24.07.2018 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Navoiy viloyatida oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatida oʻrmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, qayta tiklash, choʻl hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni koʻpaytirish, oʻrmonzorlarni koʻpaytirish, ihota oʻrmonzorlarini barpo etishda innovatsion usullarni qoʻllash, choʻl hududlari xususiyatlarini tadqiq qilish, yurtimizda oʻsmaydigan choʻl oʻsimliklari turlarini introduksiya qilish, choʻlda oʻrmon barpo etish ishlarini ilmiy asosda tashkil qilish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatining Nurota tumanida Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatining Karmana tumanida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 6 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon barpo etish, oʻrmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va oʻrmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nurota tumani hududida pista, bodom va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda koʻchatxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni tiklash, ihota oʻrmonzorlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, togʻ yonbagʻirlari, jarliklar, tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni yongʻindan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa buzilishlaridan muhofaza qilish va nazoratini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarida shoʻrlanishga va suvsizlikka chidamli oʻsimliklarni yetishtirishning ilmiy asoslangan agrotexnologiyasini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻl hududlarida yaylovlarni qayta tiklash va koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ilmiy asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻl oʻsimliklari koʻchatlarini yetishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, oʻrmonlarni kengaytirish va qayta tiklash, ihota oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha samarali innovatsion usullarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qum koʻchishi va shamol eroziyalariga qarshi oʻrmon barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish, qurgʻoqchilik, zararkunanda, kasalliklarga chidamli choʻl oʻsimliklarini introduksiya qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ilmiy va oʻquv seminarlar hamda anjumanlar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi hamda Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Navoiy viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligiga tekin foydalanish huquqi bilan bino ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Navoiy viloyatining Nurota tumani hududidagi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, tabiiy oʻrmonzorlar va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi bilan Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligiga belgilangan tartibda ajratib berilishini hamda yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligining koʻchatchilik issiqxona kompleksini Markazga tekin foydalanish huquqi asosida berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Markaz direktori Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori tavsiyasiga koʻra Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori maqomiga koʻra, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi va Markazning 2018-yilgi faoliyati Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yildan boshlab Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi va Markaz faoliyati Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarga asosan Moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligida 2018 — 2021-yillarda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Sentapsoy va Choʻya hududlarida innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda 10 ming gektar maydonda pista plantatsiyalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda uning qator orasida 5 ming gektar maydonda kavrak yetishtirishni tashkil etish uchun oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni xalqaro grantlarini jalb etish hisobidan moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati uchun zarur zamonaviy laboratoriya jihozlarini sotib olish hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy grantlarini jalb etish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi va Markazga ularning ehtiyojidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi texnikalari, avtotransport vositalari taʼminotiga limit ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlarida 2018-2020-yillarda 150 ming gektar maydonda saksovulzor va ozuqaga boy yaylovlarni barpo etish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
568-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 568-son qaroriga
1-ILOVA

Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 6 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 568-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-ilovadagi “Andijon filiali” blokidan keyin “Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi” bloki qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 5-ilovaning 16-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “rahbarlarini” soʻzidan keyin “(Andijon filiali va Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi direktorlari bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/568/1564-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)