O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-sonli qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
PF-5476-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5476-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi “elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AKSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarorining 1-bandi quyidagicha mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tovar va xizmatlarni elektron tijorat, shu jumladan internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali realizatsiya qiluvchi elektron tijorat subyektlari o‘z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta’minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) ko‘llagan holda amalga oshirish huquqiga egadirlar”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)