ILOVA
1-ILOVA
|
JISMONIY RIVOJLANISh VA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI | ||
|
Kichik soha: Yirik motorika | ||
|
Talab: Bola oʻz tanasi va uning aʼzolarini boshqaradi, maqsadli toʻgʻri harakatlanadi | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
boshi va koʻkragini koʻtaradi; orqasidan qorniga va qayta oʻgiriladi; yordamsiz oʻtiradi; oyoqlarini izlaydi va topib, ogʻziga tortadi; turli yoʻnalishlarda emaklaydi; toʻrt oyoqlab harakatlanadi; tirgakka suyangan holda oyoqda turadi; kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi ; yura boshlaydi ; kichik toʻsiqlar ustidan xatlab oʻtadi. |
kattalar yordamisiz turli yoʻnalishlarda yuradi; tizzasiga oʻtiradi; yuguradi; engashib oʻyinchoqlarni oladi; zinapoyadan yuqoriga qadama-qadam koʻtariladi. |
bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi; mustaqil zinapoyadan koʻtariladi va tushadi; tepalikdan sirgʻanib tushadi; ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi; kichik toʻsiqlar ustidan sakrab oʻtadi; yopiq eshikni ochadi, eshikdan kiradi va chiqadi; uch oyoqli velosipedda uchadi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolani sevimli oʻyinchogʻi yaqiniga emaklab kelishini ragʻbatlantirish; bola oʻtirgan holatdan yotgan holatga tushishi va koʻtarila olishi uchun yumshoq joyni taʼminlash; bolani qorindan orqasiga aylanishiga va qorniga oʻgirilishiga ragʻbatlantirish; “men tomon emakla”, “oʻtir” koʻrsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda oʻyinlar tashkil qilish; bola xatlab oʻta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan taʼminlash; vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni) bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki xatlab yetishishi uchun imkoniyat yaratish. |
bolaga tortish, choʻzish, koʻtarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish; bola bilan qoʻl va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib oʻynash; bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish; bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik oʻyinchoq mashinalar bilan oʻynashni oʻrgatish; bola bilan toʻgʻri yoʻnalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatini beradigan oʻyinlar oʻynash; ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish. |
bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish; bola bilan yoʻnalishini topishi va boʻsh joyda harakatlanishi uchun harakatli oʻyinlar oʻtkazish; bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishida koʻmaklashish; bolalarni harakat faolligini tashkillashtirishda jamoaviy shakllarga jalb etish; tanish harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishgan holda bajarish; polda turli kataklar, yoʻlakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bagʻishlaydigan mashqlar bajarish. |
|
Kichik soha: Mayda motorika | ||
|
Talab: Bola qoʻli va barmoqlarini turli maqsadlarda muvofiqlashtiradi va ishlatadi | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
predmetlarni ushlaydi; predmetlarni bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga oladi; bir vaqtda bir necha predmetlarni qoʻlida ushlaydi; barmoqlari bilan turli oʻyinchoqlarni aylantiradi; oddiy oʻyinchoqlarni boʻlaklarga ajratadi va yigʻadi; qarsak chaladi; qoʻlini silkitadi. |
koʻpincha bir necha varaqni oʻtkazib, kitob betlarini varaqlaydi; predmetlarni teradi va birlashtiradi (piramida va hokazo); predmetlarni burab qoʻyadi va burab oladi; “barmoqlar oʻyini”ni oʻynaydi. |
5 — 7 halqali piramidani boʻlaklarga ajratadi va yigʻadi; teshik shakliga mos keladigan yassi va hajmli shakldagi predmetlarni joylashtiradi ; halqaga arqonni oʻtkazadi ; katta hajmli sodda mozaykalarni yigʻadi ; oson qurilish konstruksiyalarini quradi; kattalar yordamida yirik munchoqlarni ipga oʻtkazadi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
har bir harakatni aniq tushuntirgan holda harakatni koʻrsatish; qurilmalar bilan oʻynash; bolaga oʻyinchoqlar berib, ularni oʻrganib chiqishiga imkoniyat berish; bolaga xavfsiz predmetlar, shaqildoqlar, kichik piramidalar va boshqa predmetlarni kattalar nazorati ostida tanlashi va saralashi uchun berish. |
bolaga, ochish/yopish mumkin uy-roʻzgʻordagi oʻyinchoq va predmetlarni taqdim etish (sinmaydigan qopqoqli bankalar, kastryullar). |
bola bilan muntazam shugʻullanish: hamkorlikda hayvonlarni, uy-roʻzgʻor buyumlarini (likopcha, piyola, qoshiq) loydan yoki plastilindan yasash, ushbu barcha predmetlarni chizish; qumdonda bola bilan oʻynash, qumdonda kichkina oʻyinchoqlarni bekitish mumkin, bola esa ularni oʻzi qidiradi; qoʻllar mayda motorikasining sensomotor muvofiqligini rivojlantirish uchun bogʻlash oʻyinlarini oʻtkazish bolaga kubiklarni yigʻish, qulflarni yopish va ochish imkoniyatini berish va h.k. |
|
Kichik soha: Sensomotorika | ||
|
Talab: Bola sezgi organlari yordamida oʻz harakatlarini boshqarishga qodir | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
muhitni qoʻllari va ogʻzi bilan oʻrganadi; predmetlarni bir-biriga uradi ; qarsak chaladi ; qiziqtirayotgan obyektga intiladi. |
yoqtirgan taomi va boshqa buyumlarga qoʻlini choʻzadi; likopchani (piyola) ushlaydi va undan ichadi ; suvni bir idishdan boshqasiga toʻkadi; ikki qoʻli bilan koptokni irgʻitadi; koptokni dumalatadi va otadi; oyogʻi bilan koptokni itaradi; ipga bogʻlangan aravacha yoki mashinani boshqaradi. |
koptokni boshqalarga dumalatadi; kattalarga koptokni otadi; tortilgan arqon ustidan koptokni otadi; piramidani rangi, shakli va kattaligiga qarab yigʻadi; tanish sabzavot va mevalarning taʼmini aniqlashi mumkin; past va baland ovozlarni ajratadi; qoʻl va oyoqlarini bir maromda uygʻun harakatlantiradi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
ovqatlanish va tamaddi qilishning aniq vaqtini belgilab qoʻyish bolaga quti berish va oʻyinchoqlarini unga yigʻishini iltimos qilish; bolaga sevimli taomlarini taklif qilish; bolaga u koʻrayotgan narsasi va harakat oʻrtasidagi bogʻliqlikni anglashiga koʻmaklashish (qara, koptok dumalayapti, bor, uni tutib ol); bolaning har bir muvaffaqiyatini ragʻbatlantirish. |
bolaga bir necha taomdan birini tanlash imkonini berish; bolani kun mobaynida mustaqil piyoladan ichishini ragʻbatlantirish; bolaga sezgisi bilan harakatlarni birlashtiruvchi jismoniy mashqlar imkonini taklif qilish (soyalar oʻyini, oyoqlar bilan chizish, signal boʻyicha harakat ); turli material va turli shakldagi predmet va oʻyinchoqlarni taklif etish va ularni nomini aytish. |
bola bilan doimiy muloqotda boʻlish, u bilan oʻynash, u kublarni, piramidalarni, matreshkalarni qismlarga ajratish, yigʻish, predmetlarni qutilarning mos keladigan teshigiga kirgizish; salatlar tayyorlayotganda, bolaga sabzavotlarni tatib koʻrib, taʼmi va hidiga qarab aniqlash imkonini berish ; “Sekin va baland”, “Nima jaranglayotganini aniqla!, “qadam tashlaymiz va raqsga tushamiz”, “Nimani eshityapsan?” kabi oʻyinlarni oʻynash. |
|
JISMONIY RIVOJLANISh VA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI | ||
|
Kichik soha: Sogʻlom turmush tarzi va xavfsizlik | ||
|
Talab: Bola salomatlikni saqlash koʻnikmalarini namoyon qiladi, xavfsiz sogʻlom ovqat va hayotni saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega | ||
|
tugʻilgandan-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
yaxshi ishtaha va uyquga ega ; qoshiq bilan mustaqil yeyishga harakat qiladi; qoʻlining barcha barmoqlarini qoʻllab gubkani siqadi; yuzi, ogʻzi va qoʻllarini artadi; butilkadan ichadi; choʻmilayotganda suvni sachratadi. |
kattalar yordamida tishlarini tish chyotkasi bilan tozalaydi; mustaqil yuzi, ogʻzi va qoʻllarini artadi; kiyimini yechishga harakat qiladi; stol va pollarni artishga taqlid qiladi. |
qoʻlini sovun bilan ishqalaydi, koʻpigini yuvadi va sochiqqa artadi; mustaqil qoshiq bilan taomlanadi; qoʻl sochigʻidan (salfetkadan) ovqatlanish jarayonida foydalanadi; suv muolajalariga ijobiy munosabat bildiradi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bola bilan birgalikda joʻmrakdan oqayotgan suvni kuzatish; qoʻl yuvish jarayonini koʻrsatish; bolaga sovun berish, undan qanday foydalanishni koʻrsatish, hidlab koʻrish imkoniyatini berish, rangiga bolaning eʼtiborini qaratish; choʻmilish vaqtida gubka, mayda oʻyinchoqlar va koʻpik bilan oʻyinlar tashkil qilish. |
bolaga qanday qilib tishni tozalash va ogʻizni chayish kerakligini koʻrsatish; bolaning urinishlarini ragʻbatlantirish; suv nimaga kerakligini tushuntirish; jarayon vaqtida turli sheʼrlardan foydalanish; chyotka bilan ishqalangandan soʻng kir joy qanday tozalanishini namoyish qilib berish. |
bolalarni mustaqil harakatga oʻrgatish; bolalarni toʻgʻri ovqatlanishga oʻrgatish; bolaga organizm uchun nima foydali, nima zarar ekanligini tushuntirish; salomatlikni saqlash va mustahkamlashda shaxsiy namuna koʻrsatish |
|
Kundalik hayotda, jamiyatda, tabiatda xavfsiz yurish-turish asoslarini shakllanishi. Tugʻilgandan 3 yoshgacha Bola hali juda kam tajribaga ega boʻlganligi sababli: bolani qarovsiz qoldirmaslik va travmatizmni oldini olish; oʻyin va mustaqil harakat mobaynida doimiy ravishda bolaning kayfiyatini kuzatish; sokin va doʻstona ohangda gapirish; bolaga oʻyinchoq tanlashda ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish lozim. | ||
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh | ||
|
Kichik soha: “Men” konsepsiyasi | ||
|
Talab: Bola oʻzini oʻz xususiyatlariga ega, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi. Bola mustaqil va oʻziga javob beradi | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
oʻz ismiga munosabat bildiradi, ishora va tovushlar bilan javob beradi; ayrim tana aʼzolarini koʻrsatadi(boshi, qoʻli, oyogʻi, burni); koʻzguda oʻz aksiga kuladi; kattalar eʼtiborini turlicha oʻziga tortadi; istagan natijaga erishganda xursandchilikni ifodalaydi yoki norozilik bildiradi, injiqlanadi. |
koʻzguda, rasmda oʻzini taniydi, oʻz ismini biladi; kattalar talabi bilan uning istagi toʻgʻri kelmaganda eʼtiroz bildiradi; kattalar tomonidan oʻzining harakatlariga bildirilgan ragʻbat va tanbehni farqlaydi. |
oʻzi va buyumlari haqida soʻzlaydi (bu meniki); hamma ishni oʻzi bajarishga intiladi; oʻzi bajargan ishga sevinadi; oʻz narsalarini taniydi ; oʻzini aniq bir jinsga mansubligini biladi; biror bir ishni mustaqil bajaradi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolani ismi bilan chaqirish; bolaning tana aʼzolarini koʻrsating va nomini aytish; bolaga koʻproq tabassum bilan qarash, u bilan birgalikda koʻzguga qarash; turli vaziyatlarda bolaning hissiyotlarini taʼriflab oʻtish (“Zarina ayiqcha kelganiga xursand boʻlyapti”, “Shahzoda charchadi, uyqusi kelyapti); bolaning harakatlariga koʻra munosabatni bildirish. |
bolaga oʻzini ijobiy baholashida koʻmaklashish: “men — yaxshi”, men tirishqoq”; bolani boshqalar bilan boʻlashishga oʻrgatishni boshlash; “oʻgʻil bolalar — kuchli”, “qiz bolalar — muloyim” kabi stereotiplardan qochish; “man etiladi” va “...mumkin emas” iboralaridan voz kechish; bolaga notoʻgʻri harakatlar oqibatini tushuntirgan holda uni yoʻnaltirish (“qum koʻzingga tushsa, koʻzing ogʻriydi”). |
bolani boshqalar bilan muloqotda oʻzini tanishtirishga odatlantirish; bolani yutuqlari uchun albatta maqtash, yutuqlar kichikroq boʻlsa ham; bola bosh boʻladigan holatlarni tashkillashtirish; tanbeh berishdan oʻzini tiyish. |
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh | ||
|
Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish | ||
|
Talab: Bola boshqalarning his-tuygʻularini farqlashi va oʻzinikini ifodalashga qodir | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
atrofdagilar kayfiyatini soʻzlashuv ohangiga qarab aniqlaydi (onam xursand boʻlyapti, bobomning jahli chiqyapti); qarsak chaladi, xursand boʻladi, biron-bir tovush yoki harakati atrofdagilarga taʼsir qilishini anglasa, ushbu tovush va harakatlarni qaytaradi. |
kattalarning unga munosabatidan oʻz hissiyotlarini, taassurotlarini namoyon qiladi; hayrat, zavq, qoʻrqinchni ifodalaydi; mustaqil oʻyin harakatlari bilan bogʻliq boʻlgan quvonchni (xafalikni) koʻrsatadi. |
muloqotda ochiq, ijobiy emotsional ruhiyat ustun, atrofdagilarga asossiz tajovuzkorlik koʻrsatmaydi; boshqalarga achinadi, qaygʻuradi ; boshqa odamning emotsional holatini tushuna boshlaydi va shunga mos munosabat bildiradi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolaning har bir yutugʻini maqtash va qoʻllab-quvvatlash; oʻyinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish; oilada emotsional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan oʻynash; oʻyin vaqtida bolaga oʻziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat q�lish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va loʻnda tushuntirish; baland tovush va shovqinlarni cheklash. |
bola bilan u bilan bogʻliq boʻlgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish; bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish; bolaning jahli chiqganda, xafa boʻlganda yoki oʻzini yomon his etganda yonida boʻlish. |
bola bilan suhbatda hissiyotlarni taʼriflovchi soʻzlarni qoʻllash; multfilm qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi soʻzli oʻyinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuygʻular haqidagi hikoyalar va sheʼrlarni oʻqish. |
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh | ||
|
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot | ||
|
Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
salomlashadi, munosabat bildiradi, xayrlashayotganda qoʻlini silkitadi; boshqa bola harakatini kuzatadi, kuladi yoki bogʻlanishsiz gapiradi; kattalarning koʻp murojaatlariga javob beradi, biroq baʼzilarini eʼtiborga olmaydi. |
kattalar harakatiga taqlid qilishga intiladi; tovushi yoki harakati bilan boshqa bolaning diqqatini oʻziga tortadi; boshqa bolalar bilan oʻyinda qatnashadi; turi harakatlarni bajarib, hayvonlar harakatini oʻxshatib harakatli oʻyinlarda ishtirok etadi. |
kattalar harakatiga taqlid qiladi; kattalarni birga oʻynashga jalb qilishga intiladi; tengdoshlari yonida oʻynaydi; boshqa bolalar bilan oʻyinchoqlarini boʻlishadi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolaga harakatlar namunasini koʻrsatish (salomlashish, xayrlashish); bolani kattalar murojaatiga javob bergani uchun maqtash; ochiq havoda boshqa bolalar bilan birgalikda sayr tashkillashtirish; harakatlarni soʻzlar bilan qoʻshib olib borish. |
bolaga oʻyin yoki harakatning umumiy qoidalarini tushuntirish (biz qumni oʻynaymiz, lekin qumni sochmaymiz); tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatga jalb qilish |
bola bilan oʻyin mobaynida boshqalar bilan hamkorlik qilishni shaxsiy namuna asosida namoyish etish; muloqot jarayonida chegara belgilash; bolani boshqa bolalar bilan taqqoslamaslik. |
|
NUTQ, MULOQOT, OʻQISh VA YoZISh MALAKALARI | ||
|
Kichik soha: Nutq va til | ||
|
Talab: Bola nutqni tinglash va tushunishga, gapirish va muloqot qilishga qodir | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
ba-ba, ma-ma, bu-bu va boshqa boʻgʻinlarni talaffuz qiladi; bolalar qoʻshiqlari, ovutmachoqlar, ertaklar, qisqa va sodda hikoyalarni tinglaydi; nomi tilga olingan obyekt tomon qaraydi (oyisi qani…); yorqin rasmli kitobchalarni koʻrishga qiziqish bildiradi. |
kundalik hayotda bajariladigan harakatlarni anglatuvchi soʻzlar maʼnosini tushunadi; oʻrindosh soʻzlarni qoʻllaydi, kattalar ketidan yengil soʻzlarni qaytaradi; kattalar nutqiga taqlid qiladi; kitoblarni oʻrganadi. |
istak va iltimosni ifoda etadi; kattalar nutqini toʻgʻri tushunadi; kattalarning oddiy topshiriqlarini bajaradi; harakatlarni nutq bilan birga olib boradi; soʻzlardan foydalanadi; kitob oʻqib berishlarini soʻrashi mumkin; rasmlar boʻyicha kitobni taniydi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolani parvarishlash jarayonida (emizish, choʻmiltirish, uxlashga yotqizish) u bilan gaplashish, tana aʼzolari, kiyim, buyumlar nomini aytish; bolaga turli hikoyalar, ertaklar aytib berish, birgalikda yorqin kitoblarni tomosha qilish va bolani diqqat bilan tinglashga qiziqtirish; bola bilan muloqot mobaynida unga savollar berish va maʼnosi boʻyicha toʻgʻri javobni takrorlashga undash. |
bolaga kitob oʻqib, turli hikoya va ertaklarni soʻzlab berish; sayr davomida koʻrgan narsalarni muhokama qilish (kuchuk yuguryapti, bolakay maktabga ketyapti); bola bilan birga kitob doʻkonlari va kutubxonalarga borish; televizor koʻrish va elektron texnika qoʻllashni chegaralash. |
bola bilan muloqot vaziyatlarini yaratish, savollar berish; bolaga topshiriqlar berish, masalan, “qiyom uchun likopcha olib kel”, “qizil qalamni ol”, “kichik ayiqchaga qoʻshiq aytib ber”; bolaning soʻz boyligini turli didaktik oʻyinlar, kuzatuv va tomoshalar orqali boyitib borish; kitob xarid qilishda bolaga tanlash imkonini berish. |
|
NUTQ, MULOQOT, OʻQISh VA YoZISh MALAKALARI | ||
|
Kichik soha: Qoʻl barmoqlari mayda motorikasi | ||
|
Talab: Bola asosiy harakatlarni egallagan, qoʻllarning mayda motorli koʻnikmasiga ega | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
turli yuzalarda barmoqlari bilan guash(boʻyoq) yordamida chizadi (oyna, sellofan, qogʻozda). |
ishlatayotgan buyumlarini barmoqlari bilan ushlaydi; (qalam, moʻyqalam, marker) betartib chiziqlarni chizadi. |
turli erkin chiziqlar va noaniq aylanalar chizadi; turli yuzalarda turli shakllar chizadi; oʻz ismining yozuvini taniydi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolani rasm yaratish uchun barmoqlaridan foydalanishga ragʻbatlantirish. |
bolaga yirik harflarni taklif etish, ushbu harflarni qum orasiga bekitib birgalikda izlash; harflar shaklidagi pechenyelarni xarid qilish; stikerli kitoblardan foydalanish; bola soch oʻrishga oʻrganishi uchun sochli qoʻgʻirchoqlardan foydalanish. |
bolaga yechinish va kiyinish ketma-ketligini koʻrsatish; bola bilan turli topshiriqli oʻyinlar oʻynash: stolga qoshiqlarni qoʻyish, non idishni olib kelish; bola bilan chizish, qirqish, yopishtirish va yelimlash; qum, xamir va shakllar bilan oʻynash; bolani kichik yutuqlari uchun doim ragʻbatlantirish. |
|
BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI | ||
|
Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari | ||
|
Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
oʻz oʻyinchoqlarini tekshirish(oʻrganish)ni boshlaydi: ogʻziga soladi, uloqtiradi, boʻlaklarga boʻladi, taqillatib koʻradi, ikkitasini bir-biriga uradi va chiqayotgan tovushni tinglaydi; biror bir tovushni atrof-muhit bilan bogʻlaydi (masalan, mushukni “myau” bilan, kuchukni “vov” bilan) atrofidagi obyektlarni kuzatadi. |
rasmdagi predmetlarni taniydi; tabiat hodisalarini qisqa muddat ichida kuzatadi; ayrim sabzavot va mevalarni biladi va farqlaydi; hasharotlar (chuvalchanglarni tegib koʻradi, chumolini kuzatadi), hayvonlar (uy hayvonlariga qaraydi, ularni koʻrsatadi), oʻsimliklar (gullarni yuladi, barglarni toʻplaydi) bilan qiziqadi. |
tana aʼzolarini koʻrsatadi va ularning funksiyasini biladi; predmetlarning taktil xususiyatlarini biladi (yumshoq, qattiq, dagʻal, silliq); predmetli rasmlar orqali jonli tabiat obyektlarining nomini biladi (hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar); tabiatning ayrim hodisalarini far?laydi (yomgʻir, qor). |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolaga turli obyektlarni boshqarish imkonini berish; bolani bir-biriga mos oʻyinchoqlarni jamlashga qiziqtirish — qoʻgʻirchoq kiyimi qoʻgʻirchoqqa mos kelishi bolaga atrofdagi yangi narsalarni koʻrsatish va uning munosabatini kuzatish; yangi obyektlarni qoʻllagan holda bola bilan oʻynash ; turli hayvonlar turli tovushlar chiqarishini namoyish qilish. |
bola bilan toza havoda, fermada (uy hayvonlari), hayvonot bogʻida sayr qilish; ob havo va hissiyotlar haqida soʻzlashish; yomgʻir yoki qor vaqtida bola bilan qor parchalari yoki yomgʻir tomchilarini kuzatish; koʻlmakka sakrash, qordan shakl yasash; varrak uchirish biror bir obyektni uzoq kuzatish. |
turli fakturali predmetlarni ushlab koʻrishni va nomini aytishni taklif qilish; barglar, choʻplar, toshlar yigʻish hududda qush va hasharotlarni, akvariumda baliqlarni, ariqda yoki koʻlmakda suv harakatini kuzatish; tabiat hodisalarini kuzatish, qor, koʻlmak, quyoshli quyonchalar, qum, suv va soya bilan oʻynash. |
|
BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI | ||
|
Kichik soha: Elementar matematik malakalar | ||
|
Talab: Bola boshlangʻich matematik malakalarga ega | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
predmetlarni katta va kichikka ajratadi. |
miqdorni “bitta”, “koʻp”ga ajrata oladi. |
predmetlarni rangi va shakliga qarab farqlaydi; predmetlarni kichigidan kattasiga qarab bir qator qilib joylashtiradi; shakllarni oʻziga mosini topadi (Segen doskasi). |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
turli oʻlchamdagi kubiklarni oling va ularni katta va kichikka ajratishni koʻrsatish; bolaga raqamlar yozilgan kartochkalarni koʻrsatish; bolani sensor tajribasini boyitish maqsadida qoʻlini ushlab turli shakllar ustidan yurgizish (boshi dumaloq, koʻzi kichkina). |
bolaga predmetlarning hajmi, ogʻirligi va uzunligini taʼriflab borish; bolaga sayr davrida elementar matematik savollar berish: biz qancha zinapoyani bosib oʻtdik?, senda nechta oʻyinchoq bor? bolani matematik bilimlarini rivojlantirish boʻyicha faoliyatga jalb qilish (menga bitta piyola olib kel, ikkita pechenye ber). |
bola diqqatini bir-biridan farq qiladigan oʻlchamdagi predmetlar va ularning nomlanishiga qaratish (katta-kichik); predmetlarni shakli boʻyicha ajratish va nomini toʻgʻri aytish malakasini shakllanishiga koʻmaklashish (kubik, gʻisht, shar); bolada atrof-olamni amaliy oʻzlashtirish tajribasini ortishiga koʻmaklashish; yotoqxona, mehmonxona, oʻyin xonasi va boshqa xonalarni ajratishga oʻrgatish; bola bilan birgalikda zinapoyalarni, qarsak va boshqalarni sanash. |
|
BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI | ||
|
Kichik soha: Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat | ||
|
Talab. Bola oʻzining tabiiy muhitiga qiziqishini namoyon qiladi, fanni oʻrganishda faol | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
oʻyinchoqlar va predmetlar bilan tajriba oʻtkaza boshlaydi (ushlaydi, chiqaradi, bir-biriga joylashtiradi, bosadi, ochadi) ; boʻsh piyolani oladi va unga suv yoki sharbat quyib berishni soʻraydi; predmetlar yok� insonlarning koʻzdan gʻoyib boʻlishi va paydo boʻlishiga munosabat bildiradi. |
boshqalarning harakatini yoki tushib ketgan predmetni kuzatadi; quvonch yoki qoniqish hissini baxsh etuvchi harakat va tovushlarga erishish uchun predmetlar bilan harakatlanadi; harakatlarga taqlid qiladi yoki boshqalar |
yaqin atrofidagi predmetlarni farqlaydi (oʻyinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyim, poyafzal, mebel) ; ayrim uy va yovvoyi hayvonlarni biladi; ayrim sabzavot va mevalarni farqlaydi kattalar yordamida qurilmalar quradi; oʻz qurilmasi atrofida oʻyin tashkillashtiradi; predmetlarni tegishli muhitga joylashtirishni biladi (jirafni hayvonot bogʻiga, mashinani garajga). |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolani oʻyinchoqlar bilan oʻynashdagi mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash; bolaga tajriba oʻtkazish uchun turli materiallarni turli miqdorda berish; piyolani olish,bolaga ichi boʻshligini koʻrsatish, biror bir suyuqlik bilan toʻldirish va bolaga ichi toʻlganligini tushuntirish. |
bola bilan xirgoyi qilib, tovushlar chiqarib, imo ishoralar bilan oʻynash; bolaga shakli, rangi, ogʻirligi turlicha boʻlgan oʻyinchoq va predmetlarni berish; bola harakatiga munosabat bildirish; oʻzgarishlar jarayonini koʻrsatish (puflash, sovun koʻpiklarini chiqarish); u bilan toʻkilgan barglar ustida yurish, oynalarda tajribalar koʻrsatish. |
yaqin atrofdagi predmetlarni nomini toʻgʻri aytish (oʻyinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechak, poyafzal, mebel); predmetlar rangi, hajmi va qanday materialdan qilinganligini koʻrsatish va tushuntirish (qogʻoz, daraxt, mato, loy); hayvonlar haqida oddiy dalillarni keltirish; mustaqil qurish istakini qoʻllab- quvvatlash. |
|
IJODIY RIVOJLANISh | ||
|
Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish | ||
|
Talab: Bola turli xil sanʼat vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
mutolaa davomida rasmli bolalar ertagi va musiqani tinglaydi; sheʼrlarni tinglaganda kattalar ketidan harakatlarni qaytaradi (boshini qimirlatadi, qarsak chaladi) ; yorqin rangdagi rasmlarga eʼtiborini qaratadi. |
musiqa, tovushlarga munosabat bildiradi; bolalar kitoblarini varaqlaydi va undagi tanish ertak qahramonlarini biladi; kiyimdagi rasmlarga eʼtiborini qaratadi; multfilm tomosha qiladi rasm chizish uchun ranglarni tanlaydi. |
sevimli kitobi va rasmlarni taniydi; ertaklardagi jarayonga oʻz hissiyotlarini bildiradi; boʻyoq va moʻyqalam haqida bazaviy tushunchaga ega; loy va plastilindan foydalanadi; sevimli qoʻshiqlarini tinglaydi; bolalar musiqiy instrumentlarini chaladi; teatrga qiziqish bildiradi; oʻziga moslab kiyim tanlaydi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolaga kitobning bir qismini emas, balki rasmlarni namoyish etgan holda biror bir toʻliq voqeani oʻqishga harakat qilish; bolaga emotsional, hayvonlarga taqlid qilib, oʻqish; bolani ijobiy hissiyotlarga undab oʻqish; bolaga turli xavfsiz ijodkorlik predmetlarini berish ; mumtoz musiqani qoʻyish. |
bolaga tomosha qilish uchun moʻljallangan predmetlarni oʻziga jamlagan ish joyini tashkil qilib berish; bolaga chiroyli manzaralar tasvirlangan disklarni namoyish etish va ularni bola qoʻli yetadigan joyda saqlash; bolalar bayrami va tadbirlarida ishtirok etish. |
bolaga hayvonlarni oʻxshatib, his-tuygʻu bilan oʻqish; bolaning musiqa bilan bogʻliq faoliyatini qoʻllab-quvvatlash (fonli klassik musiqa, bolalar qoʻshiqlari); master klass, bayram, xalq sayllarida ishtirok etishni davom ettirish. |
|
IJODIY RIVOJLANISh | ||
|
Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar | ||
|
Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy oʻzgartirish malakasiga ega | ||
|
0-1 yosh |
1-2 yosh |
2-3 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | ||
|
musiqa tinglash mobaynida tanasi bilan raqs harakatlarini bajarishga intiladi; chiroyli predmet va narsalarga eʼtibor qaratadi. |
kattalar yordamida ovutmachoqlar yodlaydi; chizilgan tasvirlarni barmoqlari bilan yurgizib chiqadi; sodda tasviriy shakllarni qoʻli va barmoqlari bilan chizadi; qum yok loyni ezgʻilaydi; sodda raqs harakatlarini bajaradi (qarsak chaladi, oyoqlari bilan harakatlanadi va hokazo) ; avval tinglagan musiqalarni taniydi. |
oʻz yoshiga monand sheʼrlarni aytadi; ovutmachoq va toʻrtliklarni aytayotganida imo ishoralar bildiradi; namuna asosida tegishli ranglarni tanlaydi; oddiy sanʼat shakllarini boʻyaydi; loy yoki plastilindan shakllar yasaydi; soʻralgan obyektni kubiklardan yasaydi; sodda pazl va mozaikani yigʻadi; musiqa tinglaganda raqsga tushadi; boshqa bolalar bilan birgalikda qoʻshiq aytadi; ritmga mos harakatlanadi; musiqa asosida soʻralgan harakatlarni bajaradi. |
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA FAOLIYAT | ||
|
bolaga quvnoq musiqalar qoʻyish va birgalikda raqsga tushish; musiqaga monand qanday qarsak chalishni koʻrsatish; musiqaga monand oyoq va qoʻllar bilan qanday harakatlanishni koʻrsatish; alla aytish; bolani chiroyli did bilan kiyintirish va kiyim detallariga bolaning diqqatini qaratish. |
bola tasavvurini rivojlantiruvchi muhit yaratish; bolaning musiqiy faolligini rivojlantiruvchi bolalar qoʻshiqlarini eshittirish; bolani taom tayyorlash, xonalarni bayramga tayyorlash jarayoniga jalb qilish; turli tabriknomalarni tomosha qilish, doʻkon va salonlarda kompozitsiya yaratayotgan ishchilar faoliyatini kuzatish |
bolaga mustaqil ishlashi uchun turli tabiiy materiallar, boʻyoq, yelim, qalam va plastilin va hokazolardan tashkil topgan ish joyini tashkillashtirish; bolani chizishga ragʻbatlantirish; bola atrofidagi oʻyinchoqlar, predmet va materiallarni vaqti-vaqti bilan oʻzgartirib turish; bolani tasavvurini qoʻllagan holda biror bir ertak qahramoni boʻlishga undash. |
2-ILOVA
|
JISMONIY RIVOJLANISh VA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI | |||
|
Kichik soha: Yirik motorika | |||
|
Talab: Bola oʻz tana aʼzolarini boshqaradi, maqsadli toʻgʻri harakatlanadi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
turli usullar bilan yuradi (toʻgʻri, erkin, koʻrsatilgan yoʻnalishda) ; kolonna, doira boʻlib saflana oladi; muvozanatni saqlab yuguradi; sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi; bir joyda ikki oyoqlab sakraydi; oldinga siljib sakraydi ; aylana yoyi tagidan emaklab oʻtadi; badantarbiya vaqtida mashqlarni takrorlaydi; uch oyoqli velosipedda uchadi. |
oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va tizzalarini yuqori koʻtarib yuradi; arqon ustida muvozanat saqlab yuradi; tizzalarini yuqori koʻtarib yuguradi; past toʻsiqlar ustidan sakrab oʻtadi; arqonda sakrashga harakat qiladi; gimnastika skameykasi ustida qoʻli bilan tortilib qornida suriladi; gimnastika narvonida harakatlanadi; samokatda uchadi. |
oyoqlarini uchidan tovoniga almashtirib yuradi; toʻsiqlarni aylanib yoki xatlab oʻtadi; gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan xolda, qadamba qadam yuradi; qiya doska ustida toʻgʻri va yoni bilan yuradi; yugurishning har xil turlarini bajaradi (ilonizi, zigzag, mokisimon, toʻsiqlarni yengib oʻtib) ; turli usullar bilan sakraydi; bir necha predmet oralab emaklaydi; qornida yotib, qoʻllari bilan tortilib emaklaydi; gimnastika narvoniga oʻrmalab chiqadi. |
bir, ikki, toʻrtta boʻlib saflanadi, doira boʻlib, qator boʻlib yuradi; yurishda turli topshiriqlarni bajaradi; yengil yuguradi (shiddat bilan, toʻsiqlarni yengib oʻtib, yoʻnalish va muvozanatni saqlagan holda) ; bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini oʻngga va chapga almashtirib sakraydi; arqonda turli usullarda sakraydi; arqonli narvon, yoʻgʻon arqonda yuqoriga koʻtariladi; ikki oyoqli velosipedda uchadi. |
|
JISMONIY RIVOJLANISh VA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI | |||
|
Kichik soha: Mayda motorika | |||
|
Talab: Bola qoʻli va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
xalqaga arqonni kirgʻizadi; mayda predmetlarni maʼlum bir tartibda taxlaydi; mustaqil ravishda oʻyinchoqlarni qutiga joylashtiradi va undan oladi; kattalar yordamida yirik hajmdagi munchoqlarni ipga oʻtkazadi; buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi. |
mustaqil tugmachalarini qadaydi va yechadi, kiyimi va poyabzali ilgaklarini oʻzi taqadi; namuna asosida ipga mayda, oʻrta, va yirik munchoqlarni teradi; qulflarni ochadi va yopadi, kalitdan foydalanadi; mayda buyumlarni buraydi va bir biriga ulaydi (konstruktor qismlari) ; konstruktorning katta va kichik qismlaridan har xil predmetlar yasaydi; namuna asosida toʻgʻri chiziq va aylana chizadi; koʻrsatilgan chiziq boʻyicha qogʻoz, mato va salfetkani buklaydi; koʻrsatilgan chiziq boʻylab qogʻozni qaychi bilan qirqadi. |
yuzalarda turli chiziqlar chizadi (asfaltda klassik oʻyini) ; kichik, oʻrta va katta oʻyinchoqlarni qutiga hajmiga qarab joylashtiradi; murakkab konstruksiyalarni jamlaydi; qopchadagi oʻyinchoqni paypaslab nomini ayta oladi; toʻgʻri chiziq boʻylab qogʻozni mustaqil qirqadi. |
tasavvurdagi predmetlarni qoʻllari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) koʻrsatadi; arqonlardan turli tugunlarni tugadi; oʻyin faoliyati mobaynida mayda oʻyinchoqlar bilan oʻynaydi; belgilangan chiziqlar boʻylab qogʻozni batartib yirta oladi; mayda qismli mozaika va pazllarni yigʻadi. |
|
JISMONIY RIVOJLANISh VA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI | |||
|
Kichik soha: Sensomotorika | |||
|
Talab: Bola sezgi organlari yordamida oʻz harakatlarini boshqarishga qodir | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
katta koptoklarni masofaga, ikki qoʻl bilan, oʻtirib, turib irgʻitadi; belgilangan nishonga predmetni irgʻitadi; boshqa bolaga koptokni irgʻitadi yoki otadi; silliq va notekis teksturaning farqiga boradi; taʼmni aniqlaydi; qoʻgʻirchoqli aravachani itaradi. |
koptokni yerga oʻng va chap qoʻli bilan galma-gal uradi; galma gal chap va oʻng tomon aylanadi; turli tekstura va yuzaning farqiga boradi; matrap bilan mayda uchayotgan, suzayotgan predmetlarni tutadi; sovun koʻpiklarini uchiradi. |
koptokni osmonga irgʻitib, tutib oladi; uzatilgan koptokni turli usullar bilan ilib oladi; koptokni klyushka bilan toʻsiqlarora olib oʻtadi; qumli xaltachani nishonga otadi; boshqa bolaga koptokni ikki qoʻllab asosiy vaziyatdan uzatadi; turli analizatorlar orqali predmetni tadqiq qiladi (koʻzi bogʻlangan xolda, taʼmiga qarab, paypaslab). |
pastdan, boshi uzra koptokni irgʻitadi; koptokni yer boʻylab ilonizi qilib irgʻitadi; chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi; koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling) ; gardishni qoʻlida, oyogʻida, belida aylantiradi; halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi. |
|
JISMONIY RIVOJLANISh VA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI | |||
|
Kichik soha: Sogʻlom turmush tarzi va xavfsizlik | |||
|
Talab: Bola sogʻliqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sogʻlom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
mustaqil qoʻli, yuzini yuvadi, tishini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi; taroq va dastroʻmol yoki salfetkadan foydalanadi; ovqat vaqtida mustaqil qoshiq bilan foydalanadi, ovqatdan soʻng ogʻzini chayadi ; xonada tartibni saqlaydi, oʻzidan keyin oʻyinchoqlarni yigʻishtiradi; mustaqil hojatxonaga boradi; xavfli boʻladigan predmetlarni farqiga boradi. |
vitaminlar va sogʻlom ovqatlanish foydasini biladi; ovqatlanish oldidan qoʻlini yuvadi; sanchqidan toʻgʻri foydalanadi; oʻz tashqi koʻrinishini tartibga keltiradi; hojatxonadan soʻng oʻz-oʻziga xizmat qiladi; yordam soʻray oladi; xavfli boʻlgan predmetlar, joylar va moddalar nomini biladi (zinapoya, boloxona, ochiq oyna, issiq suv, olov, dori, oʻtkir asboblar, elektr); notanish insonlar bilan ketish mumkin emasligini tushuntiradi; qanday qilib gavdani toʻgʻri tutish kerakligini tushuntirib bera oladi. |
shaxsiy gigiyenaga rioya qiladi; stol atrofida ovqatlanish madaniyatiga rioya etadi; vitaminlar va ularni taomdagi foydasini biladi; salomatlik haqida qaygʻurish muhimligini anglaydi; asosiy tana aʼzolari va ularning funksiyalarini biladi; piyodalar uchun asosiy yoʻl qoidalarini biladi; suv ichish foydasini anglaydi va mustaqil suv ichish rejimini bajaradi; xavfsiz xatti-harakatning asosiy qoidalarini biladi va ularga rioya qiladi; yordam zarur boʻlganda kattalarga murojaat qilish kerakligini biladi; xavfli faoliyatlar nomini aytib beradi: xavfli joylarda oʻynash ( mashina qatnovi yoʻlaklarida, qurilish yaqinida, notanish suv havzalarida, koʻl, oqar suvlarda choʻmilish), velosipedda mashina qatnovi yoʻllarida. |
oʻzining tashqi koʻrinishiga etibor beradi; jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi; tabiat burchagidagi oʻsimliklar va jonzotlarni parvarishlaydi; salomatlikka zararli boʻlgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan oʻynash va hokazo) ; bogʻchada, koʻchada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi; piyodalar va velosipedchilar uchun yoʻl qoidalarini biladi; yongʻin xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104 telefon raqamlarini biladi; xavfli vaziyatlarda qanday yoʻl tutishni biladi va tushuntiradi supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yoʻqolib qolsa, oʻzini qanday tutish kerakligini biladi. |
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh | |||
|
Kichik soha: “Men” konsepsiyasi | |||
|
Talab: Bola oʻzini oʻziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va oʻz xatti-harakatiga javob beradi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
oʻzi haqida — “men” deb birinchi shaxs nomidan gapiradi; oʻzi haqida soʻzlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va boshqalarni biladi) ; oʻz yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam soʻraydi; oʻziga doʻst tanlaydi va u bilan oʻynaydi; oʻz oilasi va yaqinlariga qiziqish bildiradi; oʻz ehtiyojlarini bildiradi; ortib borayotgan oʻziga ishonchni bildiradi. |
oʻz xohish istaklari, qiziqishlarini bildiradi; oʻyin davomida rollarni bajaradi; oʻz hatti harakatlariga javob beradi (“buni men qildim”) ; kattalar iltimosini (topshiriqni) bajaradi; mashgʻulot davomida diqqatni jamlaydi; yutuqqa motivatsiya bildiradi; omadsizlik, magʻlubiyatda qaygʻuradi; turli hissiyotlar va kayfiyatlarni namoyish etadi; oʻz oʻyini uchun joy hozirlaydi. |
oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni qabul qiladi va bajaradi; oʻzining qaysi millatga mansubligini biladi ; oʻzining hoxish-istaklari va qiziqishlarini aniq belgilaydi; oʻz hissiyotlarini namoyon qiladi; oʻz oʻzini baholashga qodir; mustaqil oʻziga faoliyat turini tanlaydi; gʻoyalar taklif etadi, tashabbuskor xayrix�h va ochiqkoʻngil. |
mustaqillikka intiladi; oʻzining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuygʻularni anglaydi va farqlay oladi; oʻzining millati, tili va oʻz madaniyatining muhim elementlarini biladi; oʻziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi; shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir; boshqalarga namuna boʻlishga harakat qiladi. |
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh | |||
|
Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish | |||
|
Talab: Bola oʻzining va oʻzgalarning hissiyotlarini anglashga va oʻzining hissiyotlarini moslashtirishga qodir | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
ertak, hikoya, multfilmlar qahramonlariga hamdardlik bildiradi; quvonch, qaygʻu kabi hissiy holatni tushunadi; oʻz kechinmalari va hissiyotlarini namoyon etadi (“menga yoqadi”, “men yoqtirmayman”) ; boshqa bolaning hissiyotlarini aniqlaydi va soʻz bilan ifoda etadi; boshqalarga hamdardlik bildiradi; sujetli-rolli oʻyinlarda ishtirok etadi; oʻz oilasi haqida soʻzlar ekan, nima yoqishi va yoqmasligi haqida gapiradi. |
bolalar bilan oʻyin davomida samimiy munosabat bildiradi; va oʻz oʻyinchoqlari bilan oʻrtoqlashadi; kattalar bilan eslatmasiz salomlashadi va xayrlashadi; oʻz harakatlariga baho beradi; kattalarga murojaat qiladi va oʻz fikrini bayon qiladi; sovgʻa va bayramlarga quvonadi. |
asosiy hissiyotlar sababini tushunadi; kimnidir xafa qilsa, oʻzini aybdor xis qiladi; yaxshi yoki yomon xulqqa baho bera oladi; oʻyin mobaynida gʻoliblikdan quvonishni biladi; yaqin insonlari va doʻstlari bilan oʻz hissiyotlari va kechinmalari bilan oʻrtoqlashadi; qoʻrquv va xavfni tushunadi; tushunarli asarlarni qiziqish bilan tinglaydi va ularga hissiyotlarini namoyon etadi. |
oʻz hissiyotlari nazorat qiladi; turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi; oʻz hissiy holatini izohlab berishi mumkin; boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi; oʻzini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi. |
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh | |||
|
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot | |||
|
Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
oʻz oila aʼzolarini biladi; kattalar harakatiga taqlid qiladi; oʻz harakatlari natijasiga erishishda qatʼiylik bildiradi; kattalar va bolalar bilan birgalikda oʻynaydi; bolalar salbiy harakatiga oʻz munosabatini bildiradi; jamoaviy oʻyin faoliyatida qatnashadi; tengdoshlariga yaxshilik istaydi. |
oʻyin faoliyati davomida muloqotga kirishadi; oʻyinda oʻzaro harakatda boʻlib, ijtimoiy rolni qabul qiladi; guruh qoidalarini bajaradi (oʻyinchoqlarni joyiga taxlaydi, kiyimlarini tartibga soladi va hokazo) ; oʻz oila aʼzolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida maʼlum bir qoidalarga rioya qiladi; oʻz doʻstlari haqida soʻzlab berishi mumkin; kattalar harakatlari va xulq modelini imitatsiya qilgan holda ularga taqlid qiladi; kattalar nazoratisiz topshiriqlarni bajara oladi. |
muloqot davomida oʻz fikrini, hissiyotlarini va taassurotlarini namoyon etadi; oila va guruhda tashkil etilgan mehnat faoliyatida ishtirok etadi; oʻz suhbatdoshiga iltimos yoki maʼlumotni ayta oladi; mustaqil, kattalardan bevosita mustaqillikni erkin namoyon etadi, yordam koʻrsatishga tayyor; tanish insonlar bilan oson muloqotga kirishadi; tushunchalarda yoritilgan ijtimoiy hulq qoida va meʼyerlariga boʻysunadi (mumkin, maʼn etiladi , yaxshi, yomon, kerak) ; boshqa bolalar bilan doimiy doʻstona munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi. |
kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda boʻladi; qiyin vaziyatlarda amaliy yechim qidiradi; boshqalar xatti-harakatiga oʻz taassurotlarini bildiradi; oʻzgalar yutugʻiga quvonganligini namoyon etadi; nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, oʻz oʻyinchogʻini beradi, muloyim soʻzlar aytadi) ; oʻyinlar oʻylab topadi, sujetli rolli oʻyinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi. |
|
NUTQ, MULOQOT, OʻQISh VA YoZISh MALAKALARI | |||
|
Kichik soha: Nutq va til | |||
|
Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, soʻzlashadi va muloqot qiladi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
oʻzining ayrim harakatlarini soʻzlar bilan sharhlaydi; rasmda koʻrgan narsasi haqida soʻzlaydi; kattalarning turli savollariga javob beradi (yaqin atrofiga tegishli) ; muloqot davrida faollik bildiradi; biror bir parchani tinglab, tanish asarning nomini aytadi; kichik sheʼrni yoddan aytadi; kattalar tomonidan aytilgan tanish hikoya, ertakni davom ettiradi yoki tugallaydi; didaktik oʻyinlar oʻynaydi. |
boshlangan hikoyani davom ettira oladi; voqea-hodisalar toʻgʻrisida muhokama davrida savollar beradi va oʻz fikrini bayon etadi; berilgan savolni tushunadi va unga javob beradi; muloqotda feʼl va sifatlarni faol qoʻllaydi; ot va feʼllarni qoʻllagan xolda murakkab boʻlmagan gaplar tuzadi (shifokor kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi) ; “koʻp”, “bitta” maʼnoda soʻzlarni ishlatadi; turli ohangdagi soʻzlarni imo-ishoralar yordamida nutqida ishlatadi; didaktik va soʻz oʻyinlari oʻynaydi. |
kuzatayotgan hodisa va voqealarni tushuntirib beradi; umumlashtiruvchi soʻzlarni toʻgʻri qoʻllaydi (meva, sabzavot, daraxtlar, qushlar, idish-tovoq) ; oʻziga nisbatan predmet�ar joylashuvini taʼriflaydi (oldimda, stolda) ; soʻzlarni mazmuniga koʻra toʻgʻri qoʻllaydi; nutqida maʼnosiga monand asosiy soʻz turkumlarini qoʻllaydi; bir negizli soʻzlarni (namuna asosida) tuza oladi (mushuk-mushukcha-mushukli) ; grammatik sodda va murakkab gaplar tuzadi; suhbatlasha oladi; kattalar yordamida ijodiy hikoya tuzadi; barcha tovushlarni toʻgʻri va aniq talaffuz qiladi; xorijiy tilni bilishi: salomlashish va xayrlashish soʻzlarini qoʻllaydi; 10gacha sanoqni biladi; Asosiy ranglar nomini biladi (oq, sariq, qizil, yashil, koʻk, qora). |
oʻz ona tilida erkin soʻzlashadi; soʻz turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik toʻgʻri qoʻllaydi; gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan soʻzlarga ularni moslaydi; koʻp maʼnoli soʻzlarni turli maʼnolarini farqlaydi; turli gaplarni tuzadi ; shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi; turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi; guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi; qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi; nutqida xorijiy soʻzlarni qoʻllaydi; kichik sheʼrlarni, qofiyalarni soʻzlab berishi mumkin; yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish). |
|
NUTQ, MULOQOT, OʻQISh VA YoZISh MALAKALARI | |||
|
Kichik soha: Oʻqish malakalari | |||
|
Talab: Bola kitob va oʻqishga qiziqish bildiradi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
kitob haqida tushunchaga ega; kattalardan kitob oʻqib berishlarini soʻraydi ; oʻz yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi; kitobdagi rasmlar va soʻzlar orasidagi bogʻliqlikni aniqlaydi; rasmlardan tanish ertak qahramonlarini taniydi. |
tinglagan hikoyasiga munosabatini bildiradi va kattalarga savol beradi; rasmlar asosida tinglagan asarini asosiy oʻrinlarini gapirib bera o�adi; badiiy asardan parcha tinglagandan soʻng asar nomini ayta oladi; oʻz yoshiga mos sheʼrlarni yoddan biladi; kitobni ehtiyotlab foydalanadi. |
soʻzdagi birinchi tovushni biladi; kitobni mustaqil tomosha qiladi; tovushlarni farqlaydi; soʻzlarni boʻgʻinga boʻladi; soʻzlarga qofiya kelishtiradi; nutqning dialogik shaklini qoʻllaydi, savollar beradi; sheʼrlarni yod oladi va ifodali oʻqiydi; sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi; ifodalilikning ohang vositalarini toʻgʻri qoʻllaydi; harflarga tegishli soʻzlarni topadi. |
boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini soʻzlab beradi; sodda va murakkab gaplarni nutqida qoʻllaydi; soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻladi; boʻgʻinli kartochkalar yordamida boʻgʻinlardan soʻzlar tuzadi; soʻz, tovush, boʻgʻin, gap haqida tushunchaga ega; peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni oʻqiydi; bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, sheʼr, hikoya) ; mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi. |
|
NUTQ, MULOQOT, OʻQISh VA YoZISh MALAKALARI | |||
|
Kichik soha: Qoʻl barmoqlari mayda motorikasi | |||
|
Talab: Bolada yozuv malakasi shakllanadi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
2-3 obyektdan rasm tuzadi; varaq sathida toʻgʻri chiziqlar chizadi; harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi; yirik munchoqlarni ipga teradi; yozishga harakat qiladi. |
chiziq, belgi, ilgaklarni sodda namunalarini qayta chiza oladi; predmetlarning murakkab boʻlmagan shakllarini chizadi; rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va boʻyaydi; shablonlarni shtrixlaydi; mayda qismlardan iborat konstruktorni yigʻadi; oʻrta munchoqlarni ipga teradi; aniq belgilangan chiziq asosida qogʻozni qaychi bilan qirqadi; belgilangan chiziq asosida qogʻozni tekis yirtadi; ikki qoʻli bilan qogʻozni buraydi. |
chiziq, ilgak va gajakcha yozadi; qogʻozni turli usulda taxlaydi (origami) ; namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi; barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi; rasmlarni tekis shtrixlaydi; turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada) ; soch oʻradi; mozaika yigʻadi. |
qogʻozda toʻgʻri chiziqlar, soʻzlar va qisqa gaplarni yozadi; daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi; rasmlarni toʻgʻri joylashtiradi; qoʻlni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi; matodagi rasmni toʻqiydi; “oʻziga” va “oʻzidan” harakatlari yoʻnalishini tushunadi; turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi. |
|
BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI | |||
|
Kichik soha: Intellektual-bilish malakalari | |||
|
Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
bitta belgi asosida predmetlarni ajratadi; olti rangni farqlaydi va ajratadi; bir xil poyini topadi; rasmlardagi predmetlarni taniydi va nomini aytadi; jonli obyektlarga qiziqish bildiradi; predmetlar yasalgan materialni farqlaydi (qogʻozdan, taxtadan, temirdan) ; xonani kuzatadi va oʻzi turgan joyni aniqlaydi; atrof-muhitga qiziqish bildiradi. |
rasmlarni solishtiradi; 2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi; jonzodlarni asosiy ehtiyojlarini taʼriflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, nafas oladi, harakatlanadi va hokazo) ; hayot uchun suv, havoning ahamiyatini taʼriflaydi; kun qismlarini nutqida toʻgʻri qoʻllaydi va biladi (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi) ; yil fasllarini tavsiflaydi; atrof olamga faol qiziqish bildiradi. |
rasm asosida sujetni eslab qoladi va gapiradi; ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi; turli hayvonlarning yashash joylarini aytadi (baliq suvda yashaydi, boʻri oʻrmonda) ; geografik tushunchalarni biladi (er, dengiz, togʻ, daryo) ; oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi (yomgʻir yogʻyapti — panaga oʻtish kerak) ; sinash va xatolarni tahlil qilish yoʻli bilan amaliy vazifalar yechimini topishga harakat qiladi (mashinani yurgʻizish uchun kalitni burash kerak) ; obyektlarni tizimga solad. |
atrof-olam haqida mustaqil maʼlumot izlaydi; kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi; yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi; rasmlar boʻyicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi; oʻz mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega; oʻz xalqining ayrim milliy anʼanalari va odatlarini biladi; bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli maʼlumotni topa oladi) ; ichki va tashqi belgilarga koʻra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, �azifasiga qarab). |
|
BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI | |||
|
Kichik soha: Elementar matematik malakalar | |||
|
Talab: Bola elementar matematik malakalarga ega | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
predmetlarni 1-2 ta belgisi boʻyicha guruhlarga boʻladi; atrof-muhitdan “bitta” va “koʻp” ni topadi ; predmetlarni kattaligiga qarab teradi; geometrik shakllarni farqlaydi (doira, kvadrat, uchburchak), shakllar (kub, shar) ; koʻplikni taqqoslaydi; “uzun” va “qisqa” tushunchalari maʼnosini biladi; “yarim”, “yarimtacha” tushunchalarni biladi; sanoq va sonlar qatoridagi bogʻliqlikni tushunadi; mexanik tarzda 5gacha sanaydi. |
geometrik shakllarga oʻxshash predmetlarni topadi; geometrik figura va shakllarni nomini biladi; miqdoriy aloqalarini belgilaydi; sonning miqdoriy tarkibini biladi; matematik tushunchalardan foydalanadi (koʻp, kam, jami, shuncha); ketma ketlikda sanaydi; koʻpliklarni taqqoslaydi “koʻproq”, “kamroq”, “teng”; boʻshliqda yoʻnalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin, uzoq); butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi. |
geometrik shakllarni biladi va ularni predmetlar orasidan ajratadi; predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga koʻra taqqoslaydi; predmetlar guruhini taqqoslaydi; muloqot davrida matematik terminologiyani qoʻllaydi; belgilar tizimini tushunadi (son va belgilarni qoʻllagan xolda +, -, =); 1dan 10gacha boʻlgan sonlarni toʻgʻri va teskari sanaydi; predmetlarni soni va sanogʻiga qarab taqqoslaydi; predmetlar tengligi va tengmasligi guruhlarini aniqlaydi va ularni bir biri bilan taqqoslaydi. |
hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi; geometrik shakllar va figuralarni biladi; 20gacha boʻlgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi; 10gacha qoʻshish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechadi (son va belgilarni qoʻllagan xolda +, -, =); son qatori haqida tushunchaga ega guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga koʻp?, qanchaga kam?); hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ket joylashtiradi; shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni oʻlchaydi. |
|
BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI | |||
|
Kichik soha: Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat | |||
|
Talab: Bola oʻzining tabiiy muhitiga qiziqishini namoyon qiladi, fanni oʻrganishda faol | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda qatnashadi (eritish, boʻyash, choʻktirish, suv sathiga chiqarish va hokazo) ; tabiatdagi ayrim oʻzgarishlarni farqlaydi (qor, yomgʻir, doʻl, issiq, shamol va hokazo) ; ayrim hasharot va qushlarni taniydi va nomini aytadi; ayrim jonivorlar bolalarini nomini toʻgʻri aytadi ; “sujet” asosida qurilmalar yaratadi ; suv va qum bilan oʻynaydi; jonli obyektlarni kuzatadi. |
kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda ishtirok etadi (eritish, yaxlatish, magnetizm, boʻyash, qizdirish, qaynatish va hokazo); yil fasllariga xos tabiat hodisalarini biladi; nima uchun ovqatlanish, nafas olish, oʻqish kerakligini biladi; organizmning maʼlum bir organlari funksiyasini biladi; ayrim jismoniy jarayonlar muhimligini tushunadi; konstruktor, pazl, mozaika, Legodan konstruksiyalar yaratadi. |
tabiat hodisalarini turli omillarga bogʻliqligini tushunadi; tabiatdagi oʻzgarishlar sababini tushuntirib bera oladi (masalan, qor erishi) ; insonlarni atrof-olamga taʼsirini tushunadi (ekin ekish, hosil yigʻish) ; tabiiy materiallardan qoʻl ishlarini yaratishni biladi, ish bosqichlarini belgilaydi; mustaqil qurib yasashi mumkin; jonli va jonsiz tabiatni farqlaydi; insonlar hayotida tabiatning ahamiyatini anglab yetadi. |
qurilmani mustaqil oʻlchaydi (balandligi, uzunligi, kengligi boʻyicha) ; shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bogʻliq savollar beradi; shaxsiy taxminlari haqida gapiradi, avvalgi va hozirgi tajribasini umumlashtiradi va tushuntiradi; tadqiqotda yechimini talab etayotgan muammoni belgilaydi; turli resurslarni qoʻllagan xolda shaxsiy kuzatuvlarni tasdiqlaydi va taʼriflaydi; atrof-muhitni yaxshilashda ishtirokning muhimligini tushunadi (masalan, axlat chiqindilarini tashlash, ularni ajratish, daraxt va gullar ekish, suv, elektr energiyasi va qogʻozni asrash). |
|
IJODIY RIVOJLANISh | |||
|
Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish | |||
|
Talab: Bola turli xil sanʼat vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
illyustratsiya, oʻyinchoq, xalq amaliy sanʼati asarlarini oʻrganishda emotsional taʼsirlanadi; tabiat obyektlarida, oʻyinchoq, bolalarning oʻz kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi; tanish qoʻshiqlarni biladi; diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi; tasviriy sanʼat elementlaridan foydalanadi. |
Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati haqida ilk tushunchaga ega (soʻzana, keramika) ; sanʼatga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga ega (rassom, bastakor, aktyor) ; ayrim sanʼat turlari va janrlarini farqlaydi (qoʻshiq, raqs, musiqa, sheʼriyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik) ; ayrim arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi) ; qoʻshiq va navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi; ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi (pianino, dutor, doira) ; musiqaga monand raqsga tushishi mumkin. |
musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi; musiqaga monand harakatlar oʻylab topishi mumkin; badiiy asarlar qahramonlari rolini oʻynashi mumkin; amaliy sanʼat turlari haqida birlamchi tushunchaga ega; shaxsiy loyihalar yaratishda gʻoyalar bildiradi; musiqada uslublarni farqlaydi; kichik ssenariylar tuzib, sahna koʻrinishlari tashkillashtira oladi; tabiiy materiallardan qoʻl ishlari yasaydi; kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin. |
sheʼrni ifodali oʻqib bera oladi; tanish asarlarni mustaqil soʻzlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi; sheʼriy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi; musiqiy asarning harakterini aniqlashga qodir; bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi; tasviriy sanʼat turlarini farqlaydi. |
|
IJODIY RIVOJLANISh | |||
|
Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar | |||
|
Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy oʻzgartirish malakasiga ega | |||
|
3-4 yosh |
4-5 yosh |
5-6 yosh |
6-7 yosh |
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR | |||
|
tasviriy materiallar nomini biladi va toʻgʻri qoʻllaydi; sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi; tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va boʻyaydi; bolalar musiqiy asboblarida(buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi; bolalar guruhi bilan qoʻshiq aytadi; raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi) ; plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi; tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qogʻozlarni yasatadi; qumdan turli shakl va piramidalar quradi. |
predmetlar shaklini aniq koʻrsatgan xolda qismlarga boy tasvirlar chizadi; sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi; shakllarni turli texnika asosida boʻyaydi; loy, xamir va plastilindan yasaydi; faoliyati boshida koʻz oldiga keltirib tasavvur qiladi; xorda va yakkaxon qoʻshiq aytadi; raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi; musiqiy asboblarda chaladi (qoʻngʻiroqcha, doira, metallofon, uchburchak) ; kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna koʻrinishlarida ishtirok etadi. |
murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, roʻmol, lagan) ; xotira yoki tasavvuriga koʻra sujet yaratadi; qogʻozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari) ; muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi; qogʻoz buklash, yirtish, qirqish yoʻli bilan shakllarni harakati va proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi; tengdoshlari bilan ijodiy oʻyinlar yaratishi mumkin; shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qoʻllaydi; jamoaviy loyihalarda gʻoyalar taklif etadi. |
turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi; individual va jamoada qoʻshiq ayta oladi; raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin; musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda joʻr boʻlib chalishi mumkin; gʻoya yaratadi va tatbiq etadi; maqsadga erishishda oʻrindosh sifatida turli predmetlar qoʻllaydi; turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi; olamni oʻzgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi; buyumlarni ikkilamchi qoʻllashda gʻoyalar taklif etishi mumkin. |