ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Nizoli vaziyatlar, maishiy zo‘rlik va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor profilaktikasining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. |
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni |
2018-yil |
Adliya vazirligi (R. Davletov), |
|
2. |
Nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy, ruhiy-jismoniy zo‘rlik va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish hamda ularni profilaktika qilish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo hamkorligi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qo‘shma qaror |
2018-yil |
IIV (P. Bobojonov), Xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
3 |
Oilada ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ruhiy-jismoniy zo‘rlik va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish hamda profilaktika qilish bo‘yicha Idoralararo chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoralararo reja |
2018-yil |
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev) |
|
4. |
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari huzurida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlar faoliyatini tashkillashtirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD (kelishuv bo‘yicha) qo‘shma loyihasi |
|
II. Nizoli vaziyatlar, maishiy zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish borasidagi ishlarni tashkil etish | ||||
|
5. |
Maishiy zo‘rlik ishlatish, shu jumladan: maishiy zo‘rlik ishlatish jabrdiydalari; maishiy zo‘rlik ishlatgan va shunga moyil shaxslar; maishiy zo‘rlik ishlatilishi jabrdiydalari tomonidan olingan yordam va xizmatlar; maishiy zo‘rlik ishlatilishi faktlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlarga qilingan murojaatlar soni haqidagi xabarlar bayon etilgan ma’lumotlar yagona bazasini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
IIV (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Oliy sud (K. Kamilov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
6. |
O‘z joniga qasd qilishga moyil shaxslarni, shuningdek, keng kompleks ko‘rsatkichlar, omillar va sabablarga ko‘ra o‘z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni hisobga olishning yagona tartibini ishlab chiqish. |
Idoralararo qaror |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov), XTV(U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Davlat statistika qo‘mitasi (B.Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni ta’minlash, shu jumladan: ijobiy psixologik maslahatlar, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish muassasalarining, shu jumladan psixologik va ruhiy-tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning aloqa telefonlarini ko‘rsatgan holda SMS orqali muntazam axborot bilan ta’minlash; murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish va stressga chidamlilikni oshirish usullari to‘g‘risida axborotlar beriladigan veb-saytlarni yaratish; o‘z joniga qasd qilishga moyillikni uyg‘otuvchi va ularni amalga oshirish usullariga o‘rgatuvchi axborotlar bayon etilgan veb-saytlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan axborotlar monitoringini o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Bosh prokuratura (O. Murodov), |
|
8. |
Ta’lim muassasalarining o‘quvchilarida vaziyat taqozosi bilan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari aniqlanganida shoshilinch psixologik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatish mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish, u quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi: o‘quvchida buzilish belgilari aniqlanganida psixoterapevt tomonidan bevosita ta’lim muassasasida shoshilinch maslahat berish tartibini o‘rnatish; “xavf-xatar guruhi”da bo‘lgan o‘quvchining holatini pedagog va psixolog tomonidan kuzatish; “xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash maqsadida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni muntazam ravishda, birinchi navbatda o‘quv yili boshlanishida test orqali tekshirish va so‘rovnomalarni to‘ldirish; “xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha pedagoglar uchun seminarlar va treninglar tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
XTV (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
9. |
Ta’lim muassasalarida maishiy zo‘rlikni profilaktika qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: huquqni buzishga moyil o‘quvchilarni aniqlash va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘rish; ota-onalar bilar o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar monitoringi; ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va ta’lim olishidagi ishtirokini o‘rganish; o‘z farzandlarini majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb etayotgan ota-onalarni aniqlash, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
XTV (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova), |
|
10. |
Oilaviy va shaxslararo nizolarni, psixofizik zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish uchun ta’lim muassasalarini malakali ruhshunoslar bilan ta’minlash. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil |
XTV (U. Inoyatov), |
|
11. |
Ta’lim muassasalarida ruhshunosning maqomini quyidagi yo‘llar orqali oshirish: umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining dars jadvallariga tegishli mashg‘ulotlarni kiritish; o‘quvchilar orasida “xavf-xatar guruhi”ni aniqlash maqsadida ruhshunos tomonidan test tekshiruvlari va treninglarni o‘tkazish soatlarini ajratib berish va tegishli yordam ko‘rsatish; har bir ta’lim muassasasida ruhshunosni alohida ish kabineti bilan ta’minlash; pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasida nizoli vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha pedagoglar bilan psixologik treninglar o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
III. Kadrlar tayyorlash, uslubiy ta’minot, shuningdek, axborot-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish | ||||
|
12. |
“Suitsidologiya asoslari” turkumini ruhshunoslar va pedagog kadrlar malakasini oshirish kursiga kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
13. |
Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zo‘rlik qilish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilish sohasida bevosita faoliyat yuritadigan shaxslarni maxsus o‘quv kurslari tashkil etish, zo‘rlik ishlatilishiga qarshi kurash shakllari va uslublariga o‘rgatish bo‘yicha seminarlar, treninglar, konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, maishiy zo‘rlik ishlatilishidan jabr ko‘rganlar bilan ish olib borish orqali tayyorlash darajasi va malakasini oshirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab |
“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), |
|
14. |
Suitsidologiya va krizisli holatlar psixoterapiyasi sohasidagi ilmiy-amaliy faoliyatni, jumladan, quyidagilar orqali rag‘batlantirish: “Krizisli holatlar psixoterapiyasi”, “Telefon orqali maslahat berish texnikasi” o‘quv dasturlarini yaratish; suitsidologiya va psixoterapiya bo‘yicha davlat tilida o‘quv adabiyotini ishlab chiqish hamda uni respublika tibbiyot va pedagogik ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etish; “Psixiatriya”, “Psixoterapiya”, “Tibbiy psixologiya” va “Psixologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha tadqiqotlar uchun mavzularni tanlashda suitsidologiya vakrizisli holatlar psixoterapiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarga ustuvorlik berish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
15. |
Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish, Xotin-qizlarga nisbatan zo‘rlik ishlatishga chek qo‘yish to‘g‘risidagi deklaratsiya (BMT Bosh Assambleyasining 1993 y. 20-dekabrdagi 48/104-Rezolyutsiyasi) qoidalarini o‘rganish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv dasturlariga kiritish. |
O‘quv-dasturlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar |
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
16. |
Maishiy zo‘rlik ishlatilishi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalar va advokatlar uchun o‘quv kurslarini joriy etish va treninglar o‘tkazish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab |
Adliya vazirligi (R. Davletov), |
|
17. |
Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish va profilaktika qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatga keng tatbiq etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy asosda |
“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), IHMM (A. Saidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
18. |
“Xavf-xatar guruhi”da bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish uchun “suitsidolog” va “tibbiy ruhshunos” lavozimlarini ayrim sog‘liqni saqlash muassasalarining amaldagi shtat normativlariga qo‘shimcha ravishda kiritish takliflarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tahliliy ma’lumot xati |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
19. |
Zo‘rlik ishlatishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ushbu tavsiyalarni maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tarqatish. |
Metodik tavsiyalar |
2018-yil |
“Oila”Markazi (D. Toshmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva),IHMM (A. Saidov) |
|
20. |
Ota-onalarning farzandlarga nisbatan maishiy zo‘rlik ishlatish holatlarini, ularning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini aniqlash, oilada zo‘rlik qilinishiga duchor bo‘lgan bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Metodik tavsiyalar |
2018-yil |
MTV(A. Shin), XTV(U. Inoyatov), |
|
21. |
Maishiy zo‘rlik ishlatilishi-ning oldini olish va unga chek qo‘yish sohasidagi vaziyatning jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Metodik tavsiyalar |
2018-yil |
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), |
|
22. |
O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, diniy konfessiyalar hamda ommaviy axborot vositalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Metodik tavsiyalar |
2018-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
23. |
Nizoli vaziyatlar, maishiy zo‘rlik qilish va o‘z joniga qasd qilish harakatlari, ularning salbiy oqibatlari, maishiy zo‘rlik qilishdan jabrlanganlar hamda o‘z joniga qasd qilishga uringan shaxslar uchun ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish muassasalari hamda boshqa muassasalar, shuningdek, maishiy zo‘rlik qilishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida jamoatchilikning xabardorligini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy asosda |
MTRK (A. Xodjayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev) |