17.07.2018 yildagi 544-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sudlarga arizalar berganda davlat boji miqdorlarini oshirish, shuningdek, sudlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoni hamda “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 17-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
544-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 544-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlarning nomi

Lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdori (foizlarda)


5-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya


24

4-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

28

3-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

32

2-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

36

1-malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

40

Oliy malaka darajasiga ega boʻlgan sudya

50

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sud va adliya organlaridagi umumiy ish staji:

2 yildan 5 yilgacha boʻlganda

5 %

5 yildan 10 yilgacha boʻlganda

10 %

10 yildan 15 yilgacha boʻlganda

15 %

15 yildan 20 yilgacha boʻlganda

20 %

20 yildan 25 yilgacha boʻlganda

25 %

25 yildan 30 yilgacha boʻlganda

30 %

30 yildan ortiq boʻlganda

40 %

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan qoʻshimcha haq
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nomi

Lavozim maoshlariga nisbatan foizlarda qoʻshimcha haq miqdori


3-darajali yurist

20


2-darajali yurist

24


1-darajali yurist

28


3-darajali adliya maslahatchisi

32


2-darajali adliya maslahatchisi

36


1-darajali adliya maslahatchisi

40


3-darajali davlat adliya maslahatchisi

44


2-darajali davlat adliya maslahatchisi

47


1-darajali davlat adliya maslahatchisi

50


Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi

50

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislari sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“1. Fuqarolik ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan:

a)

mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan:

— daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda;

b)

davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotganda aybdor tomondan undiriladi)

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “d” va “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar.

v)

nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan

takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan

nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk boʻlingan holda

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;

— eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;

boj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq daʼvo bahosi boʻyicha belgilanadi;

g)

bedarak yoʻqolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan

— eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;

d)

uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalaridan

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;

e)

alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

j)

sudlarning qarorlariga appelyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan





jinoiy ish boʻyicha fuqarolik daʼvolaridan

— daʼvo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar boʻyicha esa — ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida;


— daʼvo bahosining 10 foizi miqdorida;

z)

sudlarning qarorlari, hukmlar, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra, sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

— hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

i)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek, hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida.

2. Iqtisodiy sudlarga beriladigan:

a)

mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan

— daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda;

b)

mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan

— eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;

g)

xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar boʻyicha daʼvo arizalaridan

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

d)

apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan

— birinchi instansiyada koʻrib chiqish uchun ariza berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar boʻyicha esa talashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblangan stavkalar;

e)

sud hujjatlarining dublikatlarini hamda tomonlar va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan iqtisodiy sud tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish toʻgʻrisidagi arizalardan

— hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

j)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek, hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalardan

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari.

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 3-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“3. Maʼmuriy sudlarga beriladigan:

a)

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan:


fuqarolardan


— eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;

yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

— eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;

b)

davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan (shikoyatlardan):

fuqarolardan

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan (shikoyatlardan):

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari;

g)

davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan arizalardan (shikoyatlardan):

fuqarolardan



yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

— eng kam oylik ish haqining1 baravari

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

d)

apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan

— arizalar (shikoyatlar) berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi;

e)

sud hujjatlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish toʻgʻrisidagi arizalardan

— hujjatning har bir beti uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdori;

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar.

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 16-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim nomi

Razryadi


Rais


21


Raisning birinchi oʻrinbosari


20


Rais oʻrinbosari


19


Sudya


18


Boshqarma boshligʻi, bosh buxgalter


17


Boʻlim boshligʻi, Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, Malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi, rais yordamchisi


16


bosh konsultant, bosh mutaxassis


14


Katta konsultant, katta mutaxassis, arxiv mudiri


13

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 17-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim nomi

Viloyatlar guruhlari boʻyicha razryadlar

guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

razryad

razryad

razryad

razryad


Rais


20


19


18


18


Rais oʻrinbosari


18


18


17


17


Sudya


17


17


16


16


Boʻlim boshligʻi


14


14


13


13


Devonxona mudiri, bosh mutaxassis


12


12


11


11


Katta mutaxassis, sudya katta yordamchisi, malaka hayʼati kotibi


11


11


10


10


Arxiv mudiri


10


10


9


9

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 17a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hududiy harbiy sudlar, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha shahar sudlari, viloyatlar markazi boʻlgan shaharlar (shahar, tumanlararo) iqtisodiy va maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim nomi

Shaharlar guruhlari boʻyicha razryadlar

1-guruh

2-guruh

Razryad

Razryad


Rais


17


16


Sudya


15


14


Sudya yordamchisi


10


10


Devonxona mudiri, arxiv mudiri


9


9

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 18-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari va tuman (shahar) maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim nomi

Razryad


Rais


16


Sudya


14


Sudya yordamchisi


10


Devonxona mudiri, arxiv mudiri


9

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

12.

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi)

Jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari va jarimalar summasi.

40

Ijro etish boʻyicha budjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno.

40

”.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)