17.08.2018 yildagi 674-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik asosida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha sharoitlar tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son qaroriga muvofiq hamda sog‘liqni saqlash tarmog‘iga ajratiladigan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, laboratoriya diagnostikasi sohasiga eng yangi texnologiyalarni jalb etish yo‘li bilan aholini sifatli laboratoriya-diagnostika xizmatlari bilan ta’minlash, laboratoriya axborotlari tizimini joriy etish, laboratoriya tadqiqotlari sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona klinika-diagnostika laboratoriyasi” boshqaruv kompaniyasi” MChJ (keyingi o‘rinlarda “YaKDL” UK MChJ deb ataladi) tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik konsession modeli bo‘yicha markazlashtirilgan laboratoriya xizmati loyihasi ana shunday loyihalardan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahrida tajriba tariqasidagi markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish to‘g‘risida “YaKDL” UK MChJ bilan, istisno tarzida, bevosita muzokaralar asosida konsession shartnoma tuzish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining tibbiyot tashkilotlari markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi xizmatlari bilan qamrab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, loyiha natijalariga ko‘ra markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi xizmatlari respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uzoq muddatda (15 yilgacha) egalik qilish va foydalanish maqsadida konsessionerga berish uchun obyektlarni bir oy muddatda, belgilangan tartibda tanlab olishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi hamda konsessioner bilan birgalikda quyidagilarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va konsession shartnoma loyihasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya tadqiqotlarini bosqichma-bosqich markazlashtirishda qatnashuvchi tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot tashkilotlarini markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi xizmatlari bilan qamrab olish har bir bosqichining aniq muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari va har bir tadqiqot turi bo‘yicha bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsessioner xizmatining eng yuqori qiymatini aniqlash maqsadida har bir tadqiqot turi bo‘yicha laboratoriya diagnostikasi xizmatining eng yuqori qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasiga, shuningdek, laboratoriya jihozlari spetsifikatsiyasiga qo‘yiladigan texnik talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda, konsessioner tomonidan shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini uchinchi shaxslarga bera olish huquqiga ega bo‘lgan holda “YaKDL” UK MChJ bilan konsession shartnoma tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
674-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 09/18/674/1779-son)