Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2529-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 58-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2529, 2013-yil 22-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 624-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AXMEDXADJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
176-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 12-iyuldagi 176-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi pochta toʻlovining davlat belgilari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “2015-yil 10-apreldagi 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar “2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 15-bandning beshinchi xatboshisidagi “va sport ishlari vazirligi” degan soʻzlar “vazirligi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 11-iyul
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 11-iyul
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A. FAYZULLAYEV
2018-yil 11-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 10/18/2529-2/1609-son)