16.08.2018 yildagi 668-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini (keyingi oʻrinlarda rahbarlar deb ataladi) moddiy ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun rahbarlarning ish samaradorligini baholash boʻyicha har yili tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tanlov gʻoliblari reytingi har yili 1-maygacha ommaviy axborot vositalarida chop etilishini va ularga tegishli sertifikatlar hamda pul mukofotlari topshirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiyalarni jalb qilganlik, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirganlik, shuningdek, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaganlik uchun”;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tanlov gʻoliblariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira fondi mablagʻlari yoki mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir nominatsiyada bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-noyabrigacha boʻlgan muddatda har bir nominatsiyada tanlov gʻoliblari sertifikatlarining eskizlarini belgilangan tartibda tayyorlasin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida tanlov ishtirokchilari, gʻoliblari va uni oʻtkazish shartlari toʻgʻrisidagi axborot materiallarini joylashtirish tavsiya etilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
668-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 668-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda rahbarlar deb ataladi) ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlovni (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov rahbarlar reytingini aniqlash va investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish, shuningdek, ushbu nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda ularning manfaatdorligini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov har yili oʻtkaziladi. Kalendar yili tanlovni oʻtkazish uchun hisobot davri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiyalarni jalb qilganlik, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirganlik, shuningdek, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaganlik uchun” nominatsiyalarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlovda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari rahbarlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyasining direktorlari ishtirok etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tanlovni tashkil etish boʻyicha masʼul hisoblanadi).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik har yili 10-martgacha yetti aʼzodan iborat tarkibda tanlovni oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasini (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli kompleksining rahbari tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tarkibiga, odatda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari kiritiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya uning majlislarida Komissiya aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etganda qarorlar qabul qilish huquqiga ega boʻladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etadigan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlgan holatlarda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlikning Investitsiya muhitini rivojlantirish boshqarmasi komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiyaning ish tartibi Komissiya tasdiqlaydigan reglament bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20-martgacha Vazirlikka har bir nominatsiyada bittadan daʼvogar tanlovda ishtirok etishi uchun quyidagi hujjatlar ilova qilingan taqdimnomalar kiritadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarni faol jalb qilish va oʻzlashtirish sohasidagi faoliyat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining viloyatlar boshqarmalari tasdiqlaydigan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomenantning investitsiya muhitini yaxshilashga doir tashabbuslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davri va oʻtgan yilning shu davri uchun xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishchi organ yigirma kunlik muddatda tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni komplekslilik va ishonchlilik boʻyicha oʻrganadi va uning natijalarini Komissiyaga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Daʼvogarlar taqdim etgan hujjatlarni Komissiya 25-aprelgacha boʻlgan muddatda faoliyatning har bir koʻrsatkichi boʻyicha toʻplangan ballar miqdorini Komissiya tomonidan belgilanadigan mezonlarga muvofiq jamlash orqali koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya har bir nominatsiyada toʻplangan ballar soni boʻyicha birinchi oʻrinlarni egallagan gʻoliblarni (keyingi oʻrinlarda tanlov gʻoliblari deb ataladi) aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov yakunlari Komissiya protokoli bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov gʻoliblariga har yili 1-maydan kechiktirmasdan sertifikatlar va pul mukofotlari topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mukofoti miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira fondi mablagʻlari yoki mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir nominatsiyada eng kam ish haqining 100 baravari miqdorini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlovda ishtirok etgan barcha daʼvogarlarga Vazirlikning minnatdorlik maktubi topshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlovda ishtirok etish uchun berilgan materiallar qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlikka har bir nominatsiyada bittadan daʼvogar tanlovda ishtirok etishi uchun zarur axborot ilova qilingan taqdimnomalarni kiritish

har yili 20-martga qadar


2-bosqich

Ishchi organ

(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlikning Investitsiya muhitini rivojlantirish boshqarmasi)

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni komplekslik va ishonchlilik boʻyicha oʻrganish

yigirma kun muddatda


3-bosqich

Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi

Daʼvogarlarning taqdim etilgan hujjatlarini koʻrib chiqish va har bir nominatsiyada gʻoliblarni aniqlash

25-aprelgacha


4-bosqich

Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi

Gʻoliblarga sertifikatlar va pul mukofotlarini topshiri

1-maygacha

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/668/1771-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)