Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Biofizika va biokimyo institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, zamonaviy fan talablari asosida biofizika va biokimyo sohalarida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy faoliyat va oʻquv jarayoni integratsiyasini yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Biofizika va biokimyo institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin (keyingi oʻrinlarda — Institut).
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
fundamental izlanishlardan innovatsion ishlanmalargacha boʻlgan keng qamrovli yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi biofizika va biokimyo sohalaridagi kompleks va umumjahon yutuqlari bilan oʻzaro bogʻlangan holdagi tadqiqotlarni amalga oshirish;
qoʻzgʻaluvchanlik xossaga ega aʼzo va toʻqimalar, yurak va miya patologiyalarining molekulyar hamda hujayraviy mexanizmlarini, ularning qoʻzgʻaluvchanligi va qisqaruvchanligi, hujayraviy signalizatsiya mexanizmlarini aniqlash maqsadida hujayra biofizikasining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
normal fiziologiya va patologiyaning, shuningdek endokrin tizimining asosi sifatida bioenergetik jarayonlarning molekulyar biofizikasi sohasida tadqiqotlar olib borish;
mikroorganizmlar patogenligi va dori vositalari omillarini taʼsir qilish nuqtasi (nishon) sifatida nativ sharoitlarda va model membranaviy tizimlarda membranaviy jarayonlar biofizikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
hujayra hajmini boshqarish va hujayralararo signalizatsiya kabi ion kanallari va transporterlar ishtirokida kechadigan fundamental hujayra jarayonlarining molekulyar fiziologiyasi sohasida tadqiqotlar olib borish;
hujayralarga va qon ivish tizimiga biologik faol moddalarni taʼsirini tadqiq etishda elektrofiziologik va biokimyoviy tadqiqotlarni olib borish;
endokrin tizimi va oliy asab faoliyati patologiyalarini biokimyoviy asoslarini oʻrganish, ularni korreksiyalash va medikamentoz davolash yoʻllarini izlab topish maqsadida fundamental metabolomika sohasida tadqiqotlar olib borish;
odam kasalliklari patogenetik mexanizmlarini aniqlashda va ularni genetik va farmakologik usullar bilan korreksiyalashda molekulyar-genetik va populyatsion-genetik tadqiqotlar olib borish;
qon tomir va boshqa patologiyalarni davolash uchun istiqbolli dori vositalari sifatida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan biologik faol oqsillar hamda boshqa biomolekulalar asosida fundamental evolyutsion-biokimyoviy tadqiqotlar olib borish;
tibbiyot, farmakologiya va iqtisodiyotning boshqa sohalari talablaridan kelib chiqqan holda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan biofizik hamda biokimyoviy usullar va hodisalar asosida biofizik va biokimyoviy tadqiqotlarning fundamental natijalari asosida innovatsion yechimlar va mahsulotlar ishlab chiqarish;
Institutni xalqaro ilmiy jamiyatlar bilan integratsiyasini taʼminlash maqsadida xalqaro loyihalar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va simpoziumlar oʻtkazish, yetakchi chet el biofiziklari va biokimyogarlari ishtirokida seminarlar, master-klasslar va hamkorlikda tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek institut xodimlarini dunyoning yetakchi laboratoriyalarida stajirovkasini tashkil etish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar — falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari (DSc) tayyorlash, shuningdek bakalavr va magistrlar tayyorlashda ishtirok etish.
3. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo institutining tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga zarur hollarda Institutning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilansin:
binolar va inshootlarni saqlash (ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno), shuningdek, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash (ilmiy xodimlar va ishlab chiqarish mutaxassislari bundan mustasno) xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya va boshqa institutlardan, xorijiy tashkilotlardan grantlar doirasida olingan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatdan olingan mablagʻlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqami va banklarda oʻz hisob raqamlariga ega;
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Institut xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maosh va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, fondlar, taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;
ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida davlat organlari mutaxassislarini, ilmiy tashkilotlar xodimlarini, taʼlim muassasalarining olimlari va oʻqituvchilarini, shuningdek xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislarini jalb qilish;
tadqiqot sohasidagi muammolar boʻyicha axborot-tahliliy sharhlarni, maʼruzalarni nashr etish faoliyatini amalga oshirish;
Institutning vazifalari doirasida davlat organlari va tashkilotlaridan kerakli statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Institut ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
tekin foydalanish huquqi asosida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, 174-uy manzilidagi binolarida joylashtirilishini taʼminlasin;
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universiteti Biologiya fakultetining “Biofizika” va “Biokimyo va tizimlar biologiyasi” kafedralari faoliyatini tiklasin;
Institutni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlarining kreditlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Institut faoliyatini tashkil etish uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventar va boshqa moddiy resurslar bilan taʼminlasin;
Institutni yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asoslantirilgan takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasini 2019-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda; tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq institut binolarini kapital taʼmirlash va qurish uchun tegishli mablagʻlar ajratsin.
9. Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutining ilmiy-texnik loyihalari, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazib, natijalar boʻyicha ularni Institutga oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari tuzilmasini yanada optimallashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 33-son qaroriga muvofiq ilgari tugatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutiga Biokimyo instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fiziologiya va biofizika institutidan oʻtkazilgan asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulki;
Institutning asosiy ilmiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy loyihalar ilmiy va boshqa xodimlarning tegishli shtat birliklari.
10. Institutga bitta xizmat avtomobili uchun limit ajratilsin.
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda institut faoliyatini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshevga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
558-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 558-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tashkiliy
TUZILMASI
