Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
“Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2686-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2019-yil 12-sentabrdagi 7-2019-sonli “Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2686-3, 23.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-son “Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2686, 2015-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 325-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyul,
11-2018-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1 va 4-ilovalardagi “kunduzgi, maxsus sirtqi” degan soʻzlar “kunduzgi, maxsus sirtqi, sirtqi, kechki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2 va 5-ilovalardagi “kunduzgi, maxsus sirtqi” degan soʻzlar “kunduzgi, maxsus sirtqi, sirtqi, kechki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3 va 6-ilovalardagi “ochnuyu, spetsialnuyu zaochnuyu” degan soʻzlar “ochnuyu, spetsialnuyu zaochnuyu, zaochnuyu, vechernyuyu” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2018-yil 4-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2686-2/1499-son)