Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2021 19.07.2018 yildagi 554-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq hamda jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam berish, bu borada oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi ijro apparati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ota-onalarning bilimlarini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida barcha fuqarolar yigʻinlari huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalarining nizomlarini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar va mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinlari binolarida zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining doimiy monitoringini olib borsin hamda ushbu monitoring natijalari boʻyicha har chorakda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari yigʻilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan “Eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis” koʻrik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va aʼzolarini ragʻbatlantirish boʻyicha alohida nominatsiyani joriy etsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari va aʼzolari uchun oilada sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish borasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqsin hamda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida namunaviy nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi” soʻzlari “xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 621-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 171-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
554-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 554-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Namunaviy nizom fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Universitet oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Universitet oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, shu jumladan fuqarolar yigʻini hududidagi taʼlim va tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlari, ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tegishli komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitet ushbu Namunaviy nizomga muvofiq oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yigʻini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sogʻlom turmush tarzini taʼminlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Universitetning maqsadi — oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, oilalarni mustahkamlash va barqarorligini taʼminlash, oilalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yigʻinidagi oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam koʻrsatish, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Universitetning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Universitet quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilalar va muayyan shaxslarga yordam berish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va ish jarayonida unga oʻzgartirish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet tomonidan tashkil etiladigan mashgʻulotlar rejasini tuzish, zaruratga koʻra uni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbir va mashgʻulotlarga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, malakali mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet mashgʻulotlarini fuqarolar yigʻini hududida olib borilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma materiallaridan, “Oila” markazi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot ishlari natijalaridan, statistik maʼlumotlardan, gazeta va jurnallarda yoritilgan maqolalardan, namunali oilalarning tajribalaridan va shu kabi yoʻnalishlarda hayotiy misollardan foydalangan holda tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Universitetning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilalar va mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishi, shu jumladan farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar bilan ishlash va farzand tarbiyasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha fuqarolar yigʻini hayotida faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet mashgʻulotlari va targʻibot tadbirlarini samarali hamda maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan, huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning ota-onalari bilan tizimli ishlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Universitet tarkibini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Universitet tarkibi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi oʻtkazilganidan keyin bir oy ichida 10 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda ovoz berish yoʻli bilan shakllantiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rahbari, uning oʻrinbosari va aʼzolari fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rahbari, uning oʻrinbosari nomzodiga va aʼzolikka nomzodga fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz berganida u saylangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Universitet aʼzolari huquqshunos, shifokor, pedagog, psixolog va boshqa mutaxassislar hamda Universitetga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunadigan, obroʻ-eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan, jamiyatda oʻzining namunali xulqi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan faol fuqarolar orasidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rahbari vazifasini qoida tariqasida fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari amalga oshiradi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Universitet oʻz oldida turgan asosiy vazifalarni har oyda kamida bir marta chaqiriladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi. Universitet yigʻilishi yigʻilishda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Universitet aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning yigʻilishida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalari, shu jumladan Universitet mashgʻulotlarining yoʻnalishlari boʻyicha rejasini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash uchun fuqarolar yigʻini kengashiga kiritish bilan bogʻliq masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarini eshitish bilan bogʻliq masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Universitet rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning yigʻilishlarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini hududidagi oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yigʻini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sogʻlom turmush tarzini taʼminlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning joriy ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet aʼzolariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida, sifatli va oila bilan ishlash etika qoidalarini buzilmasligini eʼtiborga olgan holda, bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarini eshitish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi), yigʻin kengashi majlislarida Universitet nomidan vakil boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyati toʻgʻrisida yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Universitet rahbari oʻrinbosari va aʼzolarining vakolatlari ushbu Namunaviy nizomda belgilangan Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan kelib chiqib, Universitet rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Universitet rahbari uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda Universitet rahbari oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Universitet faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Universitet aʼzolari tomonidan fuqarolar yigʻini hududidagi oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarning shakllantirilgan roʻyxati oʻrganiladi va muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fuqarolar yigʻini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sogʻlom turmush tarzini taʼminlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish tadbirlari Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Roʻyxatdagi oila yoki shaxs bilan individual yoki guruhlarda ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Chora-tadbirlar oʻz ichiga oiladagi vaziyatni va vujudga kelgan muammolarni baholash, oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, mustahkamlash va barqarorligini taʼminlash, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, tadbirlar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari va targʻibot ishlaridan ham iborat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu nizom ilovasida keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq oila yoki shaxs bilan individual ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila yoki shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oila tarkibi, voyaga yetmagan shaxslar soni va boshqa maʼlumotlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiyin vaziyat vujudga kelganlik sababi (muammo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo yechimini topish boʻyicha qilinadigan ishlar (ishlar nomi va muddati koʻrsatilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammo yechimiga nimalar toʻsqinlik qilishi, toʻsiqlarni bartaraf etish choralari (boshqa idora va tashkilotlarni jalb qilish ehtiyoji mavjudligi) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Universitet tomonidan rejalashtiriladigan tadbirlar va mashgʻulotlar unda ishtirok etuvchilarning yoshi, jinsi, maʼlumotini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Guruhlarda oʻtkaziladigan tadbirlar va universitet mashgʻulotlarining joyi, vaqti va tashkil etish tartibi uning ishtirokchilarining boʻsh vaqtini hisobga olgan holda Universitet yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkaziladigan tadbirlar va Universitet mashgʻulotlari uning ishtirokchilariga qulay boʻlgan tilda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Guruhlarda oʻtkaziladigan Universitet mashgʻulotlari quyidagi yoʻnalishlarda olib borilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila maʼnaviyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila boshqaruvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila iqtisodiyoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila psixologiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning tibbiy madaniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada sogʻlom turmush tarzi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Universitet mashgʻulotlarining mavzulari hududning oʻziga xos xususiyatlaridan va mavjud muammolardan, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan masalalardan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oila yoki shaxs bilan individual ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida koʻzda tutilgan ishlar yakuni boʻyicha Universitet ishtirokchilari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkaziladi, oila yoki shaxs qiyin vaziyatdan olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi xulosa shakllantiriladi va ushbu xulosa asosida qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxsni roʻyxatdan chiqarish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oy, chorak, yarim yillik va yil yakuni boʻyicha natijalar tahlil etiladi va qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxslarning roʻyxatdan chiqarilgan soni universitet faoliyatining samaradorligini aniqlovchi omil sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Universitet tomonidan qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan namunaviy soʻrovnomaning shakli Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Universitetning targʻibot tadbirlari uning aʼzolari tomonidan fuqarolar yigʻini hududida yashovchi aholi oʻrtasida Universitetning maqsad va vazifalari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlarini olib borish va respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Universitet faoliyatini tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari muvofiqlashtiradi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, hududdagi “Oila” markazi, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar Universitet faoliyatini samarali tashkil etishga metodik va amaliy jihatdan koʻmaklashadilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Universitetni zarur jihozlar bilan taʼminlash, Universitet aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mablagʻlari hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Universitet aʼzolarining vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Universitet rahbari, uning oʻrinbosari yoki boshqa aʼzolarining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Universitet rahbari, uning oʻrinbosari yoki boshqa aʼzolarining vakolatlari muddatidan ilgari toʻxtatilgan taqdirda, bir oy muddatda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan boʻshab qolgan oʻrinlarga yangi saylov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida namunaviy nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

Universitet rahbari ___________‎‎

‎‎20___ yil “____” _________

1.

‎‎Murojaat qilgan shaxs/oila haqida qisqacha maʼlumot:
____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

2.

Murojaat maqsadi, muammo:
____________________________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________

3.

‎‎Murojaat qilgan shaxs/oila bilan individual ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi

T/r

Tadbir nomi

Muddat‎‎

Jalb qilinadigan tashkilot/mutaxassis‎‎‎‎

Kutilayotgan natija‎‎

1.‎

Vaziyatni baholash

1 kun‎‎

Universitet aʼzosi

‎‎Muammolarni aniqlash

2.

‎‎1-muammo yechimi boʻyicha qilinadigan ishlar (oʻgʻliga)

‎‎5 kun

Maktab psixologi bilan individual suhbat

Psixologik holati va axloqini yaxshilash

3.

Qiziqishiga koʻra oʻgʻlini toʻgarakka jalb qilish‎‎

3 kun

Maktab maʼmuriyati‎‎‎

‎‎Bolaning boʻsh vaqtini toʻgʻri taqsimlash

4.

‎‎2-muammo yechimi boʻyicha qilinadigan ishlar (onasiga)

3 kun‎‎

Bandlik markazi mutaxassisi bilan individual suhbat

‎‎Ishga joylashtirish masalasini hal qilish

5.

Oila iqtisodiyoti boʻyicha oʻquv mashgʻuloti (onasiga)

‎‎2 hafta (jadval asosida)

‎‎Guruhlarda mashgʻulotlar

Oila iqtisodiyotiga oid bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi

....

‎‎ ‎‎ ‎‎

....

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Masʼul shaxs ______________________ ‎‎_____________________

ERIShILGAN NATIJA:

‎‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

XULOSA:‎‎

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/554/1539-son; 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son, .04.2019-y., 09/19/346/2994-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)