Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish qoidalarini, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 2-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 680-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 20-fevralda 386-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish qoidalari (roʻyxat raqami 680, 1999-yil 22-mart);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 21-sentabrdagi 386-1-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 680-1, 2002-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 19-son).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-may,
19/3-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/680-2/1443-son)