1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni taʼminlaydigan zamonaviy issiqxona, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/214/0457-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKning Buxoro viloyatida “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda “Buxoro-agro” EIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buxoro viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralari aniq belgilanishini va yerlarning belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor idoralar bilan birgalikda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllagan holda zamonaviy issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar va jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan mahalliy korxonalar tashkil etish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Buxoro-agro” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy issiqxona, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini, jumladan gidroponika texnologiyalarini qoʻllagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/214/0457-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urugʻdan to mahsulotni bozorga yetkazib berishgacha boʻlgan toʻliq jarayonini tashkil etishni ragʻbatlantirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatzorlar, shuningdek, birlamchi urugʻchilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xoʻjaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻ va koʻchatlari bilan taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyalardan foydalanishni keng joriy etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning xulosalari xalqaro darajada eʼtirof etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaliklari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, jumladan, ular tomonidan “Buxoro-agro” EIZ hududida faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari “Buxoro-agro” EIZ direksiyasining bevosita tasarrufida boʻladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZning faoliyat koʻrsatishi muddati mobaynida uning hududida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZ ishtirokchisi maqomi elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Buxoro-agro” EIZ direksiyasi tomonidan beriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ direksiyasini va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK va tijorat banklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZ hududida loyihalar amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlari jalb etilishini, ular bilan tizimli ishlar olib borilishini, shuningdek, loyihalarni “Buxoro-agro” EIZ hududiga joylashtirish boʻyicha investitsion buyurtmalarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga “Buxoro-agro” EIZ hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Buxoro-agro” EIZ direksiyasi erkin iqtisodiy zonaning butun faoliyat koʻrsatishi davrida asosiy faoliyat turi boʻyicha soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Buxoro-agro” EIZ qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4853-son Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Buxoro-agro” EIZ hududida zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning (S. Xolmurodov) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha masʼul ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu tadbirlarning samarali, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, donor mamlakatlarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZ hududida loyihalar amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlar izlashga hamda jalb etishga koʻmaklashish, ular bilan muzokaralar olib borish, shuningdek, ularga oʻz faoliyatini tashkil etishda zarur yordam va koʻmak koʻrsatish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, “Buxoro-agro” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari, loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan oʻz mablagʻlari miqdori tegishli loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Buxoro-agro” EIZ hududida tashkil etilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2718-son qarorida belgilangan kreditlar taqdim etish tartibi va shartlari tatbiq etilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB va boshqa tijorat banklariga loyiha tashabbuskorlarida garov taʼminoti yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda ularga texnologik uskunalarni lizing asosida xarid qilish imkoniyatini berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ “Buxoro-agro” EIZ direksiyasi bilan birgalikda “Buxoro-agro” EIZ hududini, shuningdek, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish maydonlarini tashqi yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan kafolatli taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi parametrlarini shakllantirishda “Buxoro-agro” EIZning belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi asosida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Buxoro viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini “Buxoro-agro” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq qurilish loyiha” MCHJni “Buxoro-agro” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Buxoro-agro” EIZning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilishini hamda Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat bojxona qoʻmitasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ ishtirokchilariga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatish uchun logistika markazlarini hamda bojxona postlarini qurish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Isroil davlati, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonalar hamda respublikaning xorijiy davlatlardagi boshqa diplomatik vakolatxonalari zimmasiga “Buxoro-agro” EIZ hududida loyihalar, jumladan, zamonaviy energiya tejovchi issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha loyihalar amalga oshirish uchun xorijiy investorlar, shuningdek, xorijiy kredit liniyalarini jalb etishga koʻmaklashish majburiyatini yuklasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligining buyurtmalariga binoan “Buxoro-agro” EIZ hududida yaratiladigan zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha ishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmalariga binoan “Buxoro-agro” EIZ hududida yaratiladigan zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha ishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmalariga binoan “Buxoro-agro” EIZ hududida tashkil etiladigan korxonalarda, jumladan, issiqxona xoʻjaliklarida ishlash maqsadida respublikaga xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda zamonaviy energiya tejovchi issiqxona komplekslarini (issiqxonalarni) ular joylashgan hududning (joyning) oʻziga xos xususiyatlaridan, issiqxonaning ixtisoslashuvidan hamda issiqxona xoʻjaligi samaradorligiga taʼsir etuvchi boshqa omillardan kelib chiqqan holda maqbul sharoitlarda tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda issiqxona xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislari uchun issiqxona xoʻjaliklarini boshqarish, jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilish masalalari yuzasidan turkum oʻquv seminarlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning mazkur yoʻnalishdagi ilgʻor tajribasi asosida mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda issiqxona xoʻjaliklarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi va oqilonaligini oʻrganish maqsadida ularni joyiga chiqqan holda viloyatlar va tumanlar (shaharlar) kesimida atroflicha inventarizatsiyadan oʻtkazsin, uning natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar bilan birga hisobot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov, Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3843-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi PQ-3843-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro tumani “Galaosiyo” va “Asad Shokirov” massivlaridagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Asad Shokirov” massivi yer maydonlari; gʻarbiy tomondan — Buxoro markaziy kollektori; shimoliy tomondan — 4R68 “Galaosiyo-Romitan-A380 avtoyoʻli” avtomobil yoʻli (7-8 km qismi);
janubiy tomondan — A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻli (235-236 km qismi).
500
2.
Jondor tumani “Mustaqillik” massividagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — ichki xoʻjalik kollektori;
gʻarbiy tomondan — 4K198 “Qorakoʻl-Mirzaqalʼa-Jigachi” avtomobil yoʻli (13-14 km qismi);
shimoliy tomondan — “Asliddin Muhammad” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — 4K198 “Qorakoʻl-Mirzaqalʼa-Jigachi” avtomobil yoʻli (12-13 km qismi).
100
3.
Kogon tumani “Ziyoqobil” massividagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — ichki xoʻjalik kollektori;
gʻarbiy tomondan — 4K153 “Buxoro-Novmetan-Yuqori Chukat-Kogon” avtomobil yoʻli (27 — 33 km qismi);
shimoliy tomondan — “Buxoro-Xoʻjadavlat” temir yoʻli (3975-3976 km uchastkasi);
janubiy tomondan — “Parallel” drenaj kollektori.
900
4.
Peshku tumani “Turkiston” massividagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Agro Trayd” MCHJ yer maydonlari; gʻarbiy tomondan — Romitan tumani yer maydonlari; shimoliy tomondan — K3 ichki kollektor;
janubiy tomondan — A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻli (258 — 260 km qismi).
400
5.
Romitan tumani “Bogʻiturkon” massividagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Hafizrabot” MFY yer maydonlari;
gʻarbiy tomondan — “Hazortut” 2 MFY yer maydonlari;
shimoliy tomondan — A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻli (241 — 249 km qismi);
janubiy tomondan — “Doʻstlik” MFY yer maydonlari.
600
6.
Romitan tumani “Qahramon”, “Chandir”, “Xossa” va “Toshrabot” massivlaridagi yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Kalaychorbogʻ” MFY yer maydonlari; gʻarbiy tomondan — 4R48 “Zarafshon trakti” avtomobil yoʻli (333 — 340 km qismi);
shimoliy tomondan — Buxoro markaziy kollektori;
janubiy tomondan — A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻli (241 — 249 km qismi).
500
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Zarur hollarda. “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlarga va ularning chegaralariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi PQ-3843-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro-agro” EIZ hududida zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi
Oʻ.I. Barnoyev
—
Buxoro viloyati hokimi, Komissiya raisining oʻrinbosari
B.T. Yusupov
—
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri
I.Yu. Abduraxmanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri
M.M. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
A.Ya. Xaydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
B.Z. Asadov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh.A. Vafayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori
Sh.A. Abidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari ATD mudiri
B.B. Kamalov
—
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori v.b.
Sh.A. Tursunov
—
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi
U.M. Mustafoyev
—
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi
A.K. Mirsoatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi
K.K. Mullajanov
—
“Asaka”ATB boshqaruvi raisi
A.B. Voitov
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi v.b.
N.K. Xolmurodov
—
Buxoro viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 07/18/3843/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 07.07.2023-y., 07/23/214/0457-son)