O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VILOYATLAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-sonli “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-dekabrdan boshlab viloyatlar hokimliklari apparatlari tuzilmasida hokimning industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin, tegishli ravishda industriyani rivojlantirish va iste’mol bozori masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, qurilish, uy-joy va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimlari qisqartirilsin.
Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasida qisqartirilayotgan hokim o‘rinbosarlari kotibiyatlari xodimlari soni hisobiga ilovaga muvofiq tarkibda industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari kotibiyati tashkil etilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 1-ilovaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 24-noyabr,
461-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-noyabrdagi 461-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari kotibiyati
TARKIBI
1. Kotibiyat mudiri
2. Bosh mutaxassis — 2 nafar
3. Yetakchi mutaxassis — 2 nafar
4. Referent — 1 nafar
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 9-10-son, 147-modda; 2004-y., 1-2-son, 11-modda)