Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.05.2024 23.10.2000 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.05.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

XORIJIY TIJORAT TASHKILOTLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI VAKOLATXONALARINI AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI VA ULARNING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2024-yil 9-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy firmalar, kompaniyalar, jamiyatlar, korporatsiyalar va boshqa tijorat tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini va ularning faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlarning vakolatxonalarini ochish va ularning faoliyati toʻgʻrisida” 1989-yil 28-dekabrdagi 442-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
410-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qaroriga
1-ILOVA

Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini (keyingi oʻrinlarda “Vakolatxonalar” deb ataladi) akkreditatsiya qilish tartibini va ularning faoliyatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun xorijiy tijorat tashkilotlari deyilganda firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar, jamiyatlar, sheriklar va xorijiy davlat qonun hujjatlariga muvofiq chet elda vakolatxona ochish huquqiga ega boʻlgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllari (keyingi oʻrinlarda “Xorijiy firmalar” deb ataladi) tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy banklar vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy firmalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vakolatxonalarini Oʻzbekiston hududida oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ochadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatxonalarni ochish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda “Akkreditatsiya qiluvchi organ” deb ataladi) akkreditatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolatxonalar yuridik shaxslar hisoblanmaydi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatxona soliq toʻlovchi hisoblanmaydi. Xorijiy firmaga, vakolatxonalarning xorijiy va mahalliy xodimlariga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot bir kun muddatda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatxona bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organida hisobga qoʻyiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vakolatxonasini ochishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga yozma ariza beradi, arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xorijiy firma faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, bajarilishiga vakolatxona koʻmaklashadigan tuzilgan shartnomalar va bitimlar toʻgʻrisida mufassal maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vakolatxonani ochishga ruxsatnoma soʻraladigan muddat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat tashkilotlari vakolatxonalari boʻyicha — xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy firmaning taʼsis hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakolatxonalari boʻyicha — vakolatxona ochishni moʻljallayotgan organning maqomini va vakolatini belgilovchi meʼyoriy yoki boshqa hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xorijiy firma joylashgan mamlakatda uning rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi, tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki savdo reyestridan koʻchirma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) vakolatxona boshligʻiga xorijiy firma tomonidan berilgan, pasporti maʼlumotlari va unga berilayotgan vakolatlar toʻliq koʻrsatilgan holdagi ishonchnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xorijiy firma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va firma muhri bilan muhrlangan vakolatxona toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasida, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida belgilangan tartibda qonunlashtirilishi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi kerak. Agar hujjatlarga apostil qoʻyilgan boʻlsa, legallashtirish talab etilmaydi.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 489-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar notarial tasdiqlangan davlat yoki rus tilidagi tarjimasi bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bir qismi xorijiy firma mamlakatining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa, xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga Tashqi ishlar vazirligining yoxud xorijiy firma taʼsis etilgan mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasining tasdiqnomasini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) turarjoy boʻlmagan bino egasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsining mazkur binoni vakolatxonaga ijaraga berishga yoki sotishga tayyorligini tasdiqlovchi (ijaraga berish yoki sotish shartlari va muddati koʻrsatilgan) kafolat xati. Agar koʻrsatilgan shaxslar berilayotgan binoning yollovchilari hisoblansa, u holda kafolat xati ushbu binoning egasi bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdagidan ortiqcha qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qiluvchi organning vakolatxonani akkreditatsiya qilish tartibi buzilishida aybdor boʻlgan xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlov undiriladi, u xorijiy firma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda akkreditatsiya qiluvchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish yuzasidan arizani va ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda akkreditatsiya qilishga ruxsat berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish ariza berilgandan keyingi kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida bu haqda arizachiga yozma ravishda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar vakolatxonani akkreditatsiya qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan qalbaki hujjatlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zidligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etish arizachiga aniq fikr-mulohazalar roʻyxatini bayon qilgan holda maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi fikr-mulohazalarning bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi akkreditatsiya qilishning rad etilishiga rozi boʻlmasa sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatxona uni ochishga ruxsatnoma (akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat) berilgan kundan boshlab akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat akkreditatsiya qilish uchun toʻlov akkreditatsiya qiluvchi organ hisob raqamiga tushgandan keyin besh kun mobaynida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan oʻzi belgilagan shaklda beriladigan akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikatda vakolatxona akkreditatsiya qilingan davr koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatxona akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat olingandan keyin oʻn kun muddatda akkreditatsiya qiluvchi organga oʻzining pochta manzili toʻgʻrisida yozma bildirishnoma taqdim etishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxonaning pochta manzili toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kuni maʼlumotlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vakolatxonani ochish yuzasidan ruxsatnoma akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan bir yildan uch yilgacha muddatga, xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga oʻz vaqtida murojaat qilgan taqdirda uni uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz funksiyalarini uzoq vaqt davomida amalga oshiradigan vakolatxonalar akkreditatsiya qiluvchi organga har uch yilda bir marta ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni yangilagan holda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxonaga ega boʻlgan xorijiy firma qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda vakolatxona akkreditatsiya qiluvchi organni bu haqda ikki hafta muddatda xabardor qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish muddati uzaytirilgan taqdirda xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilingan yozma ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xorijiy firma tomonidan vakolatxona boshligʻiga pasportining maʼlumotlari va unga berilayotgan vakolatlar toʻliq koʻrsatilgan holda berilgan ishonchnoma (akkreditatsiya qiluvchi organga ilgari berilgan ishonchnomaning muddati oʻtgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻz pochta manzilini yozma ravishda tasdiqlovchi hujjat, ijara shartnomasining yoki egallab turilgan binoga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. VAKOLATXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatxona uni tashkil etgan xorijiy firma tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi va firma tasdiqlagan vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatxonaga xorijiy firma ishonchnomasi va oʻz vakolati bayon etilgan vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizom asosida ish koʻruvchi vakolatxona boshligʻi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatxona boshligʻi akkreditatsiya qiluvchi organga belgilangan shaklda vakolatxona faoliyati toʻgʻrisida har yili bir marta axborot yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakolatxona xodimlari ham xorijiy fuqarolardan, ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat boʻlishi mumkin. Vakolatxonaga ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xorijiy xodimlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha ishlarni yuritish vakolatxona boshligʻi yoki berilgan ishonchnoma asosida u vakil qilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xorijiy xodimni akkreditatsiya qilish uchun vakolatxona akkreditatsiya qiluvchi organga vakil qilingan shaxs (vakolatxona boshligʻi yoki xorijiy firma rahbari) tomonidan imzolangan yozma ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Akkreditatsiya qilish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan ikki nusxadagi shaxsiy varaqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkita fotosurat (3x4 oʻlchamda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur Nizomning 11-bandi yettinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda vakolatli shaxs tomonidan imzolangan vakolatxonaga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi xat;
(28-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 489-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) milliy pasportning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan shaxsiy akkreditatsiya kartochkasini berish ariza berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xorijiy xodimning akkreditatsiya kartochkasi shaxsiy akkreditatsiyani tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Akkreditatsiya qilingan xorijiy xodimlar faqat akkreditatsiya qilingan vakolatxonada Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ruxsatnomasini olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xorijiy xodimni akkreditatsiya qilish vakolatxona akkreditatsiya qilingan muddatga amalga oshiriladi, biroq u uning amalda boʻlish muddatini keyinchalik uzaytirish mumkinligi sharti bilan oʻn ikki oydan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy xodimlarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga beriladi, biroq u akkreditatsiya kartochkasiga asosan oʻn ikki oydan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vakolatxonada ishga qabul qilishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vakolatxona oʻz ehtiyojlari uchun qilingan xarajatlarni qoplash bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— vakolatni amalga oshirish xarajatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— vakolatxona ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklar xarid qilish boʻyicha sarf-xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— vakolatxona xodimlarining ish haqi boʻyicha hisob-kitoblar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xizmat safari xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ijara, kommunal toʻlovlar va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini taqdim etish, shu jumladan bojxona omborlarda ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan xizmatlar koʻrsatish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir. Bunda mazkur hisob-kitoblar tijorat faoliyati sifatida qaralmaydi.
(35-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vakolatxonalar hisob-kitoblarni xorijiy firma tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Quyidagilar vakolatxonaning soʻmlardagi mablagʻlari manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin almashtirilgan valyuta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy firmaning oʻz qaroriga koʻra vakolatxona ixtiyorida qoladigan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. VAKOLATXONA FAOLIYATINI TOʻXTATISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vakolatxona faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— akkreditatsiya muddati tugashi bilan, agar xorijiy firma uni uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilmagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy firma tugatilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy firma qaroriga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— sud qaroriga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— akkreditatsiya qilgan organning qaroriga koʻra, vakolatxonani ochish shartlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalari vakolatxona tomonidan buzilgan hollarda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qilgan organning vakolatxona faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi boʻlinmagan taqdirda xorijiy firma sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Akkreditatsiya muddati tugashi bilan, shuningdek, akkreditatsiya qilgan organning qaroriga koʻra vakolatxona faoliyati toʻxtatilgan hollarda akkreditatsiya qilgan organ vakolatxonani va xorijiy firmani qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxona faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror bir kun muddatda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 20-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 6-bandining “a” kichik bandidagi “xorijiy fuqaroni vakolatxona shtatiga kiritilganligini” soʻzlari “vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 20-son, 159-modda; 2011-y., 43-44-son, 466-modda, 47-son, 489-modda, 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/149/0263-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)