etilishiga yo‘l qo‘yish:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat

5

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat

10

og‘ir jinoyat

15

o‘ta og‘ir jinoyat

20

2.

To‘liq bo‘lmagan ekipirovka bilan xizmatga chiqish

20

3.

Xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzish

100

4.

Xizmat olib borishda hushyorlikni yo‘qotish

15

5.

Uzrli sabablarsiz patrullik hududidan chetga chiqish

35

6.

Xizmat olib borish vaqtida uxlash

40

7.

Naryadlarni tekshirishga vakolatli mansabdor shaxslardan yozma tanbeh olish, shu jumladan, ularga nisbatan nomunosib munosabatda bo‘lish

10

8.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish

10

9.

Formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalarini buzish

10

10.

Asossiz sabablarsiz hodisa sodir bo‘lgan yoki signal berilgan joyga o‘z vaqtida yetib bormaslik

50

11.

Naryadlarning g‘ayriqonuniy harakatlari yoki hurmatsizlarcha munosabatda bo‘lganligi, xizmat odob-axloqi qoidalarini buzganligi haqida fuqarolar murojaatlarida ko‘rsatilgan holatlarning xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha tasdiqlanishi

45

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ballar har bir holat bo‘yicha olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ballarni olishga sabab bo‘lgan holatlar bir vaqtning o‘zida qilmishning og‘irligi va vaziyatdan kelib chiqqan holda intizomiy jazoga tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ballar yig‘indisi

Mukofot miqdorining lavozim maoshiga nisbatan foizi

55 — 65 ball

10 %

66 — 75 ball

20 %

76 — 85 ball

30 %

86 — 95 ball

40 %

96 ball va undan yuqori

50 %

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir martalik pul mukofoti to‘lash to‘g‘risidagi buyruqni tayyorlash jarayoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/697/1817-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.09.2022-y., 09/22/521/0845-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)