16.08.2018 yildagi PQ-3909-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasi bolalarining hayot sifatini yaxshilash, ularning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish, bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish hamda imkoniyatlari cheklangan bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha tajriba loyihani (keyingi oʻrinlarda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasa deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yoʻnalishi etib jismoniy yoki aqliy rivojlanishida turli buzilishlar boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim olishida, ularning kognitiv imkoniyatlariga muvofiq, reabilitatsiya qilish va sogʻligʻini yaxshilashda maqsadli kompleks-yoʻnaltirilgan yordam koʻrsatishni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasasining Vasiylik kengashini (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan muassasaga koʻmaklashish Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, imkoniyatlari cheklangan bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan muassasa faoliyatini jadal rivojlantirishni taʼminlash uchun texnik koʻmak (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar uchun turli madaniy va xayriya tadbirlari (konsertlar, respublikaning madaniy-tarixiy joylariga sayohatlar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va sanʼat sohasining taniqli namoyandalari bilan uchrashuvlar va h.k.), tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan muassasaning mablagʻlarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan muassasa faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish, shu jumladan, xodimlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va ularning mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek, malaka oshirishini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va reabilitatsiyaning ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari kontingentining intellektual rivojlanishida ijobiy dinamikani ragʻbatlantirishga imkon beruvchi zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan muassasaning ustavi tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan muassasaning tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Nukus shahridagi “Nur” mahalla fuqarolar yigʻini hududida obyekt qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120 oʻringa moʻljallangan ixtisoslashtirilgan muassasaning binolari va inshootlari kompleksini (keyingi oʻrinlarda — obyekt deb yuritiladi) qurish va jihozlash homiylarning begʻaraz yordami mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishni yakunlash va obyektni 2018-yil 1-dekabrda foydalanishga topshirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyekt qurilishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti — “SDS Proekt” masʼuliyati cheklangan jamiyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudrat tashkiloti etib — “Yuksak parvoz qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh loyiha va pudrat tashkilotlariga istisno tariqasida qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni qurish doirasida sementning markazlashtirilgan manbalari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar uchun moʻljallangan hajmlar hisobiga qatʼiy belgilangan narx boʻyicha ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda obyektni tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish materiallari (metall prokati, armatura, shveller, ugolnik, gʻisht, muayyan shaklli toʻshama va boshqalar) bilan zarur hajmlarda oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi loyiha doirasida tegishliligi boʻyicha muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini koʻchirish va ulashni oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, olib boruvchi yoʻllar qurilishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh pudrat tashkiloti vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartib-taomillaridan, shuningdek, obyektni qurish va jihozlash uchun foydalaniladigan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan uskuna, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar, asboblar va maxsus transport vositalari 2019-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini va loyiha tashkiloti tomonidan zarur mualliflik nazorati oʻrnatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda obyekt boʻyicha qurilish-montaj va maxsus ishlarni bajarishga zarur ruxsatnomalarning oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdan tushadigan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya mablagʻlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2018-yilda ijtimoiy soha uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ixtisoslashtirilgan muassasani taʼminlab turish uchun zarur budjet mablagʻlarining ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ obyektni qurish va jihozlash doirasida olib kelinadigan transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ularni respublika aeroportlari va temir yoʻl stansiyalarida boʻlgan butun davri mobaynida yuklarga ishlov berish va saqlash uchun toʻlov undirilmagan holda yuklash-tushirish ishlarining olib borilishini va omborlarga joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmalari boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3909-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-avgustdagi PQ-3909-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasasi Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.A. Abuxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

A.Q. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

K.R. Sariyev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

K.G. Ten

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Bosh boshqarmasi boshligʻi

Sh.Sh. Mirziyoyeva

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

Sh.O. Nurmatova

Qurbonov nomidagi respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi bosh vrachi

D.I. Axmedova

Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi direktori

Grauman Sasha

YUNISEFning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi boshligʻi (kelishuv boʻyicha)

D.A. Nurkeldiyeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakultetining maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, p.f.n., dotsent

M.Yu. Ayupova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakultetining korreksion pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi, p.f.n., professor

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklansin shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.