Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2019 11.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3052
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrugʻi , 11.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3052
Kuchga kirish sanasi
13.08.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3052]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 3-oktabrdagi 448-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3052-1, 03.10.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor Sh. SADIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 11-iyuldagi 215-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq baholovchilarga toifalar berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan baholovchilarga quyidagi toifalar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlangan baholovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi toifali baholovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toifali baholovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy toifali baholovchi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlangan baholovchi toifasi baholovchiga malaka sertifikati berilayotgan vaqtda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Baholovchilar ikkinchi, birinchi va oliy toifalar olish uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi, shu jumladan biznes bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy toifa — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha kamida 35 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi, shu jumladan biznes bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchilarga toifa berishda qo‘shimcha talablar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan asosiy talablarga javob bergan baholovchilarga Markaz tomonidan ikkinchi, birinchi va oliy toifalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Baholovchi tegishli toifani olish uchun Markazga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat daftarchasidan nusxa (baholovchi tashkilot tomonidan asliga to‘g‘riligi tasdiqlangan bo‘lishi lozim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning nusxalari (baholovchi tashkilot tomonidan asliga to‘g‘riligi tasdiqlangan bo‘lishi lozim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) baholovchi malaka sertifikatining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) toifa olish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hujjatlar baholovchi tomonidan Markazga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi yoki elektron pochta orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar Markazning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun baholovchi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun mobaynida baholovchining hujjatlarini toifa berish maxsus komissiyaga (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) yo‘llash uchun qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Baholovchi tomonidan taqdim etilgan arizaga baholovchini tegishli toifa uchun mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, baholovchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar Markaz tomonidan baholovchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan ariza qaytarilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan yozma xabarnoma baholovchiga ikki ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Arizasi qaytarilgan baholovchi, qaytarish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etganidan so‘ng mazkur Nizomda belgilangan tartibda Markazga qayta murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Baholovchilarga toifa berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Baholovchilarga tegishli toifani berish Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan kamida 5 nafar a’zodan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi Agentlik, Markaz, baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalari vakillaridan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toifa olish uchun talabgor bo‘lgan baholovchi komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin Markaz tomonidan xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishlari o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida komissiya yig‘ilishlari o‘tkazish jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning yig‘ilishlari har ikki oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Komissiya yig‘ilishi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya yig‘ilishlari komissiya tarkibini e’lon qilish va toifa olishga talabgor bo‘lgan baholovchi faoliyati bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya yig‘ilishida talabgor tomonidan tegishli toifani olish uchun taqdim etilgan hujjatlar o‘rganiladi, baholovchi tomonidan turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha tuzilgan baholash hisobotlari tahlil qilinadi va komissiya tomonidan baholovchiga toifa berish yoki toifa berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boholovchi mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, komissiya tomonidan baholovchiga tegishli toifani berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya tomonidan rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya baholovchiga yozma ravishda so‘ralgan toifani berishda rad etilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiyaning qarori baholovchining malaka sertifikatiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya tomonidan baholovchiga toifa berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) baholovchi toifa uchun belgilangan talablarga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) baholovchining toifa uchun belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlaridagi ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya tomonidan qaror baholovchi ishtirokisiz, ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholovchi tomonidan so‘ralgan toifani berish rad etilganda, baholovchi mazkur Nizomga muvofiq hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Baholovchining malaka sertifikatiga o‘zgartirishlar kiritish uchun, baholovchi Markazga malaka sertifikatni qayta rasmiylashtirish haqida ariza beradi, bunda malaka sertifikatini asl nusxasini va komissiya kotibining imzosi bilan tasdiqlangan toifani berish haqidagi komissiyaning qaror nusxasini ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Toifani tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Baholovchiga nisbatan bir necha bor asoslangan shikoyatlar kelib tushgan taqdirda, baholovchiga toifa berilgan kundan boshlab bir yildan so‘ng Markaz toifani tasdiqlash jarayonini amalga oshirishi mumkin, sertifikatlangan baholovchi toifasi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Toifani tasdiqlash jarayoni, baholovchini faoliyati haqida baholovchi tashkilotlardan, jamoat tashkilotlaridan hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan, baholovchini faoliyati natijalari va sifati bo‘yicha, shuningdek uning baholov faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, baholov hisoboti sifatini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilishdan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaz tomonidan baholovchining amaldagi toifasiga muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘diruvchi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, Markaz komissiyaga baholovchini toifasini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida hujjatlarni yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Baholovchini toifasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish, komissiya tomonidan toifani berish yuzasidan baholovchining arizasini ko‘rib chiqish tartibiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Toifasi pasaytirilgan baholovchi, bir yildan so‘ng toifasini tiklash yuzasidan komissiyaga murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiyaning baholovchiga toifa berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan baholovchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya a’zolari baholovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi, O‘zbekiston baholovchilar jamiyati va O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi direktori B. GANIXODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyul

O‘zbekiston baholovchilar jamiyati raisi N. MIRZARAXIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyul
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2018-y., 10/18/3052/1694-son)