Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007 11.10.2000 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007
Hujjat 23.11.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOʻShMA KORXONALAR TAShKIL ETIShGA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika mintaqalarida eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-noyabrdagi 459-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mintaqalarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq tarkibda idoralararo ishchi guruhi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ikki hafta muddatda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Oʻzbekinvest” va “Oʻzinvestloyiha” kompaniyalarining hududiy boʻlinmalari ishtirokidagi doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo ishchi guruhi hududiy ishchi guruhlari bilan birgalikda respublika mintaqalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha 1-ilovada keltirilgan takliflarning doimiy monitoringini oʻrnatsin va ularning amalga oshirilishini har chorakda koʻrib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq joylarida yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni boshlagan vaqtdan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korxonalar uchun koʻrsatilgan muddat tugagandan keyingi ikki yil davomida daromad (foyda) soligʻi stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmalari boʻyicha qoʻshma ishlab chiqarishlarni tashkil etishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berishni va ularni uzaytirib berishni, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga olishni va vaqtinchalik roʻyxatda turishni uzaytirib berishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 11-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
393-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda)