O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, berish va ulardan foydalanishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-iyul,
563-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyuldagi 563-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 3-ilovasida:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Markaziy bank
markaziy apparat va hududiy bosh boshqarmalar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari”;
b) quyidagi mazmundagi 101-band qo‘shilsin:
“101. Banklar
markaziy apparat va viloyat bo‘linmalari rahbarlari”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/563/1558-son)