Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va oliy harbiy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-son Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va oliy harbiy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov hamda Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi A.S. Ibadullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-iyul,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyuldagi 528-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaning nomida:
a) “Birlashgan shtabi” soʻzlari “Bosh shtabi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlaridan soʻng “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabining fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 24-yanvardagi 17-son qarorida:
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuchlari Bosh shtabi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va oliy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish toʻgʻrisida”;
b) qarorning muqaddimasida:
“Birlashgan shtabining” soʻzlari “Bosh shtabining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qurolli Kuchlar Bosh shtabining” soʻzlaridan soʻng “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va oliy harbiy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 1-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining” soʻzlaridan soʻng “Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarining” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻyicha — har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida;
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari boʻyicha — har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2018-y., 09/18/528/1494-son)