26.08.2018 yildagi PQ-3920-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniy va ma’naviy merosni saqlash hamda ko‘paytirish, xalqimizni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu sohada madaniyat va san’atni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud. Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, metsenatlar va homiylar yordamini jalb qilishni rag‘batlantiradigan samarali huquqiy mexanizmlarning yo‘qligi respublika madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini, eng avvalo, muqobil manbalar hisobidan munosib tarzda moliyalashtirishni ta’minlash imkonini bermayapti, bu esa budjet mablag‘lariga haddan ortiq qaramlikni keltirib chiqarmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, xodimlarning kasbga tayyorgarlik darajasi hamda madaniyat va san’at muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning mahalliy tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun jalb etuvchanligini pasaytirmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, mahalliy madaniyat va san’at muassasalarining jahon madaniy makoniga puxta integratsiya qilinmaganligi mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishda va mintaqaning madaniy markazi sifatidagi maqomini mustahkamlashda mavjud boy madaniy-tarixiy merosdan hamda madaniyat va san’atning zamonaviy yo‘nalishlaridan to‘liq foydalanish imkonini bermayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, madaniy meros obyektlari, respublikaning muzey, arxiv, kutubxona va boshqa jamg‘armalari butligini ta’minlashga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti, bu esa mamlakat madaniy-tarixiy merosini saqlash va ommalashtirishga kompleks yondashish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishni ta’minlash, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholining ularga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi Muzeylar renovatsiya dasturini (keyingi o‘rinlarda — Renovatsiya dasturi) eksperiment tarzida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar budjetining kamida 30 foizini tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobidan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali, shuningdek, muzeylar budjetining kamida 15 foizini xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi o‘zini o‘zi ta’minlash prinsipiga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarning interaktivligini oshirish, shu jumladan, “smart”-texnologiyalarni (axborot do‘konchalari, 3-D vizualizatsiya va gologramma, QR-kodlar, chet tillaridagi elektron gidlar va hokazolarni) joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, eng avvalo, yosh avlod uchun mo‘ljallangan, Internet tarmog‘idan foydalangan holda, muzeylarning faoliyatiga innovatsion axborot texnologiyalari keng joriy etish va muzey eksponatlarining raqamli shakllarini yaratish orqali muzey eksponatlarini ko‘rish imkonini beradigan infratuzilmani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiq muzeylarning rahbar lavozimlariga ochiq tanlov asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosini ommalashtirish va tanitish maqsadida muzeylarning ijtimoiy makonga to‘liq integratsiyalashuvini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda imkoniyatlari cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish va qulaylik yaratishning inklyuziv uslublaridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda akademik tadqiqotlarni, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish orqali mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Renovatsiya dasturi O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida (Toshkent shahri), I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Renovatsiya dasturi Jamg‘arma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va metsenatlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori zimmasiga Renovatsiya dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va san’at muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifat darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va san’at muassasalari xodimlari malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Renovatsiya dasturini, “Yo‘l xaritasi”ni hamda respublikaning madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamg‘armaga lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishdan tushadigan daromadlar Jamg‘armaning ixtiyorida qoladi va ulardan ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereya chiptalarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlarni to‘lash Jamg‘arma bilan tuzilgan agentlik bitimlari asosida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereya chiptalari reklamasi ijtimoiy reklama axboroti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘armaning xarajatlar smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin, unda lotereya tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan, zarur tiraj uskunasini xarid qilish va lotereyalarni uyushtiruvchilarga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Lotereya tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologiyalar va asbob-uskunalarni belgilangan tartibda tuziladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda Jamg‘arma 2021-yil 1-sentabrgacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilsin (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlar mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jamg‘arma va boshqa manfaatdor idoralar, shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin. Qonun loyihasida boshqalar qatorida quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va san’at muassasalariga, shu jumladan, jismoniy shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi metsenatlar va homiylarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish uchun huquqiy asoslar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq imtiyozlari (chegirmalar) olish huquqini saqlab qolgan holda madaniyat va san’at muassasalarini qo‘llab-quvvatlash shakllarini va uslublarini kengaytirish (muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, mol-mulk huquqini berish va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va san’at muassasalarini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy uslublarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metsenatlik va homiylik yordamini olayotganlarning hisob berish tizimini, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jamg‘arma, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda — CHOYAET) joriy etish va uning ishlash tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHOYAETga ulangan respublika madaniyat va san’at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron chiptalarni chipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron chiptalarni, shu jumladan, chipta tarqatuvchi yuridik shaxslar tomonidan vositachilik shartnomalari asosida erkin muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish uchun huquqiy asoslar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron chiptalar rekvizitlariga, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalarining elektron chiptalarni muomalaga chiqarish, hisobga olish va tasdiqlash uchun foydalanadigan moddiy-texnik bazasiga eng kam talablarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHOYAET doirasida chiptalarni realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarni himoya qilishga, chiptalarni keyinchalik balandroq narxda qayta sotish uchun yoppasiga sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir choralarga eng kam talablarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHOYAET doirasida chiptalarni sotishdan tushgan tushumdan CHOYAETni saqlash, shuningdek, Renovatsiya dasturida va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga yuboriladigan yig‘im joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3920-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 ― 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishninghuquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Ilg‘or xorijiy tajribani va xalqaro standartlarni e’tiborga olgan holda, madaniyat va san’at sohasida metsenatlik va homiylik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish, bunda, boshqalar bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutish:

madaniyat va san’at muassasalariga yordam ko‘rsatayotgan metsenatlar va homiylarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish;

soliq imtiyozlari (chegirmalari)ni olish huquqini saqlab qolgan holda madaniyat va san’at muassasalariga yordam ko‘rsatish (muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, mulkiy huquqlarni topshirish) shakl va usullarini kengaytirish;

madaniyat va san’at muassasalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zamonaviy usullarini joriy etish;

metsenatlar va homiylardan madad oluvchilarning hisobot berishi, shuningdek, undan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasining “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi

2018-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
SSP (A. Ikramov),
DSQ (B. Musayev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda madaniyat va san’at muassasalarida shaffoflik tamoyilini hisobga olib Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va tatbiq etish.

Hukumat qarori loyihasi

2019-yil II chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

O‘z faoliyatlarini moliyalashtirishning muqobil manbalarini jalb qilish maqsadida muvaffaqiyatli biznes vakillari va boshqa salohiyatli metsenetlar hamda homiylardan tuziladigan madaniyat va san’at muassasalari huzuridagi Vasiylik kengashlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish.

Hukumat qarori loyihasi

2019-yil II chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Madaniyat va san’at muassasalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadli kapitali va maqsadli kapital jamg‘armalari (endaumentlar) holidagi innovatsion shakllarini joriy etish uchun huquqiy asoslarni yaratish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil III chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
SSP (A. Ikramov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Respublika madaniyat va san’at muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati darajasini oshirish

5.

O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyida (Toshkent shahri), I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyida (Nukus shahri) va Oybek uy-muzeyida (Toshkent shahri) Muzeylar renovatsiya dasturini eksperiment tarzida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hukumat qarori loyihasi

2019-yil III chorak

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
(S. Gafurova),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda eng yaxshi jahon amaliyoti tajribasiga mos keladigan va Internet tarmog‘idagi katalogdan ochiq foydalaniladigan, sanksiyasiz o‘zgartirishlar kiritishdan himoya qilishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondi elektron katalogini yaratishning zamonaviy tizimini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil III chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
TIV (B. Asadov),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Xolmurodov),
mahalliy va xorijiy metsenatlar va homiylar

7.

Madaniyat va san’at sohasidagi xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy muassasalarning mutaxassislarini jalb etgan holda innovatsion menejment, zamonaviy marketing texnologiyalarini ishlab chiqish hamda madaniyat va san’at muassasalari faoliyatiga, jumladan autsorsing shartlari asosida joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
TIV (B. Asadov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

8.

Respublikaning yirik muzeylari huzurida mavjud arxiv materiallari negizida jamoatchilik uchun ochiq kutubxonalar tarmog‘ini shakllantirish, ularning fondini muntazam to‘ldirib borish.

Muzeylar huzurida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida, shu jumladan bolalar uchun mavzular bo‘yicha ko‘ngilochar markazlar va dam olish joylarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil I chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

Madaniyat va san’at muassasalari hamda ulardagi madaniy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni madaniyat va san’at muassasalariga tashrif buyurish hamda “on-layn” yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishga elektron chiptalar sotish joylashtirish marshrutizator opsiyalari bilan interaktiv xarita ko‘rinishida nazarda tutilgan Internet tarmog‘ida axborot resursini yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil II chorak

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

10.

Axborot resursida madaniyat va san’at muassasalari, shuningdek, ulardagi madaniy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish, madaniyat va san’at muassasalariga tashrif buyurish hamda “on-layn” yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanish uchun elektron chiptalarni sotish imkoniyatini ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

doimiy asosda

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Umarov),
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (B. Xakimov),
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (F. Sagdullayev)

11.

Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida ommalashtirish va targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyati va san’atining asosiy obyektlari bo‘yicha Google Cultural Institute bilan hamkorlikda 3D-turlarni ishlab chiqish.

Tegishli shartnomalar tuzish

2020-yil II chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
TIV (B. Asadov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

12.

Respublika muzeylarida imkoniyati cheklangan shaxslar, maktabgacha yoshdagi bolalar, keksalar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar foydalana olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida inklyuzivlik dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil III chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev)

13.

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy mamlakatlarning ko‘rgazma loyihalarini tashkil etishda ularning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlashga davlat kafolatlarini berishning huquqiy mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
TIV (B. Asadov)

14.

Toshkent shahrida zamonaviy san’at markazini tashkil etish orqali hozirgi zamon san’atini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-2020-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Toshkent shahar hokimligi

III. Madaniyat va san’at muassasalari xodimlarining malakasini oshirish

15.

Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan kurslar va xorijiy tajriba almashish dasturini shakllantirish orqali madaniyat va san’at sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

doimiy,
tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
TIV(B. Asadov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Umarov),
Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
MTRK (A. Xodjayev)

16.

Madaniyat va san’at sohasida mamlakat nufuzini oshirishda, shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun metsenatlar va homiylarning mablag‘larini jalb etishda O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari rolini kuchaytirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018 ― 2020-yillar

TIV(B. Asadov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Umarov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

17.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Badiiy ekspertiza boshqarmasi faoliyatini zamonaviy maxsus uskunalar bilan ta’minlash hamda mutaxassislarining malakasini oshirish yo‘li orqali takomillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2020-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),
Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

18.

Zamonaviy talablarni e’tiborga olgan holda maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tizimida musiqiy san’atlarni o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2019-yil II chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
(S. Gafurova),
XTV (Sh. Shermatov),
MTV (A. Shin)

19.

Madaniyat va san’at muassasalari xodimlarini, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarini chet ellarda o‘qitishi va stajirovkadan o‘tishlarini tashkillashtirish uchun Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maqsadli grantlar ajratish dasturlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
TIV (B. Asadov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

20.

Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Davlat san’at va madaniyat institutida madaniyat va san’at sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash fakultetini, shuningdek, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Kreativ industriyani boshqarish” bo‘yicha magistratura yo‘nalishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
TIV (B. Asadov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2018-y., 07/18/3920/1799-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)