Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 03.07.2018 yildagi PQ-3831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan oʻzaro foydali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yil 18 — 22-iyun kunlari Seul shahrida (Koreya Respublikasi) Koreya fond bozori ishtirokchilari uyushmasi (KOSDAQ), Koreya xalqaro savdo uyushmasi (KITA), Milliy agromadaniy kooperativlar federatsiyasi (Nonghyup), Koreyaning blokcheyn-tadbirkorlar uyushmasi va Koreyaning yirik kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari boʻyicha quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning ikkinchi yarim yilligida Toshkent shahrida Koreya fond bozori ishtirokchilari uyushmasi (KOSDAQ) bilan hamkorlikda biznes-forum oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Koreya xalqaro savdo uyushmasi (KITA) oʻrtasida Strategik sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda koʻmaklashish va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun Milliy agromadaniy kooperativlar federatsiyasi (Nonghyup) rahbariyatining tashrifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ayrim obyektlarini va sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, Toshkent viloyatida bolalar koʻngilochar bogʻini, Toshkent shahrida tijorat va turar joy koʻchmas mulk obyektlarini qurish loyihalarini, energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish, hisobga olish asbob-uskunalari va ular uchun konsentratorlar ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha tajriba loyihalarini Koreya kompaniyalari bilan roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Koreyaning blokcheyn-tadbirkorlar uyushmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida blokcheyn texnologiyalarni joriy etishda Koreya tomonidan texnik koʻmak berilishini nazarda tutadigan Hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar va loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida 2021-yil 1-iyulga qadar muddatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha, pudrat va subpudrat tashkilotlari — loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilayotgan hajmlari boʻyicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi, bosh loyiha va pudrat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar va subpudrat tashkilotlari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar — qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha buyurtmachi, bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar — bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni oʻtkazish va loyihalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijlik mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyurtmanomalariga binoan konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni oʻtkazish va loyihalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijlik mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi buyurtmanomalariga binoan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi buyurtmanomalariga binoan ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan loyihalarni amalga oshirish uchun respublikaga yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb etiladigan xorijlik mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini ) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, zaruratga koʻra, ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy kreditlar va qarzlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlari berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3831-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3831/1451-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)