09.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2127-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 09.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2127-3
Kuchga kirish sanasi
10.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2127-3]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 7-iyuldagi 53, 2010-32-son “Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2127, 2010-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 263-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-58-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 9-iyuldagi 104, 2018-58-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qaror muqaddimasidan “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 35-son, 382-modda)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“HETK tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) ham ishtirok etadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. HETK elektr energiyasini, elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organning tarkibiy boʻlinmasi hisoblangan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasiga asosan oladi. HETK har oyda Byuro va elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning tegishli vakillari bilan birgalikda elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublilik chegarasida hisob-kitob davri uchun elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini yozib oladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Isteʼmolchi — yuridik shaxsning elektr energiyasi (quvvati) uchun, shuningdek reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va penya boʻyicha qarzi boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlari qarzni qoplashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi. Qarzni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5200, 5500 va h. k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti — penya boʻyicha summaga.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Isteʼmolchi — yuridik shaxslarga hisobot davrida yetkazib berilgan (sotilgan) elektr energiyasi hajmi, Byuro tomonidan isteʼmolchi bilan birgalikda yozib olingan hisobga olish asboblari koʻrsatkichlaridan kelib chiqib elektr energiyasi isteʼmolining amalga oshirilgan hisoblanishi asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol qilingan elektr energiyasining haqiqatdagi hajmini aniqlash uchun isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi sarfi toʻgʻrisida HETK va Byuroga belgilangan shakl boʻyicha oʻz qoʻli bilan yoki faksimil yoxud elektron yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilgan hisobot ham asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari yozib olinmagan yoki elektr energiyasi sarfi toʻgʻrisidagi hisobot isteʼmolchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, HETK tomonidan elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) isteʼmolining shartnomaviy miqdori boʻyicha yoki oʻtgan hisob-kitob davr uchun elektr energiyasi isteʼmolining oʻrtacha sutkalik amaldagi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari nazorat tartibida Byuro tomonidan yozib olingandan keyin amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta hisob-kitob isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Isteʼmolchi — yuridik shaxsning aybi bilan hisobga olish asbobi buzilgan (plombasi buzilsa, oynasi sinsa va boshqalar), hisobga olish asbobini ulash sxemasi oʻzgargan, hisobga olish asbobidan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda oʻgʻirlangan hollarda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va isteʼmolchi — yuridik shaxsning elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan ishlash soatlari boʻyicha elektr energiyasi sarfini tasdiqlovchi hujjat asosida qayta hisoblab chiqilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Isteʼmolchi — yuridik shaxs tomonidan olingan elektr energiyasi qiymatini oʻz vaqtida toʻlamaganligi uchun penyalar hisoblangan hollarda, hisoblangan penyalar summalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Elektr energiyasini hisobga olish isteʼmolchi-yuridik shaxsning aybisiz vaqtinchalik buzilganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda HETKning qaroriga koʻra, hisobga olish buzilishiga qadar boʻlgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Hisob-kitob davri uchun koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda elektr energiyasi isteʼmol qilinganda, isteʼmolchilardan (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgandan ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi jami hajmi uchun belgilangan tarifning bir yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitob davri uchun elektr energiyasi (quvvati)ning ortiqcha olingan hajmi, isteʼmolchi — yuridik shaxsning hisoboti bilan yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 20-banddan “jarima sanksiyalari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 25-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Hisobga olish asbobini ulash sxemasi oʻzgarganda, priborga zarar yetkazilganda (isteʼmolchining aybi bilan) yoki plombalari buzilganda, elektr energiyasini hisobga olish priborlaridan tashqari boshqa elektr qabul qilgichlar ulanganda va amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzishlarga yoʻl qoʻyilgan hollarda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va maishiy isteʼmolchining elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan ishlash soatlari boʻyicha elektr energiyasi sarfini tasdiqlovchi hujjat asosida qayta hisoblab chiqilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29. Elektr energiyasini hisobga olish maishiy isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda, HETKning qaroriga koʻra, hisobga olish buzilishiga qadar boʻlgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) elektr energiyasini hisobga olish maishiy isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda, Byuro va HETKning dalolatnomasi va toʻlov uchun qoʻshimcha yozib berilgan toʻlov hujjati asosida maishiy isteʼmolchiga sotilgan elektr energiyasi hajmining hisobga olish buzilishiga qadar boʻlgan oldingi hisob-kitob davridagi oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha hisoblanishi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“35. Tarif oʻzgarganda, tarif oʻzgargan sanagacha isteʼmol qilingan elektr energiyasi hajmi oldingi toʻlov vaqtidan boshlab oʻrtacha sutkalik isteʼmol boʻyicha aniqlanadi va unga eski tarif boʻyicha haq toʻlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) quyidagi mazmundagi 71 paragraf bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71-§. Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlar HETKlarining elektr energiyasidan tushadigan pul mablagʻlarini jamlaydigan yagona maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirgan holda Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) muvofiq Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga ham taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432. Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlardan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq ajratiladigan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi haqini toʻlashdan kelib tushadigan maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) ajratmalar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va HETK buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debet 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h.k.).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruv raisi U. MUSTAFOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/2127-3/1686-son)