1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada pillachilik tarmogʻidagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada pillachilik tarmogʻini rivojlantirish, intensiv tutzorlar barpo etish, pillachilik tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga ipak mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda mavjud tutzorlarni bosqichma-bosqich taʼmirlash, ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlarni qurish, fermer xoʻjaliklarining dala chetlariga tut koʻchatlari ekishni koʻpaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni yanada jadal davom ettirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pillachilik tarmogʻi korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ni pilla boqish ishlariga kasanachilik asosida jalb etish va ularni ragʻbatlantirish hisobiga qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2856-son qarorining bajarilishi boʻyicha quyidagilar amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, mavjud 43,4 ming gektar tutzorlar va 44 mln. tup yakka tut qatorlari uyushma tizimidagi korxonalarga biriktirib berilganligi va yangidan 2 270 gektar tut plantatsiyasi, shundan 400 gektar maydonda intensiv tutzorlar barpo etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, 2018-yilda 18 ming tonna pilla yetishtirilishi (2017-yilga nisbatan 144,0 foiz) va 60 mln. AQSH dollardan ortiq ipak mahsulotlarini eksportga chiqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, pillachilik tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish hisobiga 2018-yilda 50 mln. AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritilishi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.13.00 Mavsumiy ishlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, pillachilik sohasida 14 ming 452 ta doimiy va 410 ming 793 ta mavsumiy ish oʻrinlari tashkil etilganligi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, pillachilik sohasida Xitoy, Eron, Vyetnam, Hindiston, Koreya, Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Bolgariya, AQSH, Singapur, Pokiston va Qirgʻiziston davlatlari bilan xalqaro hamkorlik oʻrnatilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmogʻida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida fermer xoʻjaliklari yer uchastkalarining dala chetlarida tut koʻchatlari ekishni jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika hududlarida qishloq aholisini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ularning daromadlarini oshirish maqsadida pillachilik tarmogʻi tashkilotlari tomonidan tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga 50 boshdan 90 kunlik parranda va tut koʻchatlarini shartnoma asosida bepul yetkazib berish toʻgʻrisidagi takliflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining uyushma huzurida “Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish oʻquv-ishlab chiqarish markazi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati hokimligining pillachilik tarmogʻi tashkilotlari tomonidan 2019-2020-yillarda jami 3000 gektar, shu jumladan, Chortoq tumanida 1000 gektar, Toʻraqoʻrgʻon tumanida 500 gektar, Chust tumanida 500 gektar, Namangan tumanida 400 gektar, Kosonsoy tumanida 300 gektar va Yangiqoʻrgʻon tumanida 300 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligining pillachilik tarmogʻi tashkilotlari tomonidan 2019-yilda jami 1000 gektar, shu jumladan, Shoʻrchi tumanida 150 gektar, Denov tumanida 50 gektar, Uzun tumanida 400 gektar (jumladan Bobotogʻ massivida 250 gektar), Sariosiyo tumanida 50 gektar, Qumqoʻrgʻon tumanida 200 gektar va Oltinsoy tumanida 150 gektar maydonda yangi tutzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik tarmogʻida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, shu jumladan tutzorlarni kengaytirish, tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ning qoʻshimcha daromadlarini oshirish va ish oʻrinlari tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pillachilik tarmogʻi korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi tutzorlar barpo etish va ular negizida ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha daromad olishni koʻpaytirish maqsadida tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari) bilan tut koʻchati ekish, pilla yetishtirish, parranda boqish boʻyicha shartnomalar tuzishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut koʻchatlari, asbob-uskunalar va 50 boshdan 90 kunlik parrandalarni shartnoma asosida bepul yetkazib berish hamda shartnomalarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa yer egalari (aholi xonadonlari)ga tut koʻchatlari, asbob-uskunalar va parrandalar yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish va uni qoplash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pillachilik sohasida doimiy va mavsumiy ish bilan band boʻlganlar sonini uch yilda bir million kishiga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzuridagi Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish oʻquv-ishlab chiqarish markazi bilan shartnoma asosida uy sharoitida pilla xom ashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band boʻlgan shaxslarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan toʻliq bir mavsum ishlangan davrlarini ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida pilla xom ashyosini qayta ishlash, xom ipak va tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan band boʻlgan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etilayotgan Ipakchilik sohasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish oʻquv-ishlab chiqarish markazi aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmonining 3, 12, 13 va 16-bandlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pilla yetishtirishda foydalaniladigan sunʼiy dasta va boshqa zarur jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida polietilen xom ashyosi 2018-yil 1-sentabrdan boshlab dastlabki uch yil davomida “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga polietilen ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ulgurji sotish narxlarida sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida pillachilik sohasidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish qatʼiy tartibda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Innovatsion gʻoyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini pilla yetishtirish va uni qayta ishlash tarmogʻiga yoʻnaltirish samaradorligini oshirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng koʻlamda jalb etish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisining Qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi buyurtmanomasiga binoan, pillachilik tarmogʻini rivojlantirishni targʻib etuvchi tashqi reklamalarni markaziy koʻchalar, aholi gavjum joylarga hamda yoʻl boʻylaridagi maxsus joylarda belgilangan tartibda begʻaraz joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3910-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining pillachilik tarmogʻida amalga oshiriladigan yangi loyihalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
T/r
Investitsiya loyihalari nomi
Loyiha amalga oshiriladigan hudud
Loyihaning umumiy qiymati (mln. AQSH dollari)
Tashkil etiladigan ish oʻrinlari, nafar
doimiy
mavsumiy
Pillani qayta ishlash boʻyicha
1.
1.
Xom ipak, ipak momigʻi va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ellikqalʼa tumani
5,0
175
5000
2.
2.
Tut bargidan shifobaxsh tut choyi ishlab chiqarishni tashkil etish
Buxoro viloyati
Gʻijduvon tumani
2,0
50
1500
3.
3.
Pillachilik tarmogʻida toʻliq ishlab chiqarish zanjiriga ega yirik sanoat parkini tashkil etish
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahri
32,0
450
8000
4.
4.
Xom ipak, ipak momigʻi va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Namangan viloyati
Chortoq tumani
5,0
186
7000
5.
5.
Xom ipak, ipak momigʻi va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Namangan viloyati
Namangan tumani
5,0
280
7000
6.
6.
Xom ipak, ipak momigʻi va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Namangan viloyati
Toʻraqoʻrgʻon tumani
5,0
280
7000
7.
7.
Xom ipak, ipak momigʻi va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Surxondaryo viloyati
Denov tumani
5,0
175
7500
Jami
59,0
1596
43000
Ipak qurti urugʻi ishlab chiqarish boʻyicha
8.
1.
Ipak qurti urugʻi ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Namangan viloyati
Chortoq tumani
2,0
50
250
9.
2.
Ipak qurti urugʻi ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Navoiy viloyati
Karmana tumani
2,0
65
300
10.
3.
Ipak qurti urugʻi ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Qashqadaryo viloyati
Shahrisabz tumani
2,0
50
250
11.
4.
Ipak qurti urugʻi ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
2,0
50
250
Jami
8,0
215
1050
Ipakchilik tarmogʻida turizmni rivojlantirish boʻyicha
12.
1.
Turizmni rivojlantirish maqsadida hunarmandlar etnik qishloqchasini tashkil etish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarorining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva (1)**” bloki “Nauchno-issledovatelskiy institut shelkovodstva” bloki bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish