11.07.2018 yildagi 526-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Trest 12” masʼuliyati cheklangan jamiyatini “Trest 12” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Trest 12” masʼuliyati cheklangan jamiyatini moliyaviy sogʻlomlashtirishni taʼminlash, kreditorlik qarzlarini kamaytirish va kapitallashuv darajasini oshirish, shuningdek, sifat menejmenti tizimini takomillashtirish, qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb etish, obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirishni taʼminlash va ularning smeta qiymati oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Trest 12” masʼuliyati cheklangan jamiyatining, Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyun holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliq toʻlovlari boʻyicha mavjud qarzdorlikni hisobdan chiqarish hisobiga “Trest 12” MCHJ ustav fondini koʻpaytirish, bunda davlat ulushini kamida 51 foiz miqdorida shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Trest 12” MCHJni “Trest 12” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda “Trest 12” AJ deb yuritiladi) aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Trest 12” AJ ustav fondida davlat nomidan aksiyadorning vazifalari Toshkent shahri hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahri hokimligi “Trest 12” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Trest 12” AJ Kuzatuv kengashi tarkibini belgilangan tartibda tasdiqlash, unga Toshkent shahri hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmani, taʼsis hujjatlarini tasdiqlash, emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazish, korporativ boshqaruv tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar orasidan “Trest 12” AJning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Trest 12” AJ maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda ularning faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish, boshqa xarajatlarni, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining maqbul darajasini taʼminlagan holda oʻz bazasida ishlab chiqariladigan qurilish materiallari va buyumlarini qisqartirishga alohida eʼtibor qaratgan holda qurilish-montaj ishlari xarajatlarini kamaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi “Trest 12” AJ aksiyalari chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda korporativ boshqaruvning ilgʻor usullarini joriy etishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq “Trest 12” MCHJning soliq toʻlovlari boʻyicha qarzini solishtirsin va uning ustav fondini koʻpaytirishga yoʻnaltiriladigan summani hisobdan chiqarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek, tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar boʻyicha yetkazib beruvchilar roʻyxati quyidagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

257 5

“Trest 12” AJ

Toshkent shahri


”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Ortiqxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
526-son