Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Urganch Eltexsanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Talab qilinadigan, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash uchun tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 9 oktabrdagi 289-son qaroriga asosan Urganch shahrida joylashgan sobiq “Aloqa Vista” qoʻshma korxonasining mulk majmuasi “Oʻzeltexsanoat” AJ ustav kapitaliga oʻtkazilganligi;
“Oʻzeltexsanoat” AJ mulk majmuasi negizida maqsadli imtiyozlar berishdan boʻshatilgan mablagʻlarni ustav fondini shakllantirishga yoʻnaltirgan holda sanoat, maishiy muzlatkichlar va boshqa elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Urganch Eltexsanoat” MChJ (keyingi oʻrinlarda — obyekt) tashkil etilganligi;
“Oʻzeltexsanoat” AK yuqori qoʻshimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorazm viloyati xokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzeltexsanoat” Ajning “Oʻzeltexsanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini keyinchalik berilgan ulush balans qiymatiga kamaytirgan holda, obyektni Xorazm viloyati hokimligiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Xorazm xokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻztoʻqimachiliksanoati” Assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oylik muddatda obyektning “nol” sotib olish bahosida investitsiya loyihasini amalga oshirish va kamida 500 ta yangi ish oʻrni yaratish sharti bilan tanlovli kimoshdi savdosiga qoʻyilishi va sotilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, sotilgan ulushga egalik huquqini investorga oʻtkazish investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgandan va investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb eʼtirof etilgan paytdan boshlab bir yil davomida yaratilgan ish oʻrinlari saqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov va Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.U. Ermanov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-iyul,
541-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 541-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 9 oktabrdagi 289-son qarori 3-ilovasining 76-pozitsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 41-son, 528-b.).
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 1109-f-son farmoyishi.