O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qarorini ijro etish va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-iyul,
549-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 549-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3-bandda:
a) to‘rtinchi xatboshiga “hujjat” so‘zidan keyin “shu jumladan, elektron shaklda” so‘zlari qo‘shilsin;
b) to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘zbekekspertiza” OAJ” so‘zlari “O‘zbekekspertiza” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 6-bandda “yozma” so‘zidan keyin “yoki elektron shaklda” so‘zlari qo‘shilsin.
3. 7-bandning oltinchi xatboshidaga “vakolatli organlarda belgilangan tartibda hisobga qo‘yilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. 10-banddagi “5” va “10” raqamlari tegishli ravishda “4” va “6” raqamlari bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning beshinchi xatboshidagi “4-bandi” so‘zlari “4 va 17-bandlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Ekspertiza dalolatnomasi asosida vakolatli organ tomonidan “Yagona darcha” birxillashtirilgan bojxona axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda elektron portal deb ataladi) kiritiladi va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha sertifikat rasmiylashtiriladi. Ariza beruvchi tomonidan qog‘oz shaklidagi sertifikat talab qilingan taqdirda vakolatli organ ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha bir nusxada sertifikat beradi”.
7. 18-banddagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
9. 2 — 5-ilovalarning nomlanishidagi “OCNIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “OTKRITOYE AKSIONERNOYE OBSHESTVO” so‘zlari tegishli ravishda “AKSIYADORLIK JAMIYATI” va “AKSIONERNOYE OBSHESTVO” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/549/1533-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)