19.07.2018 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3607-son qarori bilan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlari hamda davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari negizida 14 ta kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini va yer uchastkalarini Samarqand viloyatining 1-ilovaga muvofiq KSZlari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda — Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining nasos-kuch uskunalarini taʼmirlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan sexining 1,15 gektar yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda — 15,0 gektar maydonga ega boʻlgan sobiq bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini Samarqand viloyati hokimligiga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovada koʻrsatilgan KSZlarning chegaralarini aniqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, KSZlarning qoʻshilgan hududlaridagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3607-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Samarqand viloyati KSZlarning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarini bajarishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Samarqand viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlari tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.A. Xoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
556-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 556-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatidagi kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

KSZ nomi

KSZ tarkibiga kiritilayotgan obyektlarning nomi

Obyekt joylashgan manzil

Hududi

(ga)*

Bino-inshootlar

maydoni

(kv.m)

1.

Samarqand shahar KSZ

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining yer uchastkasi bir qismi

Samarqand shahri, “Farxod” qoʻrgʻoni

1,15

-

2.

Narpay tumani KSZ

Sobiq bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi

Narpay tumani, “Tepa” MFY

15,0

4 321,7

3.

Oqdaryo tumani KSZ

Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yer uchastkasi

Oqdaryo tumani, “Bo�dorxon” MFY

46,3

-

JAMI:

62,45

4 321,7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 556-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov

birligi

Miqdor/

Quvvati

Xarajatlar

miqdori*

(mln soʻm)

Moliyalashtirish

manbalari

Masʼul ijrochilar

Samarqand shahar KSZ

1.

Shahar avtomobil yoʻlidan (Samarqand sh, Farxod qoʻrgʻoni) KSZga boʻlgan kirish yoʻlini taʼmirlash

km

0,3

60,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi

2.

6 — 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish, 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish va mavjud 400 kVA quvvatli transformatorni kapital taʼmirlash

km

dona

1,0

2/400

1/400

185,0

Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

3.

Suv olish inshootlarini va d=400 mm suv quvurlari tarmoqlarini qurish

dona

km

1

3,0

450,0

Moliya vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat xoʻjaligi vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

Oqova suv tarmoqlarini qurish

km

2,3

410,0

JAMI:

1 105,0

Narpay tumani KSZ

4.

M-37 avtomobil yoʻli 101 km uchastkasidan KSZga boʻlgan kirish yoʻlini taʼmirlash va asfalt yotqizish

km

1,5

96,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi

5.

d=159 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

8,0

1 800,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

6.

6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish va 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

2,0

3/400

270,0

Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

7.

d=400 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

2,0

150,0

Moliya vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat xoʻjaligi vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

Lokal tozalash inshootini qurish

km

1,5

350,0

JAMI:

2 666,0

Oqdaryo tumani KSZ

8.

5 km uchastkadagi 7N594 avtomobil yoʻlidan (Oqdaryo tumani, “Boshdarxon” MFY) KSZga boʻlgan kirish yoʻlini taʼmirlash

km

6,0

680,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi

9.

d=159 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

5,0

1 125,0

Moliya vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

10.

6 — 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish, 630 kVA va 400 kVA transformator oʻrnatish

km

dona

1,0

1/630

1/400

195,0

Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Samarqand viloyati hokimligi

11.

d=400 mm suv quvurlarini va suv toʻsish inshootlarini qurish

dona

km

1

2,0

350,0

Moliya vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat xoʻjaligi vazirligi,

Samarqan� viloyati hokimligi

Lokal tozalash inshootini qurish

dona

km

1

2,0

2 500,0

JAMI:

4 850,0

HAMMASI:

8 621,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Infratuzilma obyektlari quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 09/18/556/1547-son)