Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Donni qayta ishlovchi korxonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatdoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori ijrosini taʼminlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb ataladi), ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻzlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruxsat berilsin.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilinadigan un miqdori ular tomonidan import qilingan don miqdorining 75 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
2020-yilning 1-yanvariga qadar ilovadagi roʻyxatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan don mahsulotlari bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzdonmahsulot”AK bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarni hamda non ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning rentabelligini taʼminlash maqsadida un va non narxini shakllantirish tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
684-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi 684-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan don mahsulotlari
roʻyxati
|
T/r |
Mahsulotlar nomi |
TIF TN kodi |
|
1. |
Qattiq urugʻlik bugʻdoy |
1001110000 |
|
2. |
Urugʻlik bugʻdoy, qattiq bugʻdoydan tashqari |
100191 |
|
3. |
Oziqa yoki nooziqa qattiq bugʻdoy |
1001190000 |
|
4. |
Oziqa yoki nooziqa bugʻdoy, qattiq bugʻdoydan tashqari |
1001990000 |
|
5. |
Qayta ishlanmagan arpa |
1003900000 |
|
6. |
Makkajoʻxori, shirinidan tashqari |
1005900000 |
|
7. |
Qayta ishlanmagan tariq |
1008290000 |
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: 1 — 4 pozitsiyalarda koʻrsatilgan mahsulotlar importida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga tatbiq qilinmaydi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan izoh bilan toʻldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/684/1796-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)