Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 05.07.2018 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va chegara rejimini taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyaga, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) 2018-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va hududida chegara zonasi belgilanadigan boshqa obyektlar roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarning fizik-geografik sharoitlari va relyefiga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻidan chegara mintaqasining chegarasini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy komissiyalar ishlarining yakunlari boʻyicha 2019-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining jami uzunligida chegara mintaqasi va chegara zonasining chizmasini tushuntirish xati bilan birgalikda aks ettirish ishlarining bajarilishini taʼminlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun materiallar taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini muhandislik-texnik jihozlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining jami uzunligidagi chegara mintaqasi doirasida begʻaraz asosda doimiy foydalanish uchun yerlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining budjetdan har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 25-oktabrdagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyundagi qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Bosh vazir oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
504-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida va havo boʻshligʻida) belgilovchi chiziq va bu chiziq boʻyicha oʻtuvchi vertikal sath;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara zonasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi tutash hududning bir qismi boʻlib, uning doirasida chegara rejimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasi — chegara zonasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻiga bevosita tutash qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining chizigʻi oʻtgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga bevosita tutashgan va chegara mintaqasida joylashgan suv obyektlari, gidrografiya elementlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tozalash mintaqasi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvini muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 5 metr kenglikdagi mintqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika mintaqasi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvini muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 100 metr kenglikdagi mintqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara zonasidagi chegara rejimi — chegara zonasiga kirish (chiqish), undan oʻtish, boʻlish (yashash), harakatlanish va xoʻjalik hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasidagi chegara rejimi — alohida rejim cheklovlari oʻrnatiladigan chegara mintaqasiga kirish (chiqish), undan oʻtish, boʻlish, harakatlanish va xoʻjalik hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar toʻplami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilash hamda jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chegara zonasi va chegara mintaqasining doirasi, shuningdek, chegara zonasiga kiradigan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyani, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tegishli hududlar boʻyicha aniqlanadi va belgilanadi (oʻzgartirish kiritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy komissiyalar tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara zonasi chizigʻini, uning tarkibiga kiradigan mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻidan joylarning fizik-geografik sharoitlari va relyefiga qarab, chegara mintaqasining chegarasini belgilash boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy komissiyalarning chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Chegara zonasining chizigʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi yoki (va) chegara mintaqasiga tutash boʻlgan mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy chegarasi yoki joylarda oʻzgarmas topoelementlar boʻylab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara zonasi roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi yoki chegara mintaqasiga tutash boʻlgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovullar maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq toʻliq yoki qisman, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va boshqa obyektlar yaxlitligicha kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Chegara mintaqasining kengligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini buzishga boʻlgan jismoniy urinishlarning oldini olish boʻyicha harakatlarni taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara mintaqasida fuqarolarning turar joylari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Chegara mintaqasi oʻz ichiga tozalash mintaqasi va profilaktika mintaqasini oladi, shuningdek, uning tarkibiga davlat zaxira yerlari va chegara mintaqasida faoliyat olib borish taqiqlanmagan boshqa yerlar ham kiritilishi mumkin.
(31 — 33-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chegara mintaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi boʻylab, joyning tabiiy geografik joylashuvidan kelib chiqib, muhandislik inshootlari, toʻsiqlar, chegara yoʻllari, koʻpriklar va boshqa obyektlarni barpo etish imkonini beradigan kengligi 50 metrdan kam boʻlmagan oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga muhandislik inshootlari, toʻsiqlar, chegara yoʻllari, koʻpriklar va boshqa obyektlarni qurish uchun chegara mintaqasining mamlakat ichkarisidagi chegarasidan eni 50 metrgacha boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanishga ajratiladi (ayrim hollarda joyning fizik-geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda ajratiladigan yer uchastkasining eni kengaytirilishi mumkin).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 735-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chegara zonasiga kirishda ogohlantiruvchi belgilar, axborot doskalari oʻrnatiladi va ichki ishlar hududiy organi navbatchisining pultiga axborot chiqarib beradigan texnik vositalar jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara zonasiga kirishni texnik jihozlash (kuzatuv va nazorat vositalari) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xizmat faoliyati va oʻrnatilgan rejimga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qonunchilikka muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasida hamda ularning tashqarisida jangovar-xizmat (tezkor) faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Profilaktika mintaqasida veterinariya-sanitariya rejimiga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan nazorat qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chegara zonasiga keladigan va shu yerda yashaydigan shaxslarning hujjatlari, zarur boʻlganda ushbu zonada harakatlanadigan transport vositalari va yuklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlari tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida uning ayrim uchastkalaridagi chegara zonasi hamda chegara mintaqasida shaxslarning boʻlishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan nazorat postlari qoʻyilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 717-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Chegara zonasiga kirish (oʻtish), bu yerda boʻlish (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Chegara zonasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlariga ichki ishlar organlari tegishli maxsus shtamp qoʻyadi. Bunday belgiga ega pasporti boʻlgan fuqarolar chegara zonasi doirasida roʻyxatga olish kartochkasini olmasdan, yashash joyidagi tuman va viloyat hududida harakatlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va bu yerga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning pasporti va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan (xizmat guvohnomasi, harbiy bileti, tugʻilgani haqida guvohnoma) tashqari chegara zonasida boʻlish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida roʻyxatga olish kartochkasi ham boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondi hududida joylashgan chegara zonasiga oʻrmondan foydalanish maqsadida keladigan shaxslarda yuqorida qayd etilgan ruxsat beruvchi hujjatlardan tashqari oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi/roziligi ham boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan barcha shaxslar belgilangan punktga kelgandan soʻng dam olish va bayram kunlaridan tashqari, ichki ishlar organlariga roʻyxatdan oʻtish hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach yozib beriladigan alohida roʻyxatga olish kartochkasini olish uchun kelishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻqishga ketgunicha chegara zonasidagi aholi punktlarida yashagan oliy, oʻrta maxsus va boshqa taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda talabalari ushbu punktlarda ularning taʼlim muassasalarida oʻqishini tasdiqlovchi hujjatlar hamda chegara zonasidagi avvalgi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi boʻyicha boʻladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Chegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan keladigan 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarning roʻyxatga olish kartochkalariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Chegara zonasiga qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish, chorva mollarini boqish, qurilish, qidiruv va boshqa ishlarni bajarish uchun kelgan bir guruh fuqarolar, shuningdek, sayyohlar guruhlari, artistlar brigadasi va chegara zonasida yashamaydigan boshqa fuqarolar jamoasiga roʻyxatga olish kartochkalari bunday guruh rahbari nomiga u bilan kelgan shaxslarning soni koʻrsatilgan holda berilishi mumkin. Ushbu holatlarda roʻyxatga olish kartochkasiga chiqish joyidagi manfaatdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan imzo bilan tasdiqlangan guruhning nomma-nom roʻyxati ilova qilinadi. Roʻyxatda koʻrsatilgan shaxslar chegara zonasida ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Chegara zonasida roʻyxatga olish kartochkalari chegara zonasi belgilangan bitta maʼmuriy tuman doirasida boʻlish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Chegara zonasiga vaqtincha yashash uchun keladigan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tashkilotlarning faoliyat turi boʻyicha koʻpincha uzoq vaqt chegara zonasida boʻladigan xodimlariga roʻyxatga olish kartochkalari olti oygacha boʻlgan muddatga beriladi va ular har oy ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shaxslarga vaqtincha yashash davrida yoki chegara zonasida bir necha marta boʻlishi zarurligi tufayli beriladigan roʻyxatga olish kartochkalari amal qilish muddati tugagandan soʻng haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olish kartochkalarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar ichki ishlar organlariga ularning amal qilish muddati tugashidan besh kun avval murojaat qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va avval chegara zonasida yashagan hamda doimiy yashash uchun qaytib kelgan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari ularni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va pasportini rasmiylashtirish uchun belgilangan muddatga beriladi. Bunday holatlarda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ushbu shaxslar ozodlikka chiqishidan bir oy avval ichki ishlar organlariga tegishli axborot va ularning arizalarini yuboradi. Har bir arizaga ariza beruvchining sudlangani toʻgʻrisidagi, uning qamalishidan oldin chegara zonasida yashaganini tasdiqlovchi maʼlumotlar ilova qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va Qurolli Kuchlarining chegara zonasida roʻyxatga olish kartochkasiz, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boʻlish huquqiga ega mansabdor shaxslari roʻyxatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlariga xizmat safariga yuboriladigan shaxslar ushbu punktlarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat safari hujjatlari boʻyicha boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasining harbiy xizmatchilari va xodimlari chegara zonasiga ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha keladi va boʻladi. Qayd etilgan toifadagi shaxslarning oila aʼzolari chegara zonasida ular xizmat qilayotgan joydan beriladigan maʼlumotnoma asosida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmatga ushbu joylardan chaqirilgan yoxud bu yerlarda yaqin qarindoshlari boʻlsa, chegara zonasiga xizmat koʻrsatmalari yoki oʻtish guvohnomalari boʻyicha kiradi va boʻladi. Haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar esa chegara zonasida ilova qilinadigan nomma-nom tuzilgan roʻyxatlar va mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimlar koʻrsatmalari boʻyicha boradigan punkti koʻrsatilgan holda harakatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar ushbu zonada shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yoʻllanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan maʼlumotnomalar boʻyicha boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bolalar chegara zonasida joylashgan dam olish oromgohlari va bolalar uchun boshqa muassasalarda yoʻllanmalar asosida boʻladi. Ushbu bolalar muassasalaridagi bolalarning ota-onalari farzandlarini koʻrish uchun chegara zonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha besh kun davomida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolar roʻyxatga olish kartochkalarda koʻrsatilgan maʼmuriy tuman doirasida yashash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Chegara zonasi doirasida maʼmuriy markaz, maktab, shifoxona, korxona, tashkilot va boshqa muassasalar joylashgan boʻlsa va ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning bir qismi chegara zonasi tashqarisida yashasa, bu shaxslarga chegara zonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, chegara zonasi doirasida joylashgan tegishli muassasalar va tashkilotlarda ularning ishlab chiqarish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻlishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Chet elga chiquvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadigan shaxslar davlat chegarasidan oʻtish huquqini beradigan tegishli hujjatlar boʻlgandagina chegara zonasidan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan shaxslar tranzit harakatlanayotgan chegara zonasi punktlarida umumiy asoslarda toʻxtash va boʻlish huquqiga ega. Chegara zonasi orqali tranzit harakatlanayotgan ushbu shaxslar toʻxtashga majbur boʻlgan holatlarda, bu haqida ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bob. Chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) doimiy foydalanishida boʻlgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan (keyingi oʻrinlarda — yaylov yerlar) Qoʻmita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlariga kalendar yilda bir marta taqdim etiladigan roʻyxatga kiritilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yerdan foydalanuvchilar) foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302. Yaylov yerlardan ijara huquqi asosida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan faqat kunning yorugʻ vaqtida foydalanadi, tunda chegara mintaqalarida qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosi oʻsimliklar resurslari nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan va yaylov xoʻjaligiga zarar yetkazmagan holda tegishli vosita va usullar orqali yigʻib-terib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan samarali va maqsadli foydalanishi, shuningdek, ekinlarga va hayvonot dunyosiga zarar yetkazilishiga, yaylov yerlarning maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi hamda yongʻin xavfsizligiga va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306. Yaylov yerlarda yongʻin yuzaga kelganda va ularni bartaraf etish vaqtida yerdan foydalanuvchilarning yaylov yerlarga kirishi cheklanadi hamda transport vositalarining umumiy foydalanishda boʻlgan avtomobil yoʻllaridan boshqa yoʻllarda harakatlanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
307. Qoʻmita yerdan foydalanuvchining yaylov yerlardan foydalanish huquqi tugaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini va ichki ishlar organlarini 10 kun muddat ichida xabardor qiladi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-oktabrdagi 534-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasida belgilanadigan rejim cheklovlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Chegara zonasi va chegara mintaqasi doirasida boʻladigan shaxslar quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara zonasi va chegara mintaqasida boʻlish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara zonasi va chegara mintaqasida boʻlishining sababini tushuntirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Chegara zonasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga chegara zonasida boʻlish va yashash uchun ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Chegara zonasidagi davlat oʻrmon fondi yerlarida hayvonlarni tutish uchun oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladigan yoʻllanma va varaqlar, boshqa hududlarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomasi boʻyicha ov qilinadi. Barcha holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan joylarda ov qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Chegara zonasida chegara rejimiga rioya etilishini taʼminlash va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorlikda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Chegara zonasi va chegara mintaqasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya, topografiya, geologiya, gidrogeologiya, yoʻlsozlik va boshqa izlanishlar, shuningdek, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari suv rejimini oʻzgartirish bilan bogʻliq gidrotexnik, melioratsiya, chorva mollarini boqish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (ruxsatnomasi boʻyicha) va ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda hamda davlat oʻrmon fondi yoki Qoʻmitaning doimiy foydalanishida boʻlgan yaylov yerlar tegishlicha oʻrmon xoʻjaligi organlari yoki Qoʻmita bilan kelishilgan holda;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-oktabrdagi 534-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi havo kemalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlari, aerofoto suratga olish — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarini parvozlar boshlanishidan 10 kun avval xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Chegara mintaqasida quyidagi rejim cheklovlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport va havaskorlik ovi, baliq ovlash, tabiat qoʻynida dam olish, shuningdek, shaxslarning biron-bir zaruratsiz boʻlishi man etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarni va obyektlarni kinofoto suratga olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda ov qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslar va transport vositalariga faqat ishlab chiqarish yoki xizmat zarurati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat chegarasidagi vaziyat murakkablashganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari chegara mintaqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv organlarini xabardor qilgan holda quyidagi vaqtinchalik qoʻshimcha rejim cheklovlarini joriy qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasiga shaxslarning kirishini toʻliq man etish yoki cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar amalga oshiriladigan, chorva mollari boqiladigan hududlarni va boshqa faoliyatni cheklash, suzuvchi vositalarning chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalariga chiqishini man etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara mintaqasida shaxslarning boʻlish vaqtini qisqartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tozalash mintaqasida Davlat chegarasini jihozlash, qoʻriqlash va himoya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyat man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida profilaktika mintaqasida chorva mollarini boqish va saqlash man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Davlat chegarasiga tutash hududlar va chegaradosh qoʻshni hududlarda barqaror epizotik vaziyat boʻlganda, chegara mintaqasida chorva mollari buning uchun maxsus ajratilgan joylarda faqat kunduzi boqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Chorva mollarini boqadigan yuridik va jismoniy shaxslar chegara mintaqasida chorva mollarini boqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan belgilangan talablarni soʻzsiz bajarish choralarini koʻrishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chegara zonasiga belgilangan tartibda kiradi hamda boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari ularning kirishi va boʻlishi uchun ruxsat etilgani bilan bogʻliq barcha holatlar toʻgʻrisida Davlat xavfsizlik xizmati organlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasida boshqa rejim cheklovlari ham joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish) uchun ruxsatnomalar olish va ularni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Yuridik va jismoniy shaxslar chegara mintaqasiga kirishga (boʻlish, ishlarni amalga oshirish) ruxsatnoma olish uchun ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va raqami, ishlar amalga oshiriladigan joy, ularning vaqti va xususiyati) aks ettirilgan hamda pasportlarining nusxalari ilova qilingan roʻyxatlar uch nusxada ariza-xatiga ilova qilinib, ishlar (faoliyat) boshlanishidan 30 sutka avval kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ariza-xatini yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga chegara mintaqasida boʻlish uchun ruxsatnomalar berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza-xatida axborot toʻliq koʻrsatilmagani yoki ataylab yolgʻon maʼlumotlar maʼlum qilingani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) harbiy va boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat eʼlon qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tegishli hududiy organlarining rad etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish, ishlarni amalga oshirish) rad etilgan sabablar xat yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga maʼlum qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chegara mintaqasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi bilan kiradi va unda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarida kemalarni roʻyxatga olish va ularning boʻlish tartibi, prichallarni jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Chegara mintaqasida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan baliq ovlash, ov qilish, ilmiy-tadqiqot, oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalar belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi hamda toʻxtash uchun ajratilgan doimiy joylar bilan birga pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlariga roʻyxatga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilanmagan pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlari va buning uchun ajratilmagan boshqa joylarda oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalarni saqlash, ularning turishi, odamlarni chiqarish va tushirish, yuklarni ortish hamda tushirish man etiladi, tabiiy ofatlar va avariya holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Suzish vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli chegara daryolari, koʻllari yoki boshqa suv havzalariga chiqishi uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi, ularning ushbu suvlarda boʻlishi va harakatlanish tartibi, shuningdek, qayd etilgan kemalar va ularni nazorat qilish vositalari uchun pristanlar, prichallar hamda toʻxtash punktlarini jihozlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemalarni davlat roʻyxatidan va texnik nazoratdan oʻtkazish organlarining mansabdor shaxslari oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun pristanlar, prichallar va toʻxtash punktlarini, shuningdek, suv obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda borib koʻrish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yuridik va jismoniy shaxslar tegishli pristanlar, prichallar va oʻzlariga qarashli kemalar toʻxtash punktlarini belgilangan tartibda jihozlashi, ularning qoʻriqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan aloqani taʼminlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Chegara rejimini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan maʼmuriy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/504/1459-son, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)