Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida omixta yemni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1884-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son “Respublikada zamonaviy sanoat usulida omixta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 22-dekabrdagi 60 va 118-son “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida omixta yemni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1884 2009-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 19-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-may,
19-son
Moliya vaziri D. QOʻChQOROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-may,
100-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 28-may
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 28-may
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 28-may
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi S. XAYDAROV
2018-yil 28-may
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi v.v.b. F. IBRAGIMOV
2018-yil 28-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/1884-1/1449-son)