Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasida turizm xizmatlari (safarlar) eksporti va importi hajmlari hisob-kitobini yanada takomillashtirish va tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartirishlar 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari server asbob-uskunalari modernizatsiya qilingandan keyin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 2021-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan tartibda, ushbu qaror bilan kiritiladigan qoʻshimchalarni hisobga olgan holda kamida 24 soat davrga Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan xorijiy fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida taqqoslanadigan dinamikada turizm xizmatlari (safarlar) eksporti va importi koʻrsatkichlari shakllantirilishini taʼminlasin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-avgust,
682-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/682/1794-son)