16.08.2018 yildagi PQ-3909-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolbo‘yi mintaqasi bolalarining hayot sifatini yaxshilash, ularning to‘laqonli hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish, bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish hamda imkoniyatlari cheklangan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish bo‘yicha tajriba loyihani (keyingi o‘rinlarda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasa deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yo‘nalishi etib jismoniy yoki aqliy rivojlanishida turli buzilishlar bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishida, ularning kognitiv imkoniyatlariga muvofiq, reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini yaxshilashda maqsadli kompleks-yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatishni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotining Vasiylik kengashini (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan tashkilotga ko‘maklashish Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, imkoniyatlari cheklangan bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun texnik ko‘mak (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘larini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar uchun turli madaniy va xayriya tadbirlari (konsertlar, respublikaning madaniy-tarixiy joylariga sayohatlar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, madaniyat va san’at sohasining taniqli namoyandalari bilan uchrashuvlar va h.k.), tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tashkilotning mablag‘larini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish, shu jumladan, xodimlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va ularning mehnatini rag‘batlantirish, shuningdek, malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim va reabilitatsiyaning ixtisoslashtirilgan tashkilot tarbiyalanuvchilari kontingentining intellektual rivojlanishida ijobiy dinamikani rag‘batlantirishga imkon beruvchi zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabgacha ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan muassasaning ustavi tasdiqlanishini va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tashkilotning tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Nukus shahridagi “Nur” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obyekt qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120 o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan muassasaning binolari va inshootlari kompleksini (keyingi o‘rinlarda — obyekt deb yuritiladi) qurish va jihozlash homiylarning beg‘araz yordami mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishni yakunlash va obyektni 2018-yil 1-dekabrda foydalanishga topshirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyekt qurilishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti — “SDS Proekt” mas’uliyati cheklangan jamiyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudrat tashkiloti etib — “Yuksak parvoz qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh loyiha va pudrat tashkilotlariga istisno tariqasida qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni qurish doirasida sementning markazlashtirilgan manbalari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar uchun mo‘ljallangan hajmlar hisobiga qat’iy belgilangan narx bo‘yicha ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda obyektni tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish materiallari (metall prokati, armatura, shveller, ugolnik, g‘isht, muayyan shaklli to‘shama va boshqalar) bilan zarur hajmlarda o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi loyiha doirasida tegishliligi bo‘yicha muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish va ulashni o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, olib boruvchi yo‘llar qurilishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh pudrat tashkiloti vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartib-taomillaridan, shuningdek, obyektni qurish va jihozlash uchun foydalaniladigan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan uskuna, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar, asboblar va maxsus transport vositalari 2019-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini va loyiha tashkiloti tomonidan zarur mualliflik nazorati o‘rnatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda obyekt bo‘yicha qurilish-montaj va maxsus ishlarni bajarishga zarur ruxsatnomalarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdan tushadigan pul mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya mablag‘lari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha 2018-yilda ijtimoiy soha uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ixtisoslashtirilgan tashkilotni ta’minlab turish uchun zarur budjet mablag‘larining ajratilishini nazarda tutsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ obyektni qurish va jihozlash doirasida olib kelinadigan transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ularni respublika aeroportlari va temir yo‘l stansiyalarida bo‘lgan butun davri mobaynida yuklarga ishlov berish va saqlash uchun to‘lov undirilmagan holda yuklash-tushirish ishlarining olib borilishini va omborlarga joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmalari bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3909-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-avgustdagi PQ-3909-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkiloti Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.A. Abuxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi

A.V. Shin

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri

A.Q. Shadmanov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

K.R. Sariyev

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

K.G. Ten

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Bosh boshqarmasi boshlig‘i

Sh.Sh. Mirziyoyeva

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Sh.O. Nurmatova

Qurbonov nomidagi respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi bosh vrachi

D.I. Axmedova

Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi direktori

Grauman Sasha

YUNISEFning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi boshlig‘i (kelishuv bo‘yicha)

D.A. Nurkeldiyeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakultetining maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, p.f.n., dotsent

M.Yu. Ayupova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakultetining korreksion pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi, p.f.n., professor

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklansin shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2018-y., 07/18/3909/1763-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)