Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.09.2010 19.02.1996 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.09.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SPORT MAKTABLARI VA OʻQUV YuRTLARI XODIMLARINING MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI MUVOFIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport maktablari va oʻquv yurtlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sport maktablari va oʻquv yurtlari rahbarlari, sport boʻyicha trener oʻqituvchilarining, shuningdek, instruktor-metodistlarining mehnatiga haq toʻlashdagi razryadlari va qoʻshimcha haqlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi qaytadan qoʻrib chiqilgan razryadlar asosida mehnatga haq toʻlashni 1996-yil 1-fevraldan amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun budjetdan mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari S. Saidqosimov va B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1996-yil 19-fevraldagi 65-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar-oʻsmirlar sport (sport-texnika) maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya rezervlari maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport-texnika maktablari, olimpiya rezervlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablarining rahbarlari va instruktor-metodistlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RAZRYaDLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlarning nomi‎

Tarif razryadlari‎ Tarif koffitsentlari‎ Tarif stavkalari‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎

‎‎Ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya rezervlari maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport-texnika maktablari, olimpiya rezervlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari

Direktor‎ 13 2,42‎ 968‎
Direktor oʻrinbosari‎ 12‎ 2,32‎ 928‎
Instruktor metodist;‎
— oliy toifali‎ 12‎ 2,32‎ 928‎
— birinchi toifali‎ 11‎ 2,22‎ 888‎
— ikkinchi toifali‎ 10‎ 2,12‎ 848‎
— oliy maʼlumotli‎ 9‎ 2,03‎ 812‎
— oʻrta maxsus maʼlumotli‎ 8‎ 1,94‎ 776‎

‎‎Birinchi guruh, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari

Direktor‎ 12‎ 2,32‎ 928‎
Direktor oʻrinbosari‎ 11‎ 2,22‎ 888‎
Instruktor-metodist;‎
— birinchi toifali‎ 11‎ 2,22‎ 888‎
— ikkinchi toifali‎ 10‎ 2,12‎ 848‎
— oliy maʼlumotli‎ 9‎ 2,03‎ 812‎
— oʻrta maxsus maʼlumotli‎ 8‎ 1,94‎ 776‎

Ikkinchi guruh bolalar-oʻsmirlar sport maktablari‎‎

Direktor‎ 11‎ 2,22‎ 888‎
Direktor oʻrinbosari‎ 10‎ 2,12‎ 848‎
Instruktor-metodist:‎
— birinchi toifali‎ 10‎ 2,12‎ 848‎
— ikkinchi toifali‎ 9‎ 2,03‎ 812‎
— oliy maʼlumotli‎ 8‎ 1,94‎ 776‎
— oʻrta maxsus maʼlumotli‎ 7‎ 1,86‎ 744‎

Uchinchi guruh, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari

Direktor‎ 10‎ 2,12‎ 848‎
Direktor oʻrinbosari‎ 9‎ 2,03‎ 812‎
Instruktor-metodist:‎
— birinchi toifali‎ 9‎ 2,03‎ 812‎
— ikkinch� toifali‎ 8‎ 1,94‎ 776‎
— oliy maʼlumotli‎ 7‎ 1,86‎ 744‎
— oʻrta maxsus maʼlumotli‎ 7‎ 1,86‎ 744‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya rezervlari maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport-texnika maktablarida, olimpiya rezervlari bilim yurtlarida, oliy sport mahorati maktablarida ishlovchi, katta instruktor-metodistlarga tegishli maʼlumoti va malaka toifasi boʻlgan instruktor-metodistning belgilangan stavkasiga oyiga eng kam oylik ish haqining 20 foizi mikdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Direktorlarga, direktor oʻrinbosarlariga, katta instruktor-metodistlar va instruktor-metodistlarga ularning asosiy lavozimi boʻyicha ish vaqtida oʻz maktablarida tegishli maʼlumot va malaka toifasi boʻlgan sport boʻyicha trener-oʻqituvchilarning maoshlari hisobidan haq toʻlanadigan oʻquv mashgʻulotlarini olib borishga ruxsat etiladi. Bunda koʻrsatilgan mashgʻulotlar uchun ish haqi tegishli sport boʻyicha trener-oʻqituvchining 0,5 stavkasidan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 Bolalar-oʻsmirlar sport (sport texnika) maktablarini mehnatga haq toʻlash boʻyicha guruhlarga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi tomonidan belgilangan koʻrsatkichlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎R A Z R Ya D L A R I‎‎

Lavozimlarning nomi‎

Tarif razryadlari‎ Tarif koffitsentlari‎ Tarif stavkalari‎
Sport boʻyicha trener- oʻqituvchilar:
— oliy toifali 12‎ 2,32‎ 928‎
— birinchi toifali 11‎ 2,22‎ 888‎
— ikkinchi toifali 10 2,12 848
— oliy maʼlumotli 9 2,03 812
— oʻrta maxsus maʼlumotli 8 1,94 776
Sport boʻyicha trener-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sport boʻyicha trener-oʻqituvchilarning ish haqi stavkasi, bevosita oʻquv-pedagogika ishlari olib borilganda, haftasiga 24 akademik soat qilib belgilanadi. Mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrilgan, shuningdek, komandalar (sportchilar) bilan musobaqalarda qatnashilgan vaqtlar uchun qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir shugʻullanuvchiga belgilangan normativlar asosida mazkur jadvaldagi ish haqi miqdorlari boʻyicha oʻquv-pedagogika ishlari uchun sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlanishi mumkin. Normativlarning aniq miqdori va ularning qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi tomonidan, tayyorgarlik bosqichlari, shugʻullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi va sport turlariga qarab, belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻrta maxsus maʼlumotli va “Sport ustasi”, “Xalqaro klassdagi sport ustasi” unvonlari boʻlgan sport boʻyicha trener-oʻkituvchilarining ish haqi stavkasi oliy maʼlumotga ega boʻlgan koʻrsatib oʻtilgan xodimlar uchun nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar olimpiya rezervlari maktablarda, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport-texnika maktablarida, olimpiya rezervlari bilim yurtlarida, oliy sport mahorati maktablarida, sportni takomillashtirish guruhlarida va bolalar-oʻsmirlar oliy sport mahorati (sport-texnika) maktablarida ishlovchi sport boʻyicha trener oʻqituvchilarning ish haqi miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bolalar-oʻsmirlar (sport texnika) maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport-texnika maktablarida, olimpiya rezervlari-bilim yurtlarida, oliy sport mahorati maktablarida ishlovchi sport boʻyicha katta trener-oʻqituvchilarga tegishli maʼlumoti va malaka toifasi boʻlgan trener-oʻqituvchining belgilangan stavkasiga oyiga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish xaqiniig 20 foizi miqdorida ustama hak toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoreografiya boʻyicha trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash mazkur qarorda nazarda tutilgan tartibga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga oyiga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.