20.06.2018 yildagi PQ-3787-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida respublikada yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar va imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni tashkil etishning taʼsirchan tizimi shakllantirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqatgina 2017-yilda 11 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, 15 ming nafar yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi, qariyb 21 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlandi, 35 ming nafar shaxslar sanatoriyalarda sogʻlomlashtirish kurslaridan oʻtdi, 20 ming nafardan ziyod shaxsga reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi ularga nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilishni kengaytirishga, ilgʻor tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya uslublarini joriy qilishga imkon bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishda qoʻllanilayotgan texnologiyalar jismonan hamda maʼnan eskirgan, ushbu sohada yetarli darajada innovatsion texnologiyalar joriy etilmayapti va ilmiy-tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash rivojlantirilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5270-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va reabilitatsiya choralarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishning zamonaviy uslublarini joriy etish orqali aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish boʻyicha ularning imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy muassasalar va oʻquv-mehnat ustaxonalarini zamonaviy diagnostika qilish, davolash, sport uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini yaxshilash hamda ularning turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini taʼminlaydigan kuchli ilmiy hamda metodologik bazani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasida ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlarini keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2022-yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar boʻshayotgan mablagʻlarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ularga servis xizmati koʻrsatish, ehtiyot qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishga, shuningdek, korxonaning protezchi mutaxassislarini oʻqitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) va malakasini oshirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining ishlab chiqarilgan hajmi boʻyicha yagona soliq toʻlovi va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, instrumentlar va priborlar, kompyuter hamda diagnostika uskunalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari turlarini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash masalalarini oʻrgansin, shuningdek, loyihalarning keyinchalik respublikada, jumladan erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy korxonalarni, chet el investitsiyalarini, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat jamgʻarmalari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari hamda maqsadli mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mazkur band bilan yuklatilgan vazifalarni bajarishda toʻliq koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va ularga servis xizmati koʻrsatish, ehtiyot qismlarni xarid qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, protezchi mutaxassislarni oʻqitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) va ularning malakasini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha kredit berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Kompleks chora-tadbirlarning oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan tanqidiy tahlil va taʼsirchan nazorat olib borilishini taʼminlasin, bunda quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga alohida eʼtibor qaratsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish samaradorligi va natijadorligini oshirish, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy muassasalarning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining sifatini yaxshilash va ularning turlarini kengaytirish.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2018 — 2022-yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha hududiy kompleks chora-tadbirlarni ularning ijro muddatlari, masʼul ijrochilari, shuningdek, moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda protezchi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni oʻrgansin hamda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy maʼlumotli protezchi mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotning har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash tadbirlarini moliyalashtirishning amaldagi tartibi tanqidiy qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin hamda mazkur sohada ortiqcha tartib-taomillarni chiqarib tashlash, ishlarning shaffofligini taʼminlash va sifatini yanada oshirish boʻyicha aniq takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2705-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 va 7-bandlari, shuningdek, 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3787-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3787-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 — 2022-yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari tizimini yanada rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish boʻyicha tibbiy-ijtimoiy muassasalarning imkoniyatlarini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarilayotgan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini tubdan yaxshilash hamda ularning turlarini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Aholining ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirishda qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Xarajatlar

(mln soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari tizimini yanada rivojlantirish

1.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy hamda mintaqaviy markazlarini zamonaviy diagnostika, davolash va sport uskunalari bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

2018 — 2020-yillarda

10 mln AQSH doll.

shu jumladan:

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2018-yilda — 5 mln AQSH doll.

Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati mablagʻlari

2019-yilda — 2 mln AQSH doll.

2020-yilda — 3 mln AQSH doll.

Xalqaro moliya institutlari va homiylarning mablagʻlari

2.

“Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarini zarur uskunalar bilan jihozlash orqali ulardagi oʻquv-mehnat ustaxonalari faoliyatini takomillashtirish

2018-2019-yillarda

1 500

shu jumladan:

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

2018-yilda — 500

Ijrochilar mablagʻlari

2019-yilda — 1000

Xalqaro moliya institutlari va homiylarning mablagʻlari

3.

Tibbiy-mehnat ekspertizasi, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, protezlash va protez tayyorlash masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish

2018 — 2022-yillarda

Har yili 200

Grant mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

4.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida yangi oʻquv dasturlarini joriy etish hamda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari mutaxassislari malakasini oshirish qamrovini kengaytirish

2018-yildan boshlab

Har yili 70

Davlat budjetining
har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

5.

Intellektual rivojlanishda ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotgan”Muruvvat” internat-uylarining tarbiyalanuvchilari — 18 yoshdan oshgan nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnat koʻnikmalarini egallash, ularning ijtimoiy hayotga toʻlaqonli moslashuvini taʼminlash uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish

2018-2019-yillarda

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Tibbiy-ijtimoiy yordamni keksalarning uylariga, nogironligi bor shaxslarga, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlganlarga, olis qishloq va ovullarda yashayotganlarga yaqinlashtirish uchun “Tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi mobil guruhlar” tashkil etish

2019 — 2022-yillarda

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Oltiariq” urush va mehnat faxriylari, keksalar, nogironligi bor shaxslar uchun sanatoriy hududida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlash uchun rezervuar qurilmasini oʻrnatish

2018-yilda

250

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

II. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish boʻyicha tibbiy-ijtimoiy muassasalarning imkoniyatlarini kengaytirish

8.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun moʻljallangan “Tovoqsoy” respublika sanatoriysining quvvatini 500 oʻringacha koʻpaytirish

2018-2019-yillarda

1 100

shu jumladan:

2018-yilda — 550

2019-yilda — 550

Har yili ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

9.

Toshkent shahridagi qariyalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun moʻljallangan “Nuroniy” sanatoriysi quvvatini zarur tibbiy va fizioterapevtik uskunalar bilan jihozlagan holda 250 oʻringacha koʻpaytirish

2018-yil 1-oktabrgacha

1 000

Davlat budjeti va homiylarning mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

10.

Mukammal taʼmirlash va zarur uskunalar bilan jihozlash ishlarini bajargan holda “Ortopedik reabilitatsiya” MCHJ huzurida nogironligi boʻlgan shaxslarni tipik va notipik protezlaydigan 70 oʻrinli klinikani barpo etish

2020-2021-yillarda

1 000

shu jumladan:

2020-yilda — 500

2021-yilda — 500

Davlat budjeti mablagʻlari va Ijrochilarning mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

11.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida Toshkent viloyatida keksa yoshdagi pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifadagi fuqarolar uchun sanatoriy tipidagi nodavlat pansionatini barpo etish

2018 — 2020-yillarda

3 000

shu jumladan:

2018-yilda — 500

2019-yilda — 1000

2020-yilda — 1500

Tadbirkorlarning mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, tadbirkorlar

III. Ishlab chiqarilayotgan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining sifatini tubdan yaxshilash hamda ularning turlarini kengaytirish

12.

“Ortopedik reabilitatsiya” MCHJ va uning Andijon, Qarshi, Nukus va Samarqand shaharlaridagi mintaqalararo filiallarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish, shuningdek, bionik protez buyumlari va reabilitatsiya uskunalari (“lokomatorlar”, “ekzoskeletlar”, “vertikalizatorlar”) ishlab chiqarishni tashkil etish.

2018 — 2020-yillarda

32 mln AQSH doll.

shu jumladan:

2018-yilda — 2

2019-yilda — 14

2020-yilda — 16

Xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

13.

“Ortopedik reabilitatsiya” MCHJ va uning Andijon, Qarshi, Nukus va Samarqand shaharlaridagi mintaqalararo filiallarining boʻsh yotgan binolarni yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun ajratib berish

2018-yil mobaynida

-

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Toshkent shahrida:

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini, shuningdek, bemorlar, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarishlashga moʻljallangan reabilitatsiya moslamalarini sotish boʻyicha savdo nuqtalari;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini, shuningdek, reabilitatsiya buyumlari (nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari, yurishda foydalaniladigan vositalar, qoʻltiqtayoqlar, hassalar va boshqalar)ni prokatga (vaqtincha foydalanishga) berish punktlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish

2018-2019-yillarda

-

Tadbirkorlarning mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

IV. Aholining ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirishda qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish

15.

“Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi” kasb tanlovini oʻtkazish

2019-yildan boshlab, keyinchalik har 2 yilda

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

16.

Nogironligi boʻlgan shaxslar Xalqaro kuniga
(3-dekabr) bagʻishlangan respublika va mintaqaviy tadbirlarni oʻtkazish

2018 — 2022-yillarda

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

“Muruvvat” bolalar internat-uylarida yashayotgan nogironligi boʻlgan bolalar oʻrtasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan har yilgi sport oʻyinlarini oʻtkazish

2018 — 2022-yillarda

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Keksalarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni, oʻzgalarning parvarishiga muhtojlarni uyda parvarishlash, shu jumladan tomorqa uchastkalariga ishlov berishda yordam koʻrsatish boʻyicha koʻngillilar harakatini butun respublikada joriy etish

2019 — 2022-yillarda

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar 8,2 milliard soʻm va 42 million AQSH dollarini tashkil etadi

shundan:

mlrd soʻm.

mln AQSH doll.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari —

2,7

-

Ijrochilar va homiylarning mablagʻlari —

5,5

-

xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablagʻlari —

-

42,0

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3787/1377-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)